Matematik statistika statistik maʼlumotlarni toʻplash, ularni tizimga solish, qayta ishlash
Download 101.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Matematik statistika - Vikipediya
Matematik statistika Matematik statistika - statistik maʼlumotlarni toʻplash, ularni tizimga solish, qayta ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish usullarini oʻrganadigan fan. Statistik maʼlumotlar deganda muayyan (miqdoriy) belgilarga ega boʻlgan majmualarning elementlari soni haqidagi maʼlumotlar tushuniladi. Biror majmua elementlarining mu-ayyan belgilari toʻgʻrisida shu haqdagi statistik maʼlumotlarga qarab u yoki bu xulosaga kelish usuli statistik usul deyiladi. Bu usul ilm-fanning juda koʻp sohalarida keng qoʻllaniladi. Statistik usulning turli sohalardagi tatbiqlarining umumiy hislatlari (biror guruhga kiruvchi elementlarni hisoblash, miqdoriy belgilarning taqsimotlarini topish, tanlamalar usulini qoʻllash, biror xulosaga kelish uchun zarur boʻlgan tajribalar sonini ehtimollar nazariyasidan foydalanib topish, miqdoriy belgilar orasidagi bogʻlanishlarni anikdash va h. k.), yaʼni urganilayotgan obʼyektlarning tabiati ahamiyatsiz boʻlgan masalalar Matematik statistikaning predmetini tashkil qiladi. Statistik usul koʻp hollarda ommaviy tasnifli hodisalarni oʻrganish usuli boʻlgani uchun ehtimollar nazariyasi bu usulning nazariy asosini tashkil qiladi. Matematik statistika bayoniy statistika, nomaʼlum parametrlarni baholash, statistik gipotezalarni tekshirish, miqdoriy belgilarning statistik bogʻlanishlarini anikdash va boshqa boʻlimlardan iborat. Vander-Vaarden B. L., Matematicheskaya statistika, per. s nem., M., 1960; Romanovskiy V.I., Matematicheskaya statistika, t. 1—2, T., 1961—63; Sirojiddinov S.H., Mamatov M.M., Adabiyot Soʻnggi tahrir 3 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, T., 1980; Bocharov P.P., Pechinkin A. V., Teoriya veroyatnostey, Matematicheskaya statistika, M., 1998. Tursun Azlarov. [1] 1. OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Mate matik_statistika&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Matematik_statistika&oldid= 2847749 " dan olindi Manbalar Download 101.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling