Matematik modelning real ob’ekti orasidagi bog’liqlik reja: Kognitiv, konseptual va formal modellar Matematik modelning real ob’ekti


Download 85 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1560534
1   2   3   4   5
Bog'liq
Matematik modelning real ob’ekti orasidagi bog’liqlik

Adekvatlikka tekshirish. Modelni tizim bilan adekvatligini tekshirish deganda uni tadqiq qilinayotgan tizim bilan o'lchamlarini mosligi hamda chiqish qiymatlarini tengligini tahlil qilish tushuniladi. Lekin shu narsani yoddan chiqarmaslik lozimki, model tizimni o'ziga bir qiymatli akslantirib olmaydi, aks holda modelni yaratishning ma'nosi qolmaydi. Adekvatlik tashqi shartlarni va tizimni ishlash rejimlarini ideallashtrish natijasida buziladi, bularga quyidagilarni misol qilish mumkin: u yoki bu parametrlarni chiqarib tashlashlik; ba'zi bir tasodifiy omillarni e'tiborga olmaslik. Tashqi ta'sirlar hamda tizim tuzilmasidagi ma'lum bir nyuanslar haqida aniq ma'lumotlar yo'qligi va shu bilan birga, amalga oshirilayotgan approksimatsiyalar, interpolyatsiyalar, taxminlar va gipotezalar ham model bilan tizim orasidagi moslikni pasayishiga olib keladi. Yuqorida keltirib o'tilgan va boshqa omillar tizim modeli bilan real tizim orasida vujudga keladigan nomutanosiblikga sabab bo'lishi mumkin.
Model bilan tizimning adekvatligini aniqlovchi sodda munosabat sifatida quyidagi kattalikni (og'ish) qarash mumkin:
∆y=|y0−ym| yoki ∆y= 
yoki bu yerda y0 original ob’yektning xarakterlovchi kattalik, ym esa tizimning mazkur kattaligiga mos modelning xarakterlovchi qiymat.
Yuqoridagi munosabatdan kelib chiqqan holda, ishlab chiqilgan model bilan tizimni adekvat deb hisoblaymiz, agar u (og'ish kattaligi) qiymati biror bir chegaraviy qiymatdan ortib ketmasa.
Ammo mazkur mezondan amaliy masalalarda foydalanish quyidagi sabablarga ko'ra ba'zi bir holatlarda umuman imkoni yo'q.
Foydalanilgan adabiyotlar


1. Введение в математическое моделирование//Учеб.пособие/под ред.П.В.Трусова – М.Логос, 2005, 440 с.
2. Советов Б.Я., Яковлев С.А. Математическое моделирования систем //Учеб. для вузов, 3-е изд., перераб. и доп., - М.: Высш.школа, 2001, 343 с.
3. Д.Л.Егоренков, А.Л.Фрадков, В.Ю.Харламов. Основы математического моделирования. построение и анализ моделей с примерами на языке Matlab.
4. Камилов М.М., Эргашев А.К. Конспект лекций по дисциплине «Математическое моделирование» для студентов направления 5521900 - «Информатика и информационные технологии».
Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling