Matematika darslarida o'yinlardan foydalanish


Mantiqiy tafakkur rivojlanish darajasiga tashhis qo‘yish


Download 51.07 Kb.
bet6/6
Sana21.09.2023
Hajmi51.07 Kb.
#1683257
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Matematika darslarida o\'yinlardan foydalanish

Mantiqiy tafakkur rivojlanish darajasiga tashhis qo‘yish

  1. Tajriba-sinov tadqiqotimizni Qarshi shahridagi №23 umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazdik. Tadqiqot ishimizni, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun didaktik o‘yinlar dasturi asosida shug‘ullangan bitta sinfda 32 ta bola ishtirokida o‘tkazdik.

  2. Tafakkurning o‘ziga xosligini aniqlash uchun, o‘quvchilar tomonidan o‘quv yili boshida va oxirida test topshiriqlarini bajarish sifatini tahlili qilindi.

  3. Tadqiqot majmuamizga quyidagi beshta metodikani kiritdik.

  4. «To‘rtinchisi ortiqcha».

  5. «Ko‘rish analogiyalari».

  6. «Tasniflanish jarayonini o‘rganish»

  7. «Metaforalarni tushunish»

  8. «Ketma-ketlikda keluvchi rasmlar» [14,B.29-33].

  9. «To‘rtinchisi ortiqcha» metodika. Maqsad: umumlashtirish va abstaktlashtirish qobiliyatlarini tadqiq qilish, muhim belgilarini ajratishga o‘rganish.

  10. Tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish. 12*12 sm o‘lchamdagi, 4ta kvadratga bo‘lingan 10ta jadval tayyorlaymiz. Har bir kvadratda predmet tasvirlangan, muhim belgilariga ko‘ra jadvaldagi 3ta predmetni birlashtirish mumkin, ulardan to‘rtinchisi – ortiqcha, masalan: ruchka, piramida, daftar, ..., bloknot.

  11. Tadqiqotni o‘tkazish. Tadqiqot o‘quvchilar bilan individual tarzda olib boriladi. O‘quvchiga bittadan jadval ko‘rsatilib: rasmga qarang bu yerda 4 ta predmet chizilgan. Ulardan uchtasi bir-biriga to‘g‘ri keladi, to‘rtinchisi esa ortiqcha. Qaysi predmet ortiqcha, nima uchun? Qolgan uchta predmetni birgalikda nima deb atash mumkin?

  12. Ma’lumotlarni qayta ishlash. O‘quvchi tomonidan predmetlarni umumlashtirishni o‘ziga xosligini tahlil qilinadi: u tushuncha belgilariga qarab yoki predmetlarni hayotiy tadbiq qilinish tasavvuri asosida umumlashtiradimi. Predmetlar guruhini umumlashtira oladigan so‘zni topishini aniqlashadi. Qanday guruhdagi predmetlarni oson umumlashtirish mumkin.

  13. Qaysi guruh predmetlarini oson birlashtirish mumkin, hamda o‘quvchilar yoshi muloqot jarayoniga qanchalik bog‘liq.

  14. «Ko‘rish analogiyalari» metodikasi. Maqsad: predmetlar o‘rtasidagi munosobatlar va mantiqiy bog‘lanishlar tavsifini ajratib ko‘rsatish.

  15. Tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish. Uchta qismga bo‘lingan bir nechta jadvalni tayyorlanadi. Chap qismda bir-biriga mos predmetlar juftligi tasvirlangan, o‘ng qismda chiziq chizilib, chiziqning yuqori qismida bitta predmet tasvirlangan, chiziq ostida beshta predmet tasvirlangan bo‘lib, ulardan bittasi chiziq yuqorisidagi predmet bilan xuddi chap qismda tasvirlangan predmetlar juftligi singari juftlikni tashkil etadi.

  16. Tadqiqotni o‘tkazilishi. Har bir o‘quvchi bilan tadqiqot individual tarzda o‘tkaziladi. O‘quvchiga bittadan jadval ko‘rsatilib, aytiladi: “bu misollarga diqqat bilan qarang. Unda bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan predmetlar birinchi juftligi tasvirlangan. O‘ng tomonda – chiziq ustida bitta predmet tasvirlangan. Siz birinchi predmetlar juftligidagi singari beshta predmetdan birini tanlashingiz va tagiga chizishingiz kerak.”

  17. Ma’lumotlarni qayta ishlash. Predmetlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘ziga xos tomonlarini tahlil qilinadi.

  18. «Tasniflanish jarayonini o‘rganish» metodikasi. Maqsad: mulohozalar ketma-ketligi, umumlashtirish jarayolari darajasini tadqiq qilish uchun tadbiq qilinadi.

Tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish. Har bir tasnifdagi guruh uchun 7*7sm o‘


Download 51.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling