Massovaya introduksiya


Lagestremia – indiyskiyning (Lagestraemia indica L) Qashqadaryo vohasi sharoitida rivojlanishi


Download 110 Kb.
bet5/13
Sana07.02.2023
Hajmi110 Kb.
#1173261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
o\'zbekiston sharoitiga introduksiya qilingan dorivor o\'simlik turlarini

Lagestremia – indiyskiyning (Lagestraemia indica L) Qashqadaryo vohasi sharoitida rivojlanishi.
Sharopova M.L. QDU 239-243 b.
Hind Lagestremiasi (Lagestraemia indica L) naykosadoshlar (Lythraeceae Lindl L) oilasiga mansub tur. Hind lagestremiasi tabiiy holda Markaziy va Janubiy-sharqiy Xitoyda, shuningdek Janubiy Koreada Flippin va Janubi Sharqiy Osiyodagi bir qator orollarda o`sadi. Internet ma’lumotlariga ko`ra Hind lagestreamiasi hozirda janubiy va shimoliy Amerika, Avstraliya va Osiyo qit’asining juda ko`p mamlakatlarida madaniy holda keng tarqalgan.
Lagestremiani manzarali o`simlik sifatida istiroxat va milliy bog`larda ko`plab o`stiriladi. Yevropada 1747 yilda Hindistondan keltirilgan (shu sababli unga K.Linney hind lagestremiasi deb nom bergan) va bu yerdan dunyoning ko`plab mamlakatlariga tarqatilgan. Yaltadagi Nikita Botanika bog`iga 1816 yildan o`stiriladi.
O`rta Ositoda dastlab 1929 yilda Ashhabodga Qrimdan ko`chat holida keltirilgan. Turkmaniston Botanika bog`iga 1937-yilda Ashxobod o`rmonchilik xo`jaligidan keltirib ekilgan. Dushanbe Botanika bog`ida 1951 yildan o`stiriladi.
O`zbekistonga 1928-1935 yillarda introduksiya qilingan. Uni Ashxobod, Buxoro, Denov, Vaxsh, Toshkent stansiyalarida sinab ko`rishgan.
1936 yil Toshkent Botanika bog`ida ekilgan, lekin 1968-1969 yillardagi qattiq qishda ular muzlab, nobud bo`lgan. Toshkentga keng tarqalmagan. Professor O`.Pratov tomonidna qalamchasi ko`paytirilib, ”Botanika” IICHM bosh binosi yonida va Xumsonda o`stirilmoqda.
Janubiy O`zbekistonda Xind lagestremiasi dastlab 1935 yilda iqlimlashtirilgan (Kulkov 1965). Hozirda Denov va Bandixon dendiraysi va Termiz shahrida o`sadi. Qarshi shahriga 1975-yilda Yaponiyadan ko`chat holida keltirilib, viloyat hokimligi binosining kirish joyida ekilgan. Bugungi kunda Qashqa vohasida lagestramianing 230 turi mavjud va iqlimlashtirilgan. Uning Gagestremia indica L. turi ham bor.
Qarshi iqlim sharoitda Lag.indica.L. birinchi bora 1994-yili Denov dendroparkidan urug` sifatida keltirilib, introduksiya qilingan.

Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling