Matematika darslarida didaktik oyinlardan foydalanish


Download 15.63 Kb.
Sana26.11.2021
Hajmi15.63 Kb.
#177585
Bog'liq
ona tili 4-sihf test


Matematika darslarida didaktik oyinlardan foydalanish

Boshlang`ich ta`limda didaktik o’yin texnologiyalaridan foydalanish eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Ular o`quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Didaktik o`yin texnologiyalari o`quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, hisoblash, o`lchash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o`stirish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga qaratadi.

Ta`limiy o`yinlar orqali avvalo bolalardagi shaxsiy faollik, mustaqillik, ijodkorlik tarkib toptiriladi va shakllantirishga e`tibor qaratiladi. Oldilariga qo`ygan aniq vazifani qo`lga kiritishda yaqindan yordam beradi, masalaga ongli tushunib yondashish malakasini oshiradi.

Ma`lumki, maktab ostonasida ilk bor qadam qo`ygan o`quvchi undan qat`iy tartib-intizomni talab etuvchi muhitga tezgina moslashib, kirishib keta olmaydi, o`zini ushbu muhitda yolg`iz his etadi.

Shuning uchun kichik yoshdagi o`quvchining faoliyat turidagi moslashuvchanligini samarali hal etish uchun, uning o`yin faoliyatiga o`tish davrini metodik jihatdan to`g`ri tashkil etishni talab etadi.

Ta`limning o`yini faol texnologiyalari o`quvchining maktab ta`lim-tarbiyasiga hadiksirab qarashdan asraydi, uni ta`lim jarayonining faol sub`yektiga aylantiradi.

Ta`limiy o`yinlarni o`tkazish davomida o`qituvchi o`tilayotgan mavzu asosida yondashish zarurligiga e`tibor qaratishi lozim. Ta`limiy o`yinlar o`quvchilarni tasavvurlarini, qobiliyatlarini, lug`at boyliklarini oshishida katta yordam beradi.

Boshlang`ich ta`limda o`tilayotgan materiallarni o`zlashtirish e`tiborga olingan holda quyidagi ta`limiy o`yinlardan foydalanish mumkin; “Aql charxi” o`yinida o`tilgan mavzular bo`yicha topshiriqlar beriladi. Topshiriqda bir ma`lum son beriladi, o`quvchilar (?) belgisi bilan so`raglan savollarga yuqorida ko`rsatilgan ma`lum son asosida javob beradilar.

Aytaylik, 1 tonna ma`lum, 1tonna necha kilogramm? 1 tonna necha sentner? kabi savollarga javob yozib berishlari kerak.

Namuna:1-guruh.

1 tonna ? kilogram

1 tonna ? sentner

2-guruh: 2 kun ? soat ? sutka

3-guruh: 10 dm ?mm ? sm

“Kim ko`p topa oladi?” o’yini ham darslarda yaxshi samara beradi. Ko`paytirish jadvalini mustahkamlash uchun guruhlarga har xil ko`paytmalar beriladi. Ular ko`paytmalarni berilgan vaqtda to`g`ri bajarib berishlari kerak. Qaysi guruh berilgan topshiriqni tog`ri va ko`p topsa, shu guruh o`yin g`olibi bo`ladi.

Ko`paytirishga doir namunalar: 1 osonlashtiradi-guruh 36 4*9=36 9*4=36 6*6=36 18*2=36

2-guruh: 32 4*8=32 8*4=32 16*2=32 32*1=32

3-guruh: 48 6*8=48 8*6=48 2*24=48 24*2=48 12*4=48 4*12=48 48*1=48

“Kim chaqqon’’ o`yini ham darslarda turli shakllarda o`tishi mumkin.



Xulosa qilib aytganda,o`yinlar faqatgina vaqtning o`tishi yoki bolalar uchun shunchaki odatiy hole mas.O`yin davomida ularning tafakkuri,dunyoqarashi,fikrlash doirasi kehgayib boradi.O`yin orqali yondashuv ta`lim jarayonini

Osonlashtiradi, bu fanga qiziqishni kuchaytirib, bolani chuqur bilim olishga undaydi.
Download 15.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling