Matematika, adabiyot, chet tili, rus tili, botanika, tarix fanlaridan bosqichli nazorat


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/40
Sana13.12.2021
Hajmi0.62 Mb.
#180588
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Bog'liq
Bitiruv imtihon savollari 5-6 sinflar 5 6 bilet uzb

BOTANIKA  

 

So‘z boshi 

     “Botanika”  fani  umumta‟lim  maktablarining  5-6-sinflarida  o„qitiladi. 

O„quvchilar  bu  davrlarda  botanika  kursidan  ma‟lum  bilim,  ko„nikma  va 

malakalarga ega bo„lishlari talab etiladi.  

Masalan:  

-botanika fani tabiat haqidagi fan mazmunida beriladigan asosiy biologik qonunlar va 

nazariyalarni bilish; 

-o„simlikning  ildizi,  poyasi,  bargi,  vegetativ  ko„payishi,  guli,  mevasi  va  urug„lari, 

o„simlik  organlarining  atrof-muhit  bilan  bog„liqligi,  o„simliklar  sistematikasi, 

o„simliklarning  asosiy  bo„limlari,  o„simliklar  olamining  rivojlanishi,  o„simliklar 

qatlami, manzarali o„simliklar haqida bilimga ega bo„lish; 

-tur, urug„, oila, turkum, sinf, tip to„g„risidagi asosiy sistematik birliklar;  

-o„simliklarga nisbatan ehtiyotkorona munosobatda bo„lishning zarurligini bilish 

va unga amal qila olish

- O„zbekistonda botanika fanining rivojlanish tarixini bilish; 

-botanika faniga oid bilimlardan turmushda, o„simliklarni muhofaza qilishda

qishloq xo„jaligi ishlarida foydalana olish. 

     Botanika fanidan bosqichli nazorat og„zaki so„rov shaklida o„tkaziladi. Har bir 

o„quvchiga 3 tadan savol beriladi. Savollarning 2 tasi nazariy, 1 tasi amaliy 

mashg„ulotga oid bo„ladi. Har bir savol javobi 5 ballik tizim asosida baholanadi. 

Baholar umumlashtirilib o„rtacha baho chiqariladi.  

Masalan: 3+5+4=12:3=4 

            O„quvchilarni baholashda ball ular egallashlari lozim bo„lgan bilim, 

ko„nikma va malakalardan kelib chiqib belgilanadi.  

Masalan:  

“Gulli o„simliklarning xilma-xilligi, organlarining yashash muhitiga moslashuvi 

va o„ziga xos xususiyatlari” mavzusida o„quvchilar quyidagi:  

Bilim  

dorivor o„simliklar, iste‟mol qilinadigan o„simliklar, yovvoyi yem-xashak 

o„simliklari, gulli o„simliklarning asosiy organlari, xashorotxo„r o„simliklar; 

 Ko‘nikma  

dorivor va iste‟mol qilinadigan o„simliklarga oid bilimlarni o„z hayotida qo„llay 

olish va ulardan amaliyotda foydalana bilishlari lozim. 

 

 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling