Matematik modellash o‘ziga uchta o‘zaro bog‘langan bosqichlarni qamrab oladi
Download 1.49 Mb.
|
maruza2-2022
Masalan, xayoliy modellashtirish asosida mikroolamdagi fizik tajriba o‘tkazishga imkon bermaydigan ko‘p vaziyatlarni tahlillash mumkin. Xayoliy modellashtirish ko’rgazmali (ayoniy), belgili va matematik ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin.
Ayoniy modellashtirishda, ob’yektda o‘tadigan hodisalar va jarayonlarni aks ettiruvchi real ob’yektlar haqida turli ayoniy modellar inson tushunchalari asosida yaratiladi. Gipotetik modellash asosida real ob’yektda jarayonlar o‘tish qonuniyatlari haqida tadqiqotchi qandaydir gipotezani asos qilib oladi.
Bu gipoteza ob’yekt haqida tadqiqotchining bilim darajasini aks ettiradi va o‘rganilayotgan ob’yektning kirish va chiqish orasidagi sabab – oqibat aloqalariga asoslanadi. Gipotetik modellash formal modellarni qurish uchun ob’yekt haqidagi bilimlar yetishmayotganda ishlatiladi.
Analogli modellashtirish turli darajadagi anologiyalarni qo‘llashga asoslanadi. Faqat oddiy ob’yektlar uchun o‘rinli bo‘lgan eng yuqori darajalilari to‘liq analogiya hisoblanadi. Ob’yektni murakkablashishi bilan keyingi darajalardagi analogiyalardan foydalaniladi, bunda analogli model ob’yektni ishlashining bir nechta yoki faqat bir tarafini aks ettiradi.
Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling