Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


Download 0.81 Mb.
bet2/3
Sana14.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1003497
1   2   3
Bog'liq
Begliyeva Munisa

Kurs ishning maqsadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘plam haqida g‘oyalarni rivojlantirish.
Kurs ishning obyekti: Maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘plam haqida g‘oyalarni rivojlantirish bo’yicha mashqlar berib shug’ullantirish
Kurs ishning predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘plam haqida g‘oyalarni rivojlantirishning mаzmuni, shаkl vа mеtоdlаri.
Kurs ishning vazifalari:
 Maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘plam haqida g‘oyalarni rivojlantirish. o‘rgatish - pedagogik asoslarini o‘rganish;
 Maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘plam haqida g‘oyalarni shakllanishida masala yechish mashg‘ulotlari ahamiyatini o‘rganish;
 Maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘plam haqida g‘oyalarni rivojlantirish va misollar orqali tushuntirish.
 Maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘plam haqida g‘oyalarni rivojlantirish.

1.Bolalarda to‘plam haqidagi g‘oyalarni rivojlantirish.
2.Ob’ektlarning fazoviy va sifat xususiyatlari, bolalar to‘gshamlar sonini idrok
etishidagi o‘ziga xoslik.
3. Kichik guruhda miqdoriy g‘oyalarni shakllantirish metodikasi.
4.Kichik guruhda guruhda ta’limning mazmuni va usullari, guruhlash, atrof-muhitdagi ob’ektlar va bitta tushunchasini o‘zlashtirish orqali to‘plamlarni taqqoslash.
Tayanch so‘z va iboralar: to‘plam, universal to‘plam, to‘plam elementlari, taqqoslash, fazoviy va miqdoriy munosabatlar, didaktik materiallar, bir qiymatli moslik, natural sonlar.
To‘plamning tavsifiy xususiyatlari. To‘plam ta’riflanmaydigan tushuncha bo‘lib, misollar asosida izohlanadi, masalan, Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar to‘plami, qo‘ldagi barmoqlar to‘plami yoki gapdagi so‘zlar to‘plami kabi. Bundan tashqari, to‘plam biror narsaning yig‘indisini anglatuvchi so‘zlar o‘rnida qo‘llanadi, masalan, gala, guldasta, poda, ammo bu yig‘indida bitta element bo‘lishi yoki birorta ham element bo‘lmasligi mumkin. To‘plamni turli usullar bilan berish mumkin, masalan, 2 va 0 sonlari orasidagi butun sonlar to‘plami, bog‘cha hovlisidagi daraxtlar to‘plami, viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlar to‘plami va hokazo, umuman to‘plamni berish elementlarni sanash yoki uni tashkil etuvchi narsalarning xususiyatlarini aytish bilan beriladi. Narsalarning sifat belgilarini ajrata bilish va ular uchun umumiy bo‘lgan bitta belgi asosida bir guruhga birlashtirish sifat kuzatishlaridan miqdor kuzatishlariga o‘tishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar bilan ishlash narsalarning umumiy belgilariga qarab tanlash va guruhlarga birlashtirish (,,barcha qizil rangli kubiklarni tanlab ol” va shu kabilar)ni topshirishdan boshlanadi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling