Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

Kalit so‘zlar: Olimpiadaga tayyorgarlik, murakkab masalalar, matematika faniga 
qiziqadigan o‘quvchilar, mashq va masalalar, amallar va qavslar 
 
Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, to‘garak ishlarida, olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish, 
amaliy mashg‘ulotlar, yuqori sinflarda kasbga yo‘naltirish o‘quvchilarni to‘g‘ri yo‘l 
ko‘rsatishga ahamiyati kata. Murakkab masalalarni yechish va olimpiadalarga tayyorgarlik 
ko‘rish va uni o‘tkazishda masalalarni yechishning turli qulay metorlaridan foydalanish. 
Avvalo maktab o‘quvchilari ichidan matematika faniga qiziqadigan o‘quvchilardan guruh 
tuzib olish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun o‘quvchilarni boshlang’ich sinflarda o‘qiyotgan 
davrlarida, o‘qituvchilar darslarini kuzatib tahlil qilib iqtidorli o‘quvchilarni saralab tanlab olish 
kerak. 
Buning uchun boshlang’ich sinf o‘quvchilariga quyidagi turlardagi mashq va masalalarni 
taqdim qilish yaxshi natija beradi. 
Masalan: 
1-masala. 4 ta 2 ishtiroki va amallar yordamida 1dan 10 gacha mumkin bo‘lgan sonlarni hosil 
qiling. 
2+2-2-2=0; 2:2 2: 2=1; 2 2+2:2=2; 2 2-2:2=3; 2+2-2+2=4; 
2+2+2:2=5; 2 2 2-2=6; 2+2+2+2=8; 22:2-2=9 
2-masala. 5 ta 2 ishtiroki ,amallar va qavslar yordamida 1 dan 10 gacha mimkin bo‘lgan 
barcha sonlarni hosil qiling. 
(2+2-2-2):2=0; (2+2+2):2-2=1; (2+2-2):2 2=2; (2+2-2)+2:2=3;
(2+2+2+2):2=4; ( 2+2+2)-2:2=5; (2+2+2):2 2=6; (2+2+2)-2:2=7; (2 2 2+2)-2=8;
(2:2+2 2 2)=9; 2+2+2+2+2= 10 
3-masala. 
Shaklda nechta uchburchak va nechta to‘rtburchak bor? 
Javob : 3 ta uchburchak va 5ta to‘rtburchak bor. 
4-masala. Onasi, otasi va qizi Ra’noning yoshini birga qo‘shib hisoblaganda 71 yosh. Ra’no 
bilan onasi birga 37 yosh, Ra’no bilan otasi esa 42 yosh. Ularning har qaysisining yoshi 
nechada? 
Yechish: 
Ona +Ota+Ra’no=71; Ra’no+Ona=37; Ra’no+Ota=42;
Ona= 71-42=29; Ra’no=37-29=8; Ota= 42-8=34; 
Javob: Onasi 29 yosh; Otasi 34 yosh; Ra’no 8 yosh 
5-masala. 84 m uzunlikdagi bir o‘ram sim ikki bo‘lakka shunday bo‘lindiki, biri ikkinchisidan 
5 marta uzun bo‘ldi. Har bir bo‘lakning uzunligini toping? 

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling