Matematik va mantiq elementlari. Predikat va kvantorlar. Reja
Download 34.1 Kb.
|
Matematik va mantiq elementlari. Predikat va kvantorlar. Reja-fayllar.org
Matematik va mantiq elementlari. Predikat va kvantorlar. Reja Matematik va mantiq elementlari.Predikat va kvantorlar. Reja: Muloxaza haqida tushunchalar; Predikatlar haqida tushunchalar; Kvantorlar va ularning turlari; Predikatli formulalar; “Mulohaza”lar va ularning ustida mantiqiy amallarni o‘rgatadigan matematikaning bo‘limi matematik mantiq deyiladi. Mulohazalar ustida bajariladigan mantiqiy amallar maxsus belgilar yordamida ifodalanadi. Bu belgilardan asosiylarini keltiramiz. 1. - agar … bo‘lsa, u holda … bo‘ladi. E F – agar E bo‘lsa, F bo‘ladi (E dan F kelib chiqadi). 2. - teng kuchlilik. E F – E va F teng kuchli (E dan F kelib chiqadi va aksincha). 3. - dizyunksiya (“yoki” amali): E – “6x4=24”. F – “6x4=25” bo‘lsa mulohaza “6x4 ko‘paytma 24 yoki 25 ga teng”. 4. - konyunksiya (“va” amali): G – “13 soni toq va tubdir” mulo-hazasi quyidagi ikkita mulohazaning konyunksiyasidir, E – “13 soni toq”, F – “13 doni tub”. Demak . 5. - ixtiyoriy, barcha, har qanday degan ma’noni anglatadi: Masa-lan, F to‘plam 3 ga karrali natural sonlar to‘plami, E – barcha natural sonlar to‘plami degan mulohaza qilsa, u holda F ning barcha elementlari E ning elementlaridir, degan ma’noni beradi. Bu tasdiqni . 6. - “shunday”, “mavjud” degan ma’noni anglatadi. “ E va F to‘plamlarning umumiy elementi mavjud emas” degan tasdiqni ko‘rinishida yozish mumkin.
7. - mavjud emas ma’nosini anglatadi (inkor etish amalidir). a<0 bo‘lsa, a . Biror E mulohazaning inkori deb E chin bo‘lganda yolg‘on, E yolg‘on bo‘lganda chin bo‘ladigan yangi mulohazaga aytiladi va bilan belgilanadi. E – “5 – murakkab son”, u holda - “5 – tub son”. Bu yerda E yolg‘on, chin mulohazadir.
Download 34.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling