Massovaya introduksiya
Dorivor o`simliklar introduksiyasi va uning istiqbollari
Download 110 Kb.
|
o\'zbekiston sharoitiga introduksiya qilingan dorivor o\'simlik turlarini
Dorivor o`simliklar introduksiyasi va uning istiqbollari.
To`xtayev B.Y., O`zR FA “Botanika” ilmiy ishlab chiqarish markazi. O`zbekistonda o`zga o`lkalar florasiga mansub bo`lgan dorivor o`simliklarni mahalliy sharoitga introduksiya qilish va ko`paytirish sohasida ilmiy tadqiqotlarni olib boorish bir asrdan ziyod tarixga ega. Dastlab O`rta Osiyo davlat universitetining (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti) Botanika bog`i olimlari tomonidan mahalliy va chet el florasiga mansub dorivor o`simliklar introduksiya sharoitiga o`stiriladi. Dorivor va efir – moyli o`simliklarning 23 turi geografik jihatdan ekib sinashdan o`tkazildi. Bu ilmiy ishlar O`rta Osiyo davlat universitetining Botanika bog`ida Toshkent atrofida Bo`z bozorida, Janubiy G`arbiy Tean-Shan tog` oldi adirliklarida, Xo`jandda va Chimyon tog`larida olib borildi. S.N.Kudriyashov (1937) “Efer moyli o`simliklar va ularning O`rta Osiyoda o`stirilishi” monografik asarda 24 tur efir moyli o`simliklarning geografik jihatga infraduksion tajribalarining natijalarini bayon qialdi va ularning introduksion chidamliligi to`g`risida axborot berdi. Keyinchalik O`zbekistonda dorivor o`simliklarning introduksiyasi va ularning iqlimlashtirilishi boyicha kompleks ravishda ilmiy tadqiqotlar O’zRFA “Botanika” IICHM akademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog`iga amalga oshirildi. A.A.Abdurahmonov va S.P.Valixo`jayeva (1980)Sharqiy Osiyo Floristik oblastiga mansub o`simligining introduksiyasini o`rgandilar. Bu tadqiqotdan so`ng 500 dan ortiq dorivor o`simliklar turlaridan iborat kolleksiya Toshkent sharoitida tashkil qilindi. Jumladan Y.M.Murdaxayev 1965-1990 tomonidna Nymphalaceae Dc, Nymphalaceae Salisb oilasiga mansub Trapa L., Menthalea L. turkumiga va Brasenia Schreberi J.F.Gmel, Sophora Japonica L, Orthosiphon Stamineus Benth, solanum Saciniatum Ait, carthamoides (willd) Mizgir. Aerva, Lanata (L) Juss. B.S.Safarov 1982-1988 o`zining ilmiy ishlarida Janubiy, G`arbiy Tyan-Shan O`rta tog` qismlarida uchraydigan bir necha dorivor daraxt va buta o`simliklarining introduksiyasi bilan shug`ullandi. N.A.Toshmatova va G.E.Girshevichlar (1975-1986) Hyssopus L., Lavandula L. Introduksiyasi va X.T.Tursunovlar (1987-1989) esa Sophora korokovii Koehne. Turlarning introduksiya sharoitida o`sish va rivojlanishidagi o`zgarish jarayonlarini ilmiy jihatdan qayd etdilar. Shuningdek, B.Yo.To`xtayev (1991-2006) tomonidan 111 tur dorivor o`simliklar o`rtacha (Buxoro vohasi) va kuchli (Mirzacho`l) sho`rlangan turlaridan introduksiya qilindi. Introduksiya qilingan dorivor o`simliklarning 68 turi urug` unuvchanligi va ko`chat ko`karuvchanligi kuzatilib, ularning 47 turi sho`rlangan tuproqlarda o`sishi va rivojlanishi qayd etildi. Shundan 18 turning o`rtacha sho`rligi va 11 turning kuchli sho`r tuproqlarda chidamli dorivor introdusent o`simliklar sifatida tanlandi. Hozirgi kunda O`zRFA “Botanika” IICHM ning akademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog`i “Dorivor o`simliklar introduksiyasi” laboratoriyasining 300 turga yaqin dorivor o`simliklarni mujasssamlashtirgan tajriba maydoni mavjud. Download 110 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling