Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish


Shakl xaqida bilimlami mustahkamlash va sistemaga solish qaysi guruhda amalga oshiriladi


Download 0.67 Mb.
bet55/146
Sana12.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1768416
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   146
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida m-www.hozir.org

90. Shakl xaqida bilimlami mustahkamlash va sistemaga solish qaysi guruhda amalga oshiriladi
Bolalarni doira, kvadratni ikki teng qismga bo‘lishga, olingan qismlarni «yarim», «ikkidan bir qism» deb atashga o‘rgatish. Aniq material yordamida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini belgilash. Ko‘pburchaklar haqida tasavvur berish: uchburchak, to‘rtburchak-bu ko‘pburchak. Bolalarni ko‘pburchak elementlari (tomonlari, burchaklari, burchak uchlari) bilan tanishtirish.
Тayoqchalar yordamida turli shakllarni yasash. Bolalarga doirani, kvadratni 4 ga bo‘lishni o‘rgatish. Aniq material asosida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini belgilash.
Bolalarni 2 ta, 4 ta uchburchaklardan bitta ko‘pburchaklar tuzishga, kichik to‘rtburchakdan bitta katta to‘rtburchak tuzishga o‘rgatish. Beshburchak va oltiburchak bilan tanishtirish.
Yetishmagan shakl, jismni (shar, kub, silindr) topishga doir mantiqiy masalalarni yechishni ‘rgatish.
Geometrik shakllar ko‘rinishini o‘zgartirishga o‘rgatish: kichik uchburchaklardan to‘rtburchak shaklini yasash va boshqalar. Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik shakllardan birnecha ayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini o‘zgartirish.
Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilish. Kichik guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirishUch yoshli kichkintoylar dumaloq buyumlarni va burchaklari bor buyumlarni farq qilishga, ya’ni buyumlarning shakllarini elementar tahlil qilishga o‘rgatiladi. Qarash uchun geometrik shaklga ega bo‘lgan, detallari yo‘q oddiy shakldagi buyumlar tanlanadp. Buning uchun dastlab, har xil rangdagi, ammo bir xil shakldagi, bir xil buyumlardan, masalan: uchburchak, kvad-drat, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bayroqchalardan foydalanish maqsadga muvofiq, bu kichkintoylarga shakl alomatini ajratishga yordam beradi. Shundan keyin har xil rangli bir xil buyumlarni sodda shakldagi istalgan buyumlar (koptok, ip koptok g‘ildiraklar)ni berish mumkin.
Tarbiyachi bolalarga buyumlarning shakllarini payqash — harakat yo‘li bilan, “shakl” so‘ziga urg‘u bergan holda tahlil qilishni o‘rgatadi. U buyum konturi (tashqi ko‘rinishi) ustidan ko‘rsatkichni yuritib chiqadi, oxirida u buyum ustidan qo‘lini o‘tkazib “dumaloq” (g‘ildirak), — deydi.
Bolalarni birgalikda harakat qilishga jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Kichkintoylar tarbiyachining qo‘l harakatini kuzatib, xuddi shunday harakatni havoda bajarishga “yordam” berishadi. Buyum konturi ustidan qo‘l yoki ko‘rsatkich barmoq aylantirib chiqiladi. Har galgi harakat buyum ustidan qo‘lni tekkizib chiqish bilan tugaydi, shunday qilinmasa, shakl haqidagi tasavvur kontur chizig‘i bilan bog‘lanib qolishi mumkin. Tarbiyachi bolalarda buyumlar konturini o‘rab olish ularni qo‘l bilan qamrab olish, qo‘lni sirt bo‘yicha siypalab chiqish, buyumlarni dumalatish, ularni har-xil holatga qo‘yish istagini uyg‘otadi. Natijada yumaloqlangan va burchakli buyumlarning xossalarini (turg‘un, turg‘un emas va h.k.) topadilar.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling