Jahonning matematika sohasidagi ilmiy muassasa va markazlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar tashkil qilish. Buning uchun:
xorijlik sheriklar bilan muzokaralar olib borish va qo‘shma tadqiqotlar dasturini kelishish;
keyinchalik birgalikda puxta ishlab chiqish uchun yetakchi xorijiy matematika markazlari va ekspertlik hamjamiyati bilan respublikaning dolzarb ilmiy muammolari ularning muhokamasini tashkil qilish;
qo‘shma tadqiqotlar rejasini ishlab chiqish hamda yetakchi xorijiy jamg‘armalar va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.
|
“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari
|
2019-yil dekabr
|
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Matematika instituti
(Sh. Ayupov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
“El-yurt umidi” jamg‘armasi
(A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov)
|
28.
|
Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar bilan hamkorlikda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet va Matematika instituti negizida matematika bo‘yicha ilmiy-ta’lim markazini tashkil etish. Buning uchun:
xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish, qo‘shma tadqiqotlar va o‘quv modullari dasturini kelishish;
IHTga a’zo davlatlarda matematika fanini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida internet portal yaratilishini ta’minlash;
IHTga a’zo davlatlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori darajadagi qo‘shma tadqiqotlar rejasini ishlab chiqish.
|
Homiylar mablag‘lari
|
2019-yil dekabr
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov),
“El-yurt umidi” jamg‘armasi
(A. Bekmurodov),
Matematika instituti
(Sh. Ayupov)
|
29.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |