Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet118/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Ijtimoiy bilish ilmiy bilishning o’ziga xos ko’rinishi deganda nimani tushunasiz?

  2. Ijtimoiy bilishning tarkibi qanday?

  3. Ijtimoiy bilishning hozirgi zamondagi talqinini tushuntirib bering?

3-savol bo’yicha dars maqsadi: Ijtimoiy bilishning darajalari empirik va nazariy bilishlarning ahamiyati va o’ziga xosligi tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Ijtimoiy bilish darajalarini tushuntiradi.

  2. Empirik bilish va uning metodlarini izohlaydi.

  3. Nazariy bilish va uning ahamiyatini ifoda etadi.

3-asosiy savolning bayoni:
Ijtimoiy bilimni hosil qilish murakkab dialektik harakterga ega jarayon bo’lib hisoblanadi. Umuman ilmiy bilish, shu jumladan ijtimoiy bilish uzviy ravishda o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ikki bosqich – darajada namoyon bo’ladi:
1. Ijtimoiy bilishning empirik bosqichi.
2. Ijtimoiy bilishning nazariy bosqichi.
Ijtimoiy bilishning bu ikki darajasi o’z mazmuniga ko’ra, ko’zda tutilgan maqsadga hamda bilimni hosil qilishda qo’llaniladigan usullarga ko’ra o’zaro bir-biridan farq qiladi.
2 – Chizma.
Ijtimoiy bilish:

Мақсад: чин билим ҳосил қилиш (ижтимоий хақиқат). Ижтимоий билимларнинг ижтимоий борлиққа мос келиши (адекватлиги) ижтимоий ҳақиқат.


Ijtimoiy bilish darajalari:


Empirik bilish: Nazariy bilish:
Kuzatish Tarixiylik va antiqiylik
Statistik usul Modellashtirish
Ijtimoiy eksperiment Tarixiy analogiya
Xujjatlar, manbalar Ijtimoiy bashorat bilan ishlash
Empirik bilish jarayonida o’rganilayotgan ijtimoiy ob’ekt haqidagi dastlabki bilimlar hosil bo’ladi.
Bu bilimlar qayta ishanishi, maxsus metodlar qo’llanishi natijasida ijtimoiy ob’ekt haqida chin bilimlar hosil bo’ladi.
Ijtimoiy empirik bilishda dastlab qo’llaniladigan maxsus usul kuzatish, deb yuritiladi. Kuzatish metodi eng qadimgi davrlardan boshlab qo’llangan. Kuzatish metodidan foydalanishda uning o’ziga xosligini hisobga olish muhim bo’lib hisoblanadi. Kuzatuv orqali muayyan ijtimoiy jarayonlar, kishilar, ijtimoiy guruhlarning hatti-haraktalari, faoliyati o’rganiladi. Kuzatuv har xil metodlarda olib borilishi mumkin. Bularga: a) muntazam, ma’lum bir vaqt mobaynida davomli kuzatuv, b) epizodlik kuzatuv, dala sharoitida kuzatuv, maxsus laboratoriya sharoitidagi kuzatuvlarni misol qilib olish mumkin.
Kuzatuv metodidan to’g’ri foydalana bilish muhim ahamiyatga ega. Bunda kuzatuvning maqsadini aniq belgilash, ob’ektning holat, xususiyatlariga e’tibor berish, kuzatuv natijalarini qayd qilib borish, to’plangan natijalarni matematik statistika metodlari yordamida hisoblab chiqish talab etiladi. Ijtimoiy jarayonlarni kuzatish tabiiy jarayonlarni kuzatishdan jiddiy farqlanadi. Tabiiy jarayonlar kuzatilganda insonning ob’ektga ta’siri unda muayyan bir o’zgarishni hosil qilish shart emas. Tabiiy jarayonlar qanday bo’lsa, shundayligicha, yoki maxsus laboratoriya ishlari jarayonida amalga oshirilishi mumkin. Ijtimoiy jarayonlarni kuzatish deganda jamiyat a’zolari: alohida kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, hatti-harakatlari, munosabatlarini o’rganish nazarda tutiladi. Bunda kuzatuvchining faoliyatiga kuzatiladigan ob’ekt befarq bo’la olmaydi. Bunda ishonarli natijani qo’lga kiritmoq uchun ko’proq ichdan kuzatish usulidan foydalaniladi. Bunda o’rganilayotgan ob’ekt (inson, muayyan ijtimoiy guruh)ni shu jamoaga a’zo boshqa odamlar qatorida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Kuzatish ijtimoiy ob’ektlarda xronokartalar shaklida olib borilishi mumkin.
Statistika ma’lumotlaridan foydalanish bilvosita amalga oshiriladigan kuzatuv hisoblanadi. Bunda tadqiqotchi ijtimoiy hayotni o’rganish uchun statistik ma’lumotlarni o’rganadi, tahlil qiladi, o’zaro bir-birlari bilan solishtirish orqali muayyan xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladi. Jamiyat hayotining talay tomonlarini o’rganishda statistik usuldan, maxsus ishlab chiqilgan yordamchi qo’llanmalardan foydalanish mumkin. Ijtimoiy bilishda eksperiment usulidan keng foydalaniladi.
Ijtimoiy eksperiment metodini qo’llashda uning o’ziga xosligini inobatga olish lozim bo’ladi. Gap shundaki tabiiy fanlar doirasida qo’llanadigan eksperiment turli faktlarda takrorlansa ham, aynan bir xil ma’lumot olish imkonini beradi. Ijtimoiy eksperiment bundan farqli o’laroq konkret tarixiy vaziyatni hisobga olishni taqozo etadi. Turli davrlarda va turlicha sharoitda o’tkaziladigan ijtimoiy eksperiment turlicha xulosalarni chiqishiga sababchi bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy eksperiment olib borilayotgan ob’ektni boshqa ijtimoiy ob’ektlarda ajratib olish qiyin. Shuning uchun ham sotsial eksperiment natijalari doimo yaxshi natija beravermaydi. Ijtimoiy shart-sharoit, muhit eksperimentning ijobiy natijalarini ta’minlab bermasligi mumkin. Ijtimoiy eksperiment jamiyat amaliy faoliyatida qo’llashga yo’naltirilgan bo’ladi. Ijtimoiy tadqiqotlarda xujjatlar, manbalar tahlili muhim o’rin tutadi.
Ijtimoiy bilishning empirik bosqichi ijtimoiy ob’ekt haqida dastlabki bilimlarni hosil qila imkonini beradi, bu hali ijtimoiy hayot muammolarini chuqur o’rganish usun etarli emas.
Shuning uchun ham ijtimoiy bilishning nisbatan yuqori darajasini olib borish talab etiladi.
Bunda kuzatish, eksperiment natijasida hosil qilingan dastlabki bilimlar maxsus metodlardan foydalangan holda qayta ishlanadi, o’rganiladi. Nazariy bilishdan maqsad, ijtimoiy jarayonlarni chuqur o’rganish va unda maxsus metodlardan foydalana bilish talab etiladi.
Bunday metodlarga tarixiylik va mantiqiylik, modellashtirish, tarixiy analogiya ijtimoiy bashorat kabilar kiradi.
Tarixiylik va mantiqiylik metodi: Biz o’rganilayotgan ob’ektni chuqur anglamog’imiz uchun uning kelib chiqishi, asosi nimalardan iborat ekanini aniqlaymiz. Tarixiylik ob’ektning real tarixini, unda mavjud bo’lgan hodisalarni aniqlash imkonini beradi. Tarixiy dalillarni mantiqiy asoslar bilan berish ob’ektni to’g’ri anglash imkonini beradi.
Modellashtirish usulida ijtimoiy jarayonlar mohiyatini anglash uchun ob’ekt asos bo’la olmagan sharoitda uning o’xshashini yaratish va shu asosda o’rganish nazarda tutiladi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling