Matematika ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 192-matematika guruhi talabasi Yoqubboyeva Oyimjonning


Download 23.16 Kb.
bet2/4
Sana25.03.2023
Hajmi23.16 Kb.
#1295795
1   2   3   4
Bog'liq
Yoqubboyeva Oyimjonn HISOBOT

O‘quv - o‘qitish ishlari
Maktabda direktor o’rinbosariga ba’zi ishlarda yordam berdim va matematika fanidan ham darslarni reja asosida olib bordim.
Maktabda amaliyot paytimda maktabning kutubxonasiga kirib kerakli kitoblarni olib foydalandim. Amaliyot paytimda maktab jamoasi bilan yaqindan tanishib malakali kadrlardan o‘zimga kerakli bilim va ko‘nikmalarni o‘rganib bordim. Qo’shimcha sifatida Ismoilov Sa’dulla, Nurmetov Murod va boshqa o‘qituvchilarning dars o‘tish jarayonlarini kuzatib bordim va o‘zimga kerakli bo‘lgan zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldim. Ularning dars o‘tish metodikalarini o‘rganib bordim. Shu bilan birga ulardan o‘zimga kerakli bo‘ladigan bilimlarni ta’lim texnologiyalarini o‘rganib oldim. Har kungi dars jarayonlarini o‘qituvchi va o‘quvchilarning darsga munosabatlarini intilish va qiziqishlarini o‘rgandim. O‘qituvchilarning darsga tayyorlanib kelishi va dars mashg‘ulotlarini qiziqarli o‘tishlari meni qiziqtirdi. Ayniqsa matematika o‘qituvchisi Ismoilov Sa’dulla ustozning matematika darslarida har xil qiziqarli o‘yinlar, tarqatma materiallar va elektron darsliklardan ko‘plab foydalanib o‘quvchilarni fanga qiziqishini orttirib matematika fanini o‘quvchilarga tushunishi va o‘rganishida ijobiy va samarali metodlardan foydalandi.
Bu maktabda o’quvchilaning bilimlari oddiy maktab o’quvchilaridan katta farq qilar ekan. Maktabda iqtidorli o’quvchilar uchun olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rish uchun imkoniyatlar yaratib berilgan edi. Bunday o’quvchilar bilan ham bo’sh paytlarda shug’ullanib turdim.
Malakaviy amaliyotning oxirgi haftasida dars mashg’ulotlarini o‘tish bo‘yicha yaxshigina tajribaga ega bo‘ldim. O‘quvchilarga ham ko‘nikib ketdim.
Maktabdagi matematika fanidan olimpiadalar va musobaqalarga qatnashadigan o‘quvchilar bilan darslardan keyin haftada ikki kun qo‘shimcha darslar olib bordim. Geometriya fanining turli qiyinchikdagi masalalarini o‘rgatdim. Maktab ma’muriyati ijodiy ishlarimni va o‘quvchilar bilan qayta o‘zlashtirish uchun o‘tilgan qo‘shimcha darslarimni ma’qullashdi va ijobiy baho berishdi va keyingi ishlarimda bundanda shijoat bilan ishlashimni tavsiya etishdi. Shu tariqa 2023-yil 25-martgacha dars mashg‘ulotlarida qatnashdim va direktor o’rinbosarini ishlariga ham yordam berib turdim.


Download 23.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling