18-Mavzu: Jamiyatni ilmiy bilish va boshqarish.
Fanni o’qitish texnologiyasi:
“Jamiyatni ilmiy bilish va boshqarish” mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik haritasi
TG’r
|
Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni
|
Amalga oshiruvchi shaxs, vaqt
|
1
|
Mashg’ulotga tayyorgarlik bosqichi:
1.1. Dars maqsadi: Talabalarga jamiyatni ilmiy bilish va bu muammoning falsafa va fan tarixida o’rganilishi, ijtimoiy bilishning tarkibi, o’ziga xos jihatlari, ijtimoiy bilishning darajalari, ijtimoiy bilishning bugungi kundagi talqini, ijtimoiy bashorat va uning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini tushuntirish.
1.2. Identiv o’quv maqsadlari:
1.2.1.Jamiyatni ilmiy bilish tushunchasini tushuntiradi.
1.2.2.Jamiyatni ilmiy bilishning falsafa tarixida o’rganilishini izohlab beradi.
1.2.3.Ijtimoiy bilish mazmunini tushuntiradi.
1.2.4.Ijtimoiy bilishning tarkibini izohlaydi.
1.2.5.Ijtimoiy bilishning bugungi kundagi talqinini ifoda etadi.
1.2.6.Ijtimoiy bilish darajalarini tushuntiradi.
1.2.7.Empirik bilish va uning metodlarini izohlaydi.
1.2.8.Nazariy bilish va uning ahamiyatini ifoda etadi.
1.2.9.Ijtimoiy bashorat tushunchasi mazmuni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini izohlaydi.
1.3. Asosiy tushuncha va iboralar: Bilish, ilmiy bilish, ijtimoiy bilish, ijtimoiy haqiqat, ijtimoiy bilishning empirik bosqichi, ijtimoiy bilishning nazariy bosqichi, ijtimoiy bilish metodlari: kuzatish, statistika, ijtimoiy eksperiment, xujjatlar bilan ishlash, tarixiylik va mantiqiylik, modellashtirish, tarixiy analogiya.
1.4. Dars shakli: ma’ruza.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |