O`zb.Botanika bog`ida Hamamelis L va Parrotia persica C.A. turlarining introduksiya qilinishi
V.Maksimova 64 bet.
Parrotia (P pristina. P fagifolia Yevropa miotsenosida o`sishi aniqlangan 1959-yil M.A.Ilvinskaya 25 punktini aniqlagan. Ular Venada, Uzgorod, Armovir (Sarmat) da parrotia persicaning boshqa turlarini topgan. (Prilipko 1963 y).
I.A.Ilnskaya (1959) Parrotia turini Yevropada paydo bo`lganini isbotlagan. Himolayning g`arbiy qismida ham aniqlangan. Shimoliy Amerikada ham uchraydi. 1830-yil Pe.Candolle uni istak daraxti deb atagan.
Olea europaea, ya’ni zaytun subtropik iqlimga mansub barcha mamlakatlarda ekib о‘stiriladi. Bu haqiqiy subtropik о‘simlik bо‘lib, tropik zonalarda meva hosil qilmaydi, mо‘tadil iqlimli о‘lkalarda hatto gullamaydi xam. О‘rta Osiyoga dastlab 1938 yilda keltirilib Kizil-Atrekda introduksiya kilingan. Denovga esa 1967 yilda introduksiya kilingan. Ayni paytda ushbu dendrariyda 20 ta о‘simlik usadi. Bu yerda gullaydi va sifatli urug‘ hosil qiladi. Dendrariy xodimlarining fikriga Karaganda bir necha yilda bir marta urug‘ hosil qiladi. Ushbu turni Qarshiga iqlimlashtirish ijobiy natijalar bermadi. Adabiyotlarda keltirilishicha zaytun sovukka ancha bardoshli. Bizning о‘lkamizda uning bemalol о‘sishini sovuk emas, balki edafik omil cheklaydi. Chunki zaytun kislotali tuprok muhitini yaxshi kо‘radi.
1937 yilda introduksiya kilingan Atlas kedri yashab kolmagan. U kaytadan 1967 yilda introduksiya kilingan. Bizning sharoitimizda u tez usadi, 40 yoshli daraxtlarning bо‘yi 17-20 m ga yetgan. Shunday bо‘lishiga qaramasdan ushbu tur Janubiy О‘zbekistonda keng tarqalmadi, aftidan u tuproq va havo namligining yetarli emasligidan qiynaladi. Uchlamchi davrdan qolgan О‘rtayer dengizi florasining relikti hisoblangan Probkali dub (Quercus suber) Bandixon dendrariysida 1976 yilda introduksiya qilingan. 30 yoshda uning bо‘yi 10 m ga, tanasining diametri 24 sm ga yetgan. Bizning sharoitimizda dastlab 20 yoshida gullashni boshlagan. Muttasil gul va urug hosil kilmaydi. Janubiy О‘zbekistonda keng tarqalmadi, u havo namligining yetishmasligidan kiynaladi. Sug‘oriladigan joylarda о‘stirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |