Yozma ish № 13
I variant
1. АВ va MN perpendikulyar kesmalarni shunday chizingki, ular: а)kesishmasin; b) kesishishsin.
2.Chizg’ich va uchburchakli chizg’ich yordamida bir biriga parallel bir nechta to’g’ri chiziqlar yasang.
3.Koordinata tekisligida nuqtalar belgilangan. Bu nuqtalardan qaysilari: а) abstsissa o’qidan yuqorida; b) ordinate o’qidan chaproqda; v) abstsissa o’qida joylashgan.
4.Lolada 26 ta kitob, Go’zalda 42 ta kitob, Sherzodda esa 36 ta kitob bor. Bitta kitobga 1 mm li ustunni olib, ustunli diagramma yasng.
5. Ifodaning qiymatini toping: (-9,18 : 3,4 – 3,7) · 2,1 + 2,04.
II variant
1.Ikkita perpendikulyar nurlarni shunday chizingki, ular: а)kesishmasin; b) kesishishsin.
2. Beshta o’zaro parallel to’g’ri chiziqlar yasang.
3. Koordinata tekisligida nuqtalar belgilangan. Bu nuqtalardan qaysilari: а) abstsissa o’qidan pastroqda; b) ordinata o’qidan o’ngroqda; v) ordinata o’qida joylashgan.
4. Qishloqda 90 ta uy bor. Ulardan 15tasida temirli tom, 45 tasida shiferli tom va 30 tasida cherepitsali tom. Bitta uyga 1 mm ustunchani mos qo’yib, ma’lumotlarni akslantiruvchi ustunli diagrama yasang.
5.Ifodaning qiymatini toping: (15,54 : (-4,2) – 2,5) · 1,4 + 1,08.
Do'stlaringiz bilan baham: |