O‘quvchi: Kim matematika bilan yoshligidan shug‘ullansa, o‘zida chinakamlilikni, tirishqoqlik bilan maqsadga erishishlikni tarbiyalaydi.
O‘quvchi: Matematika ma’naviy ulug‘vorlikning keng dunyosidir.
O‘quvchi: Matematika aql gimnastikasidir.
O‘quvchi: Matematikaning o‘z tili mavjut - bu formulalaridir.
O‘qituvchi: Darhaqiqat, o‘quvchilar.
Matematikaning go‘zalligi ham shundaki,
Unda har bir fikr isbot qilishni talab qiladi.
O‘qituvchi; Endi shior tanlab olsak, zotan har bir Davlatning o‘z madhiyasi bo‘lgani kabi insonni ham maqsadi sari boshlovchi to‘siqlarni yengishga undovchi shiori, maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim. Shunday ekan
O‘qituvchi; Shiorimiz?
O‘quvchilar: Ilm ko‘p - u, hunar oz.
Keragin ol-u, toshga yoz.
O‘qituvchi; Maqsadimiz?
O‘quvchilar: Matematika fanini chuqur o‘rganish va uni yuksaltirish.
O‘qituvchi: Vazifamiz?
O‘quvchilar: Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish.
O‘qituvchi: Navbatchi-o‘quvchi qilingiz hisob,
Xonada necha o‘quvchi bor shu tob.
O‘quvchi: Men Naimova Shahnoza 5-“B” sinfda bugun navbatchiman. Bizning sinfimizda 29 nafar o‘quvchi bo‘lishi kerak. Bugun darsda 28 nafar o‘quvchi darsga atnashishga tayyor. Bir nafar o‘quvchi sababli darsga qatnashmayapdi.
Darsimizning birinchi zinasi yakunlandi. Marhamat, ikkinchi zinaga.
II. zina:
O‘qituvchi: O‘quvchilar, o‘tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishganmiz? Uyga vazifa nima edi ?
O‘quvchi: Biz o‘tgan matematika darsimizda o‘nli kasrlar mavzusiga doir misollar yechgan edik. Uyga vazifa: Misollar yechib kelish. №791 -792-793.
O‘qituvchi: Uy vazifasini nazorat qilib chiqadi. Aylanma daftarlar almashtirilganga qadar o‘qituvchi tomonidan uy vazafasi to‘g‘risida hajviy she’r aytiladi. O‘quvchilarni kayfiyatini ko‘tarish maqsadida.
Do'stlaringiz bilan baham: |