Matematika darslarida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim xudoyorova Gulnoza
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
196-199
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
www.pedagoglar.uz 43-son 1–to’plam aprel 2023 Sahifa: 196 MATEMATIKA DARSLARIDA AN’ANAVIY VA NOAN’ANAVIY TA’LIM Xudoyorova Gulnoza Surxondaryo viloyati Uzun tumani 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika darslarida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim haqida to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: an’anaviy va noan’anaviy, sxema, ma’ruza, izlanish, mustaqil… Barchamizga ma’lumki, yurtimizda ko‘p yillar davomida an’anaviy ta’lim sxemasidan foydalanib kelindi. Ammo, o‘quv jarayonini tashkil etishning an’anaviy sxemasi o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini yetarli darajada rivojlantira olmadi, ularning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini, fanga bo‘lgan qiziqishlarini qondira olmaydi, faol fikrlashni hamda bilishni e’tiqodga, e’tiqodni esa ongli ijtimoiy maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni ta’minlay olmaydi. Ayniqsa, matematika fanlar ichida eng murakkabi bo‘lib, bu fan pedagoglardan mas’uliyatni, o‘quvchilarni ushbu fanga qiziqtirish usullari o‘ylab topishni talab etdi. Shundan so‘ng noan’anaviy ta’limga ehtiyoj sezildi. Darslarni takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratilishi ko‘zda tutiladi: 1. Ta’lim jarayonini demokratlashtirish. O‘quvchilarga tanlash huquqini berish. 2. O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, o‘zaro hamjihatlikka asoslangan qulay ijtimoiy – psixologik muhit yaratish. 3. O‘quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlarini samarali tashkil etish. 4. Ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy ta’lim texnologiyasi elementlaridan foydalanish. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling