Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish


Kichik guruhda bolalarni dastlab buyumini taqqoslashga o’rgatib borishda qanday usuldan


Download 0.67 Mb.
bet62/146
Sana12.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1768416
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   146
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida m-www.hozir.org

97 Kichik guruhda bolalarni dastlab buyumini taqqoslashga o’rgatib borishda qanday usuldanfoydalaniladi
Yangi dasturda bu guruhda ko'proq takroriy mashg'ulotlar rejalashtirilib, asosiy maqsad bolalarni oddiy texnik usullarni yaxshilab egallashlariga qaratilgandir. Ammo tarbiyachi takroriy mashg'ulotlar uyushtirganda, bitta dastur mazmuni asosida xilma-xil variantda mashg'ulotlar uyushtirish lozim. Masalan, qalam yoki tayoqchalar, shu bilan birgalikda, tarbiyachi qator tarbiyaviy xususiyatlarni ham bolalarda tarbiyalab boradi. Masalan, bolalarni birga jamoa bo'lib ishlash, loy bilan toza ishlash, ishlayotganda yenglarini shimarib ishlash, ishlab bo'lgach qo'llarini yaxshilab yuvish va hokazo. Mashg'ulotlarning muvaffaqiyatli o'tishi mashg'ulotda tarbiyachining foydalanadigan metod va usullariga bog'liqdir. Bu guruhda tarbiyachi ko'proq informatsion-retseptiv va reproduktiv metodlardan foydalanadi. Bolalar bilan birgalikda turli xil o'zlariga tanish predmetlarni ko'rib chiqadilar. Bolalar shu predmetlarni qo'li bilan ushlab, uning kattaligini va boshqalarni payqashi mumkin. Shuningdek, bolalar bilan bir necha qismli predmetlarni ham ko'rib chiqadilar. Tarbiyachi dastavval bolalarning diqqatini o'sha predmetning yirik qismlariga, uning mayda qismlariga, shakliga, rangiga jalb etadi. Dastlabki mashg'ulotlarda tarbiyachi tasvirlashning texnik usullarini ko'rsatib, tushuntirib beradi. Shuningdek, tarbiyachi bolalarni loydan narsalar yasashda ko'proq o'yin usullaridan foydalanadi. Bu guruhda loy mashg'ulotlari predmetli xarakterga ega bo'ladi, ya'ni bolalar alohida, yakka predmetlarni yasaydilar, bu guruhda bolalar ishiga yoki faoliyatiga baho berish ham muhim usullardan hisoblanadi. Tarbiyachi albatta bolalarning, ishni qanday bajarganlarini aytib o'tishi lozim. Birinchi kichik guruhda loy mashg'ulotlari haftada bir marta o'tkaziladi. Masalan, pechene, non va barmoq bilan yoki alohida tayyorlangan tayoqchalar bilan, ya'ni turli xil shakllar - kvadrat, doira, chuqurcha hosil qilib, uni bezatadilar.

Bolalar shar, silindr, disk shaklini yasashni egallab olishgach, bolalar bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni yasashga o'rganadilar. Masalan, samolyot, qorbobo, shar yoki disklardan minoracha, ayiq, qo'g'irchoq, quyoncha va hokazo. Bu predmet qismlari 2 yoki 3 tadan ortmaydigan bo'ladi. Masalan, samolyot 3 qismdan, qor odam katta va kichik sharlardan iborat va boshqalar. Bu bolalar 3 kvartalda olgan bilim va malakalarni kengaytiradilar. Yoz davomida bolalar har xil mevalarni, sabzavotlarni yasab, zarur bo'lgan malaka va ko'nikmalarni egallaydilar. Bu guruhda tarbiyachi informatsion-retseptiv va reproduktiv metoddan keng foydalanadi. Bolalar bilan birgalikda sharlar, koptok, mevalar, qalamlar va boshqa predmetlarni yaxshilab ko'rib chiqadilar. Eng muhimi, bu predmetlarni qo'l bilan ushlab ko'rishlari zarur. Shu sababli tarbiyachi mashg'ulotlardan oldin bolalarga o'ynash uchun o'yin taklif etadi. Xuddi shunday qilib, 3- 4 qismdan tuzilgan predmetlarni ushlab, har tomonlama u bilan tanishib oladilar. Bu predmetlarni kuzatib chiqishda tarbiyachi oldin o'sha predmetni qismlarga va har bir qismning shakliga, tuzilishiga, shu bilan birga, qismlarning katta-kichikligiga diqqatni tortadi. Dastlabki mashg'ulotlarda tarbiyachi predmetni loydan yasab berishni ko'rsatib, tushuntirib beradi. Tushuntirish aniq va tushunarli bo'lishi lozim yoki u predmetni yasashdan oldin, yasashning texnik usullarini havoda mashq qildirishi mumkin. Ko'rsatib, tushuntirib berish 3-4 daqiqadan oshmasligi kerak. Agar yasashning texnik usuli bolalarga tanish bo'lsa, ularning mustaqilligini o'stirish maqsadida bolalarning o'ziga taklif etilishi mumkin.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling