Matematika ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 192-matematika guruhi talabasi Yoqubboyeva Oyimjonning


Guruhdan tashqari va olib borilgan ma’naviy-marifiy ishlar


Download 23.16 Kb.
bet3/4
Sana25.03.2023
Hajmi23.16 Kb.
#1295795
1   2   3   4
Bog'liq
Yoqubboyeva Oyimjonn HISOBOT

Guruhdan tashqari va olib borilgan ma’naviy-marifiy ishlar.
Haftaning har juma kunlari tarbiya soatlarini ham kuzatdim. Har bir o‘ti. Tarbiya darslarini kuzatishda butun dunyodagi va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan yangiliklar bilan o‘quvchilarni qiziqishlarini, e’tiborli ekanliklariga guvoh bo’ldim.
Har kungi dars jadvali bo‘yicha 5.03-sinfga o‘qituvchilarning darslariga kirdim va har bir dars jarayonini diqqat bilan kuzatdim. O‘quvchilarni fanga qiziqishlarini oshirish uchun qanday metodlardan foydalanish kerakligini o‘rganib shaxsiy kundaligimga yozib bordim.
Maktabda har oyda o‘tkaziladigan fan oyliklariga bag‘ishlangan tadbirlarni kuzatib bordim. O‘quvchilarning iqtidorlarini bilgan ustozlar har xil qiziqarli va o‘yin kulgiga boy tadbirlarni uyushtirishdi. Bundan tashqari o‘qituvchilarning har bir guruhda o‘tkazgan ochiq darslariga kirib kuzatdim. Boshqa o‘qituvchilarning o‘zlashtirishi pastroq bo‘lgan o‘quvchilar bilan shug‘ullanadigan qo‘shimcha to‘garaklariga kirdim. Bunday to‘garaklarning o‘quvchilarga bilim olishlari uchun yana bir imkoniyat ekanligi va fanni yaxshiroq o‘zlashtirishlari uchun juda samarali ekanligini bilib oldim.
Men pedagogik amaliyot jarayonida shu kungacha universitetda o‘rgangan bilimlarni amaliyotda qanday tadbiq qilish kerakligini, xato va kamchiliklarimni maktabdagi ustozlarning ko‘rsatma va amallariga quloq solib o‘rganib bordim. Sinf rahbarining tarbiya soatlari darslarini qanday o‘tishligini, Kundalik.com saytini yuritishni va boshqa xujjatlarni qanday yuritish kerakligini va bu xujjatlarning o‘z vaqtida yuritish zarurligini o‘rgandim. O‘quvchilarning maktabdagi o‘qishlari, odob ahloqi bo‘yicha har chorak yakunida ota-onalar bilan yig‘ilishlar olib borilar ekan. Har bir o‘quvchining ota-onasi bilan alohida farzandlarining odobi o‘zlashtrishlari va maktabga o‘z vaqtida maktab formasida kelishligi aytilib tushuntirilib o‘tildi.
Menga berkitilgan 5.03-sinfda jami 24 nafar o‘quvchi bor. Sinf faollari har kuni darsdan oldin sinf tozaligiga e’tibor bilan qarab, o‘qituvchi darsga kirishidan oldin hammasi dars mashg‘ulotlariga qatnashar ekan. Bu sinfda online o‘qiydigan o‘quvchilar yo‘q va 24 nafar o‘quvchi ham dars mashg‘ulotlariga va qo‘shimcha to‘garaklarga o‘z vaqtida qatnashadi. Men bu sinfdagi o‘quvchilar bilan yaqindan suhbatlashib turli xil tushunmagan savollariga to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot berishga harakat qildim. Sinfdagi o‘quvchilarning hammasi bilan yaxshi kelishib ketdim va o‘quvchilarning darslardagi tushunmagan joylarini qo‘shimcha qilib tushuntirib berdim.
Maktab psixologi bilan har bir o‘quvchining psixologik xarakterlarini o‘rganib oldim. Har chorakda o‘quvchilarning psixologik bilimlarini bilish uchun turli xil testlar olib borildi. Natijalarga ko‘ra fikrlashida va ongida nuqsoni bor o‘quvchilar bilan guruh rahbari va psixologlar tushuntirishlar va ularning ota onasiga farzandi tarbiyasiga oid tushuntirishlar berib borishdi. Maktabda asosiy narsa o‘quvchilarning psixologiyasini bilish va ularning yot narsalarga aralashib o‘qishlarida uzilish bo‘lmasligi uchun tez-tez o‘quvchilar bilan suhbatlar olib borish zarurligini maktab psixologidan o‘rganib oldim va uning tavsiyalariga quloq soldim.



Download 23.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling