Matematika ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 192-matematika guruhi talabasi Yoqubboyeva Oyimjonning
Download 23.16 Kb.
|
Yoqubboyeva Oyimjonn HISOBOT
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 5130100-Matematika ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 192-matematika guruhi talabasi Yoqubboyeva Oyimjonning 2022-2023 o‘quv yilida o‘tkazgan malakaviy amaliyot yakuni yuzasidan yozgan HISOBOTI Urganch-2023 Kirish Malakaviy amaliyot talabaning nazariy ta’limi va bo‘lajak mustaqil faoliyatini bog‘laydigan hamda kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi jarayon bo‘lib, dastlabki tajriba maktabi hisoblanadi. Biz ham olgan nazariy bilimlarimizni amaliyotda qo‘llab ko‘rish maqsadida o‘quv rejasiga asosan 2023-yil 6-fevraldan 2023-yil 25-martgacha 7 hafta maboynida malakaviy amaliyotda bo‘ldik. Malakaviy amaliyotga ketishdan oldin 2023-yil 6-fevral kuni Fizika-matematika fakultetida 4-kurs talabalarini malakaviy amaliyotga yuborish bo‘yicha yig’ilish bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishda fizika-matematika fakulteti rahbari “Matematik tahlil” kafedrasi mudiri R.A.Sharipov, o’qituvchilar To’raxonov Islom, Iskandarov Sarvar va 191, 192, 193, 194-matematika yo’nalishi talabalari qatnashdi. Ular bizga malakaviy amaliyot davrida nimalarga e’tibor berishimiz kerakligi haqida ma’lumot berdi. So‘zga chiqqan o’qituvchilar bizga o‘qituvchilik murakkab kasb ekanligini va sharafli ekanligini ta’kidlab o‘tishdi. Shundan keyin hamma talabalar berkitilgan amaliyot rahbari bilan maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarga ketishdi. Menga “Matematik tahlil” kafedrasi o‘qituvchisi Xayitboyev Sabirjon amaliyot rahbari qilib berkitildi. Shu kuni biz malakaviy amaliyot o’tash uchun Prezident agentligi tasarrufidagi Urganch Shahar 1-ixtisoslashgan maktab internatiga keldik. Maktabga kelib maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosariga uchrashdik va maktab jamoasi bilan tanishdik. Maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari bizga o’qituvchilarni biriktirdi. Menga amaliyotchi sifatida maktab matematika o’qituvchisi Xo’janiyozov Jamolbek ustoz biriktirildi. U meni bir qancha hujjatlar, o’zining ish rejasi va qaysi sinflarda dars o’tishi haqida tanishtirdi. Menga maktabda yana ba’zi o’qituvchilarni darslarini kuzatish va dars jarayonlarini tashkil etish berkitildi. Amaliyotni boshlashdan oldin shaxsiy ish rejamni tuzib oldim. Reja asosida amaliyotning dastlabki haftasi me’yoriy xujjatlarni o‘rganish, kuzatish haftasi bo‘lib bunda faqat darslarga kuzatish uchun kirdim. Keyingi haftadan boshlab menga biriktirilgan rahbar bilan topshiriqlar ustida ishladik va dars jadvali asosida ba’zi sinflarga darslarga kirdim. Malakaviy amaliyot davrida har kungi ishlarimni reja asosida olib bordim va qilgan ishlarimni va o‘qituvchilar darslarini qanday metodlarda olib borilganini har kuni shaxsiy kundalik daftarga yozib bordim. Download 23.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling