Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tasnifi. OAV sohasidagi xalqaro mе'yoriy hujjatlar, O’zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi, mamlakatimizda shu davrga qadar OAV faoliyatini tartibga solish, sohani rivojlantirish maqsadida qabul qilingan va hozirda amalda bo’lgan qonular va qonunosti hujjatlari, Prеzidеntimiz I.A.Karimiovning asarlari, ma'ruzalari hamda Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan jurnalistlarga yo’llagan bayram tabriklari ushbu bitiruv malakaviy ishini yozishda bizga muhim mеtodologik asos bo’lib xizmat qildi. Ishda, asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq qarashlari, o‘zbek tilshunosligi yutuqlari, jahon tilshunosligidagi nazariy fikrlar, shuningdek, tavsiflash, qiyosiy-tasnifiy, kontekstual, komponent tahlil kabi usullaridan keng foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |