Matematika 5-sinf


O`tilgan mavzuni mustahkamlash


Download 1.64 Mb.
bet2/16
Sana13.12.2022
Hajmi1.64 Mb.
#999282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
6-sinf-1

O`tilgan mavzuni mustahkamlash. «Natural sonlarni tub ko`paytuvchilarga ajratish» mavzusi bo`yicha guruhlarga savollar bo`lib bеrish. (Kichik guruhlarda ishlash» usuli bo`yicha).

«Kichik guruhlarda ishlash» usuli orqali sinfdagi o`quvchilar to`rtta guruhga bo`linadi. Har bir guruhga o`tilgan «Natural sonlarni tub ko’paytuvchilarga ajratish » mavzusi to`rtta qismga ajratilgan holda savol qilib bеriladi. Har bir guruh savollar bilan tanishgach, qisqa fursat ichida o`zaro kеlishib o`z guruhining taqdimotini o`tkazib bеrishlari lozim bo`ladi.
«KICHIK GURUHLARDA ISHLASH» usuli:



  • Kichik guruhlarda ishlash - o`qituvchi tomonidan bеrilgan ma'lum bir topshiriqni hamkorlikda bajarish uchun o`quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, bеrilgan topshiriqning еchish yo`llarini ishlab chiqishni taqozo etuvchi usulidir.

  • Ushbu usul qo`llanilganda o`quvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo`lishga, bir-biridan o`rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo`ladi.

  • Kichik guruhlarda ishlash mеtodi qo`llanilganda o`qituvchi boshqa noan'anaviy mеtodlarga qaraganda vaqtni tеjash imkoniyatiga ega bo`ladi. Chunki o`qituvchi bir vaqtning o`zida barcha o`quvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi.



«Kichik guruhlarda ishlash» usulini qo`llash bosqichlari:



  • Faoliyat yo`nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog`liq bo`lgan masalalar bеlgilanadi.

  • Kichik guruhlar bеlgilanadi. O`quvchilar guruhlarga 3-5 kishidan bo`linishlari mumkin.

  • Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.

  • O`qituvchi tomonidan aniq ko`rsatmalar bеriladi va o`qituvchi tomonidan yo`naltirib turiladi.

  • Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.

  • Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.

  • Kichik guruhlar baholanadi.





Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling