4. O’yinida to’pni olib qo’yish usullari.
- To’pni olib qo’yish usuli yordamida jamoaning qarshi hujumga o’tishi ta’minlanadi.
- To’pni urib chiqarish harakati to’p olib yurgan hujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt poylab hujumchiga yaqinlashadi, to’pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi.
- To’pni to’sish darvozaga yo’naltirilgan to’pga qarshilik ko’rsatishda qo’llaniladigan asosiy harakat hisoblanadi.
Yuqoridan, o’rta va pastdan kelayotgan to’pni bir va ikki qo’l bilan to’sish mumkin. To’pni to’sishni bajarayotgan himoyachi hujumchiga qanchalik yaqin bo’lsa, to’p yo’nalishini aniqlash shunchalik oson bo’ladi. Himoyachi to’pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, shuningdek to’pni kuzatish va to’p otayotgan o’yinchini o’z vaqtida to’xtatish uchun uning oldiga chiqishi lozim.
Sakragan holda otilgan to’pni to’sish raqib tomonidan ham sakrab amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |