15-Seminar mashg’ulot: Ijtimoiy taraqqiyot tabiiy - tarixiy jarayon sifatida.
Asosiy savollar:
Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi. Ijtimoiy progress.
Ijtimoiy taraqqiyot haqidagi falsafiy qarashlar.
Ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy va inqilobiy yo’llari.
Ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning ziddiyatligi.
Ijtimoiy taraqqiyotga zamonaviy yondashuvlar.
Dars maqsadi: Talabalarga ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi, ijtimoiy taraqiyot haqidagi falsafiy qarashlar tarixi, ijtimoiy progress, ijtimoiy regress tushunchalari, inqilobiy va evolyutsion taraqqiyot, ijtimoiy taraqiyotga zamonaviy yondashuvlar mazmuni haqida ma’lumotlar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi, ijtimoiy progress va ijtimoiy regress tushunchalarini to’g’ri izohlaydi.
Ijtimoiy taraqqiyot haqida mutafakkirlar falsafiy qarashlarini tushuntiradi.
Ijtimoiy taraqqiyotning inqilobiy va evolyutsion yo’llarini izohlay oladi.
Ijtimoiy taraqqiyotga zamonaviy yondashuvlar mazmunini izohlay oladi.
O’zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotga bosqichma-bosich o’tish yo’li tanlanganligini va uning ahamiyatini tushuntira oladi.
Kerakli jihozlar: Falsafa, Falsafa-qomusiy lug’at, Jamiyat falsafasi, Inson falsafasi, Ijtimoiy falsafa o’quv qo’llanmalari, nazorat topshiriqlari, testlar, mustaqil ish topshiriqlari, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.
Ishni bajarish tartibi:
Ijtimoiy taraqqiyot, ijtimoiy progress, ijtimoiy regress tushunchalarini to’g’ri tushunib etish.
Ijtimoiy taraqqiyot haqida falsafiy qarashlarni to’g’ri anglash.
Ijtimoiy taraqiyotning evolyutsion va inqilobiy yo’llarini o’zaro farqlarini izohlay bilish.
Ijtimoiy taraqqiyotga zamonaviy yondashuvlarnng mazmunini tushunib etish.
O’zbekiston o’z taraqiyotini nima uchun bosqichma-bosqich amalga oshirayotganini to’g’ri anglab etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |