Matematika fanlar shohi


Download 40.08 Kb.
bet1/5
Sana10.02.2023
Hajmi40.08 Kb.
#1188086
  1   2   3   4   5
Bog'liq
@yosh ustozlar matematika fanlar shohi tadbir ssenariy


Aniq fanlar oyligida matematika fanidan
Matematika – fanlar shohi” mavzusida tadbir ssenariysi.


Tadbir o‘tkazilayotgan joy bayramona ruhda bezatiladi.
Devorda al-Xorazmiy surati aks ettirilib, uning atrofida matematika faniga doir so‘zlar yoziladi. Tadbir quvnoq musiqa sadolari bilan boshlanadi. Sahnaga milliy kiyingan ikki nafar o‘quvchi chiqib keladi.
1- boshlovchi: Assalom, yurtimizning bilimga boy maskani!
Assalom, ey ilm-u fanning sohib-u davronlari!
Davramizga xush kelibsiz, elning sharaf-shonlari,
Siz kelajak bunyodkori, topqir-u zukkolari!
2- boshlovchi: Matematik tadbirda bo‘ling deymiz siz shodon,
Jilo bersin davraga turfa xil she’r betakror.
Qiziq topshiriq, misol sizga bo‘lsin armug‘on,
Bobomiz al-Xorazmiy ruhi bo‘lsin madadkor!
1- boshlovchi: — Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, bilimga chanqoq o‘quvchilar!
2- boshlovchi: — Bugungi bayram tadbirimizni hisob-kitob ilmi — matematika faniga bag‘ishladik.
1- boshlovchi: — Tadbirimiz rang-barang she’r va quvnoq topshiriqlarga boy.
2- boshlovchi: — Qani, aziz tengdoshlar! Matematika fani bizga nimalarni o‘rgatar ekan?
(Shu payt sahnaga 6-sinf o‘quvchilari chiqadi. Matematika fanidan raqamlar tashrif buyurishadi).



0 raqami
Diqqat mening nomim nol
O’quvchim sen ogoh bo’l.
Yolg’iz tursam yo’qman men
Sherik bo’lsa to’qman men.
Yozilishim qiyinmas
Dum-dumaloq chizsang bas!

1 raqami


Bir degan sanoq sonman,
Sanash uchun osonman
Bitta yurak bitta bosh,
Bitta oy, bitta quyosh
Yozishga ham ong’ayman,
Qoziqchga o’xshayman

2 raqami


Ikki degan nomim bor,
Ikki birdan men tayyor.
Ikki qo’l, ikki oyoq,
Ikki ko’z , ikki quloq,
Nimaga o’xshayman xo’sh
Huddi ko’ldagi oqqush!

3 raqami


Uchta birman nomim uch,
Birlashganda bo’lar kuch.
Uchgacha sanayman der,
Shart o’ynagan har bir sher.
Yozish uncha qiyinmas,
Tishlangan ikki kulcha.

4 raqami


Men to’rt degan raqamman,
Ikki ikkidan jamman.
Bo’lsa ikki juft o’rtoq,
To’rtta ulfat o’sha choq.
Yozishni mashq qil picha,
Bir oyog’i narvoncha!
5 raqami
Besh degulik nomim bor,
Raqamlar ichra ilg’or.
Bir-bir qo’shsa anchaman,
Qo’ldagi besh panjaman.
Yaxshi tirish yozmoqqa,
Sal o’xshayman qarmoqqa,
6 raqami
Beshdan keyin oltiman,
Raqamlarning oldiman.
Ikki uchni qo’shsang bas,
Hech qachon sedan chiqmas.
Yozishga lozim bilmoq
Go’yoki oddiy ilmoq

7 raqami


Mening nomimdir yetti,
Endi demanglar mitti
Oltidan bitta ko’pman,
Yetti yulduzman to’pman.
Chizginda kichik o’roq,
Beliga boyla belboq
8 raqami
Sanamay demang sakkiz,
Ikki to’rtni qo’shsangiz,
Hosil bo’laman shu on,
Yaxshi bilgin ukajon
Yozilishim bil qani,
Tasavvur qil pillani.
9 raqami
Men to’qqizman, to’qqizman,
Sonlar ichra yolg’izman.
Sakkizdan bitta katta,
Bilib qo’ygin albatta.
Yozishni o’rgan asta.
Ilmoqman dumi pastda.

(Shu payt sahnaga o‘quvchilari chiqadi. Matematika fani haqida she’r o‘qib eshittiradi).
1- o‘quvchi: — Matematika atamasi yunonchadan olingan bo‘lib bilim, fan ma’nosini beradi. U aniq mantiqiy mushohada, hisoblash amallari bilan shug‘ullanadigan fandir.


Download 40.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling