Matematika o’qitishda innovatsion va pedagogik texnologiyalarning roli va ahamiyati


Download 76.19 Kb.
bet1/11
Sana16.06.2023
Hajmi76.19 Kb.
#1511127
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Diplom ishimga tayyorgarli


. Matematika o’qitishda innovatsion va pedagogik texnologiyalarning roli va ahamiyati.



    1. Zamonaviy maktab matematik ta’lim, uning maqsadlari va vazifalari

Maktab matematika kursida matematik bilimlarning fan haqida umumiy tasavvurni beradigan, matematik usullarga ega bo’lishga va o’quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirishga yordam beradigan qismi ishlab chiqilishi kerak.
Ta’lim maqsadining kengayishi, maktab tayorgaligiga yangi talablarning yuzaga kelishi, ta’lim ctandartlarining o’zgarishi munosabati bilan matematika faninig mazmuni vaqti bilan o’zgarib turadi.
Maktabda matematika o’quv fani sifatida arifmetika, algebra, matematik tahlil asoslari, tekislik va fazoning yevklid geometriyasi, analitik geometriya, trigonometriya kabi bo’limlarning elementlaridan iborat.
O’quvchilarni matematikaga o’qitish quyidagilarga yo’naltirilgan: ular tomonidan kelajakda matematika va qo’shni fanlarni o’rganish, amaliy masalalarni yechish uchun zarur bo’ladigan matematik bilimlar, bilish va ko’nikmalari tizimiga ega bo’lishga; mantiqiy fikrlash, fazoviy tasavvur, yozma va og’zaki matematik nutqini rivojlantirishga; hisoblash, algebraik shaklalmashtirishlar, tenglama va tengsizliklarni yechish ko’nikmalarini shu bilan birga instrumental va grafik ko’nikmalarini shakllantirishga[18] .
Fan sifatidagi matematikadan o’quv predmeti sifatidagi matematika nafaqat bayonning xajmi, tizimi va chuqurligi bilan farqlanadi, balki o’rganilayotgan savollarning amaliligi bilan xam farq qiladi.
Matematikaning o’quv kursi doimiy ravishda matematika – rivojlanayotgan fan – va matematikaning aniq yadrosi – o’quv predmeti orasidagi ziddiyot bartaraf etish zaruriyati oldida turadi. Fanning rivojlanishi matematik ta’limning mazmunining uzliksiz yangilanishini, o’quv predmetining fan bilan yaqinlashishini, uning mazmunining jamiyat buyurtmasiga mos bo’lishini talab etadi.
Matematikaning o’quv predmeti sifatida rivojlanishining zamonaviy bosqichining xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- mazmunining asoslarini to’gri tanlash;
- o’qitishning aniq maqsadlarini, fanlararo bog’lanishlarni, o’qitishning har bir bosqichida o’quvchilarning matematik tayorgarligiga qo’yiladigan talablarni aniqlash;
- matematikaning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi rolini, uning xayot bilan bog’liqligini oshirish;
- sistematik ravishda o’quvchilarning fanga va uning tatbiqlariga qiziqishini shakllantirish.
Maktab matematika kursining yanada mo’qammalashishi o’quvchilarning matematik bilimlariga amliyot, sanoat, ishlab chiqarish, xarbiy ish, qisloq xo’jaligi, iltimoiy tizimlar tomonidan qo’yiladigan talablar bilan bog’liq[].
Ta’lim – oldigi avloddan keyingisiga ijtimoiy ahmiyatga ega tajribani doimiy ravishda qoldirishning tashqiliy jarayonidir. Ushbu tushuncha falsafada, psixologiyada, pedagogic fanda va maktab o’qitish amaliyotida qo’llaniladi. Xozirgi zamon ta’limi o’quvchiga, uning mustaqil rivojlanishiga va o’zligini anglashga, uning umuinsoniy bilimlariga, o’quvchining atrofidagi olamga nisbatan munosabati, unda jamiyatda o’z o’rnini topishni bilishiga bo’lgan e’tiborni kuchaytirish zaruriyati bilan xarakterlanadi[12].
Matematik ta’lim – oquvchilar tomonidan matemarik bilimlar, bilishli bilishlar va ko’nikmalatning tizimiga ega bo’lishi va shu asosda ularning dunyoqarashi, shaxsning ma’naviy va boshqa sifatlarining shakllanishi, ijodiy kuch va qobiliyatining rivojlanishi jarayonidir.
Ta’lim ikki asnoda qaraladi:
ijtimoiy (jamiyatning ta’limga nisbatan qo’ygan talablarini aks etuvchi);
shaxsiy ( har bir shaxs uchun individual ta’lim maqsadlarini belgilovchi).
Ma’lumotli shaxsni quyidagilar xarakterlaydi: fikr yuritishning aniqligi, kengligi va egiluvchanligi; muammolarning keng doirasida mo’ljalni olaolish va ularni hal etish istagi; extiyojlarning turliligi; xodisalarning kechishini oldindan xis etaolish va oz faoliyatini modellashtirish qobiliyati ; yuqori ish qobiliatiga egalik, vahakazo. Matematik ta’limning asosiy maqsadi o’quvchilarda borliq xodisalarini matematik nuqtai nazardan qarashni, matematika va uning tatbiqlarining amaliy yo’naltirilganliligini ko’ra olishni bilishni tarbiyalashdan iborat.
Matematik ta’lim tizimining zamonaviy qayta qurilishining asoslari quyidagilardan iborat :

  • demokratlashtirish ( har bir o’quvchiga to’laqonli matematik ta’limga ega bo’lish xuquqini ta’minlash);

  • ochiqlik ( matemarikani o’qitis holati va uning samaradorligi xaqidagi ochiq va to’liq ma’lumotning mavjudligi );

  • markazlashtirilmasli ( xududlar va maktablarning dasturtlarni, o’quv qo’llanmalarni tanlashga, matematik ta’lim muammolarini mustaqil hal etishga xuquqi);

  • reallik( matematik ta’lim soxasida real siyosat).

Ta’lim maqsadlari – pedagogic tizimning asosiy komponentlaridan biri. Ular zamon talablariga, fuqarolarning ma’lumotiga nisbatan jamiyat tomonidan qo’yilgan talablarga bog’liq.


Matematikani o’qitishning asosiy maqsadlari (keng ma’noda):
• barcha o’quvchilar tomonidan inson madaniyatining matematik tarmog’ida namoyon bo’ladigan va zamonaviy jamiyatda komil inson bo’lib yetishish uchun zarur bo’ladigan fikrlash va faoliyat elementlariga ega bo’lishi;
• qobiliyatli o’quvchilarda matematikaga qiziqishini hosil qilish va matematik qobiliyatini rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish.
Ta’lim maqsadlariga mos matematika o’qitishning darajalari belgilanadi:
1 — umummadaniy;
2 — umumta’lim;
3 — ijodiy.
Matematikani o’qitishning maqsadlari (tor ma’noda):
umumta’limiy:o’quvchilar tomonidan matematika fani, matematikada qo’llaniladigan bilishning matematik usul va metodlar xaqidagi tassavurni hosil qiluvchi matematik bilimlar, bilish va ko’nikmalar tizimining o’zlashtirilishi;
tarbiyaviy: maktab o’quvchilarning faolligi, mustaqilligi,masu’liyatliligini; axloqi, muloqot madaniyati; estetik madniyatini, grafikli madaniyatini tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: o’quvchilarning dunyoqarashi, taffakurning mantiqiy va evristik asoslarini, algoritmik fikrlasini shakllantirish; fazoviy tasavurning rivojlantirish.
Matematika o’qitishning maqsadlariga erishish matematika o’qitishning vazifalari bilan aniqlanadi.
Matematikani o’qitishning vazifalari quyidagilardan iborat: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, shu bilan birga: information, evristik, estetik, amaliy, nazorat – baxolovchi, to’grilovchi va integrallovchi.

Download 76.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling