Matematika o’qitish metodikasi


Download 98.33 Kb.
bet5/5
Sana08.01.2022
Hajmi98.33 Kb.
#253787
1   2   3   4   5
Bog'liq
MATEM tarixi

Qiziqarli faktlar

1. Matematika – yunoncha so’z bo’lib, fan, bilim ma’nosini bildiradi. Buni Pifagor kiritgan(e.o.VI asr).

2. Arifmetika – yunoncha “ a r i t h n i o s ” so’zidan olingan bo’lib,son san’ati degan ma’noni bildiradi.

3. Algebra – al-Xorazmiyning “Al – jabr va al – muqobala” asaridagi al – jabr so’zining evropacha talaffuzi bo’lib, o’zbek tilida tiklash, to’ldirish ma’nosini bildiradi.

4. Geometriya – yunoncha “geometreo” so’zidan olingan bo’lib , yer o’lchash ma’nosini bildiradi.

5. Trigonometriya – yunoncha so’z bo’lib, uchburchallarni o’lchash, yoki uchburchaklarni yechish degan ma’noni bildiradi.

6. Aksioma – yunoncha so’z bo’lib, isbot talab qilinmaydi degan ma’noni bildiradi.

7. Gipoteza – yunoncha so’z bo’lib, faraz qilish degan ma’noni bildiradi.

8. Teorema – yunoncha so’z bo’lib, mulohaza yuritlgan degan ma’noni bildiradi.

9. Formula – yunoncha so’z bo’lib, ma’lum qonun degan ma’noni bildiradi.

10.Figura – yunoncha so’z bo’lib, rasm, shakl degan ma’noni bildiradi.

11.Koordinatalar metodini 1637 yil Dekart kiritgan. Klero XVIII asrda fazoda uch o’lchovli to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasini kiritdi.

12.Funksiya – yunoncha so’z bo’lib, bo’ladigan, bajariladigan degan ma’noni bildiradi. Atamani 1673 yilda Leybnis kiritgan. Eyler “Analizga kirish”(1748) asarida to’liq klassifikatsiyasini beradi va y=f(x) yozuvni kiritadi.

13.Algoritm – al – Xorazmiy nomining evropalashtirilgan ko’rinishi bo’lib,qadam – baqadam degan ma’noni bildiradi.

14.Piramida – yunoncha so’z bo’lib, olov shaklidagi jism degan ma’noni bildiradi.

15.Parallelepiped – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, yonma – yon boruvchi tekisliklar degan ma’noni bildiradi.

16.Tetraedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, to’rt yoqli degan ma’noni bildiradi.

17.Geksaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, olti yoqli degan ma’noni bildiradi.

18.Oktaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, sakkiz yoqli degan ma’noni bildiradi.

19.Dodekaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, o’nikki yoqli degan ma’noni bildiradi.

20.Ikosaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, yigirma yoqli degan ma’noni bildiradi.

21.Katet – yunoncha so’z bo’lib, shoqul degan ma’noni bildiradi.

22.Gipotenuza – yunoncha so’z bo’lib, tarang tortilgan degan ma’noni bildiradi.

23.Radius – yunoncha so’z bo’lib, nur degan ma’noni bildiradi.



24.Diametr – yunoncha so’z bo’lib, ko’ndalang degan ma’noni bildiradi.

25.Diagonal – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, ikki burchak orqali o’tuvchi degan ma’noni bildiradi.
Download 98.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling