Matematika va informatika


Download 1.38 Mb.
Sana04.11.2021
Hajmi1.38 Mb.
#170634
Bog'liq
Kompyuterga qo`shimcha yangi texnik qurilmalarni ulash


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

MATEMATIKA VA INFORMATIKA” O`QITISH METODIASI



1-KURS 8-20 GURUH TALABASI

MARDONQULOVA IRODANING

KOMPYUTER TA’MINOTI FANIDAN

KOMPYUTERGA QO`SHIMCHA YANGI TEXNIK QURILMALARNI ULASH” MAVZUSIDA



MUSTAQIL ISHI
MAVZU:KOMPYUTERGA QO`SHIMCHA YANGI TEXNIK QURILMALARNI ULASH

REJA:

  1. Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari va ularning ishlash prinsiplari

  2. Periferik qurilmalar va ularning vazifalari

Sichqoncha – ma’lumotlar kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator.

Skaner – qog’ozdagi ma’lumotni kompyuterga tasvirli yoki matnli ravishda kiritadi.

Modem – telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashish imkoniyatini va internet tarmog`iga ulanishga yordam beradi.

Plotter – turli tasvirni va grafiklarni bosmaga chiqarish qurilmasi.

Strajer – kompyuterning venchesteridagi ma’lumotlar nusxasini zaxiraga olish uchun mo`ljallangan qurilma bo`lib , ma’lumotlarni magnit lentali kassetaga (kartridjga) yozishga mo`ljallangan.

Kompakt disklar – 610 Mgbaytgacha ma’lumatlarni saqlay oladi. Ular asosan o`qish uchun ishlatiladi.

Trekbol – shar shaklidagi manipulyator. Kompyuter o`yinlarida foydalaniladi.

Tarmoq qurilmasi – bir necha kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirilib, kompyuter o`zi axborot almashish imkonini beruvchi qurilma.

Har bir qurilma – sistema blokida joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o`rnatiladi.



Kolonka - kompyuterdan tovushli (ovozli) film, musiqa, o`yinlar o`ynagan paytda o`yinning maxsus effektli tovushlarini eshitish, tovushli programmalarni, maxsus tovushli o’rgatuvchi fayllarni bizga eshittirish uchun yordam beradigan moslama.



Videoproyektor – kompyuter va shunga o`xshash namoyish vositalarining alohida qo`shimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda tasvirlash uchun mo`ljallangan.

Printer – (ing.chop qiluvchi) ma’lumotlarni qog`ozda chop qiluvchi qurilma.



Skaner – (ing.scaner-o`qib oluvchi) ma’lumotlarni nurli lampa yordamida rasmli ko`rinishda kompyuter xotirasiga o`qib oluvchi qurilma.

Periferik qurilmalar ham kompyuterning qo`shimcha qurilmalariga kiradi.



Periferik qurilma – bu komyuterga tashqi tomondan ulanib uning imkoniyatlarini kengaytiradigan qurilmalarga aytiladi. Periferik qurilmalar faqat qo`shimcha ishlarni amalga oshiradi. Periferik qurilmalar kompyuterga ma’lum bir portlar yoki simsiz ulanishi mumkin. Periferik qurilmalarning soni ko`pligi uchun , ular bir necha guruhlarga bo`lib o`rganiladi:

          • Kiritish qurilmalari – bu qurilmalar biror narsa (rasm, yozuv, komanda,video, ovoz)larni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Klaviaturani ham shu guruhga kiritish mumkin, lekin u periferik qurilma emasda. Bu guruhga quyidagi qurilmalar misol bo`la oladi:trekbol, skaner, raqamli fotoapparat, kodlovchi qurilma, shtrix-kodlarni o`quvchi qurilmalar,mikrofon,…

          • Chiqarish qurilmalari – biror narsa(rasm,matn,ovoz,…) ni kompyuterdan chiqarish uchun ishlatiladi.Bu guruhga quyidagilar misol bo`la oladi:printer, plotter, naushnik, kolonka,sambufer,…

          • Saqlash qurilmalari – bu qurilmalar ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Bu guruhga qo`shimcha qattiq disklar, CD-DVD disklar, fleshkalar, floppy disketalar, disk massivlari,…

          • Tarmoq qurilmalari – bu qurilmalar tarmoq qurish uchun ishlatiladi.Tarmoq topologiyalariga qarabbu qurilmalar tanlanadi. MIsol qilib, tashqi modem qurilmalari, tarmoq adapterlari,…

Modem va faks modemlar. Modem-telefon tarmog`i orqali kompyuter bilan aloqa qilish va internet tarmog`iga ulanish imkonini beruvchi qurilmadir.

Faks modem bu faksimil xabarlarni qabul qilish va jo`natish imkonini beruvchi modemdir.



O`zining tashqi ko`rinishi va o`rnatilishi joyiga qarab modemlar ichki va tashqi modemlarga bo`linadi.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling