“Tasdiqlayman”
SamDUning O’z-Fin Pedagogika instituti oʻquv ishlari boʻyicha direktor o’rinbosari: _________ A.X.Begmatov
_________________ 2022 –yil
60110600 - MATEMATIKA VA INFORMATIKA YOʻNALISHINING FANLAR KATALOGI
№
|
Fanning kodi
|
Fanning nomi
|
Fanning qisqacha tavsifi
|
Kredit
miqdori
|
Semestr
|
Professor-oʻqituvchilar: F.I.Sh., ilmiy unvoni va darajasi
|
Majburiy fanlar
|
1.01
|
MKI1126
|
Mutaxassislikka kirish
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni oliy ta’lim tizimiga tayyorlash, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim va oliy ta’limni uzviyligini ta’minlash, matematika va informatikaga oid umumiy qonun, qoida, atama va tushunchalarni takrorlash, to‘ldirish va qaytar aloqani ta’minlashga o‘rgatish.
Fanning vazifasi – talabani oliy ta’lim tizimiga moslashtirish, mustaqil ta’limga o‘rgatish va yo‘naltirish, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim va oliy ta’limni uzviyligini ta’minlash, matematika va informatikadagi boshlang‘ich tushunchalarni umumlashtirishdan iborat.
|
3/3
|
1-2 semestr
|
|
1.02
|
ASNM2118
ASNM2116
ASNM2117
|
Algebra va sonlar nazariyasi
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga algebraik tushunchalarni ilmiy asosda kiritish va o‘rgatish hamda ularning ko‘plab tatbiqlarini ochib berish orqali tabiat va jamiyat rivojidagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri tahlil qilishga asos solish, talabalarni ularga
avvaldan tanish bo‘lgan matematik nazariyalar, ayniqsa, chiziqli algebra, asosiy algebraik strukturalar, sonlar nazariyasi, bir o‘zgaruvchili va ko‘p o‘zgaruvchili ko‘phadlar nazariyalari, matematik mantiq va diskret matematika haqida ma’lumotlar berish, egallagan nazariy bilimlari asosida ularning mantiqiy va matematik
tafakkurini rivojlantirish, ѐzma va og‘zaki mantiqiy nutqini shakllantirishdir.
Fanning vazifasi − umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi matematika fani asosiy tushunchalarini ilmiy, nazariy chuqurlashtirish bilan birga uzviy ravishda kengaytirish, algebra va sonlar nazariyasining talabalar dunѐ qarashini shakllantirishdagi jamiyatni va borliqni o‘rganishdagi o‘rnini ochib berish, talabalarga
algebra va sonlar nazariyasi kursining nazariy asoslarini o‘rgatish, ularda algebra va sonlar nazariyasi kursini o‘zlashtirishlari uchun
zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, talabalarni algebra va sonlar nazariyasi kursi bilan tanishtirish, ularni o‘quv qo‘llanmalari va boshqa ilmiy adabiѐtlar bilan mustaqil ishlashga o‘rgatishdan iborat.
|
21
|
1,2,3,4,5,6 semestr
|
|
1.03
|
GeoM2117
GeoM2116
GeoM2117
|
Geometriya
|
Fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lajak o‘qituvchilarning haѐtiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geometrik tushuncha va munosabatlarni talabalar tomonidan ongli ravishda o‘zlashtirilishiga hamda haѐtga tatbiq eta olishga intilish, ularning kelajakdagi ish faoliyatida amaliy ahamiyat kasb etuvchi matematik
bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
va rivojlantirishdan iborat.
Fanning o‘qitishning vazifasi- talabalarni geometriyadan ma’lumot majmuasi bilan tanishtirishgina emas, balki talabalarni mantiqiy
fikrlash, teoremalarni amaliy masalalar yechishga qo‘llay bilish, shuningdek talabalarga ta’lim yo‘nalishlariga oid bilimlarni berish.
|
20
|
1,2,3,4,5,6 semestr
|
|
1.04
|
MatAnM2118
MatAnM2117
MatAnM2113
|
Matematik analiz
|
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda maktab, o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi matematika kursini ilmiy asoslarini o‘rgatish va uni samarali o‘qitish hamda hozirgi zamon matematikasini o‘rganish uchun yetarli matematik bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantirishdan iborat.
Fanni o‘qitishning vazifasi – umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari matematikasida kiritilgan matematik analizga taalluqli
tushunchalarni ilmiy asoslash; matematik analizga kirish, ketma-ketlik va funksiyaning limiti, uzluksiz funksiyalar va ularning xossalarini o‘rgatish;
bir va ko‘p o‘zgaruvchili funksiyaning differensial va integral hisobi va uning tatbiqlarini o‘rgatish;
-tatbiqiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan qatorlar nazariyasi bilan tanishtirish, Teylor va Fure qatorlarining funksiyalarni o‘rganishdagi muhim matematik apparat ekanligini uqtirish;
- ko‘p o‘zgaruvchili funksiyaning differensial hisobi, ikki va uch o‘lchovli integrallar, egri chiziqli integrallardan keyingi o‘qiladigan fanlar uchun kerakli hajmda bilimlar berish va ularning geometrik va fizik kattaliklarni o‘lchashdagi tatbiqini o‘rgatish;
- jaraѐn va hodisalarning matematik modeli bo‘lib xizmat qiladigan differensial tenglamalar, ularni yechish usullari va tatbiqlarini o‘rgatish.
- mantiqiy mulohaza va ilmiy-adabiy nutqni rivojlantirishdan iborat.
|
19
|
1,2,3,4,5 semestr
|
|
1.05
|
PsixM1008
|
Umumiy psixologiya
|
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda psixologiya fani, psixika, shaxs, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individual-xususiyatlarga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir, hamda bo’lajak pedagog mutaxassislar tamonidan psixik taraqqiyot qonuniyatlari, davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy bilimning o’zgartirilishini tashkil etishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga psixologiyaning mohiyati, psixika va ong tushunchalari, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar, psixik rivojlanish va uning o’ziga xos xususiyatlari, yosh davrlari tasnifi, psixik taraqqiyotning turli bosqichlari uchun xos psixofiziologik va psixologik xususiyatlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
|
4/4
|
1,2 semestr
|
|
1.06
|
PEDVM4786
|
Pedagogik dasturiy vositalar
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga pedagogik dasturiy vositalar va ularni yaratish bo‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, pedagogik dasturiy vositalarning asosiy tushunchalari va turlari, pedagogik dasturiy vositalarga qo‘yiladigan talablar hamda pedagogik dasturiy vositalarni yaratuvchi dasturlar bilan ishlash malaka va ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - pedagogik dasturiy vositalar va ularning turlari, pedagogik-dasturiy vositalar yaratish tamoyillari, pedagogik-dasturiy vositalar ssenariysini yaratish texnologiyasi, pedagogik dasturiy vositalarda o‘quv faoliyatni boshqarish, dasturlash tillarida pedagogik-dasturiy vositalar yaratish texnologiyasi, namoyish etuvchi, nazorat qiluvchi, o‘rgatuvchi dasturlar, dasturiy vositalarning didaktik imkoniyatlari, pedagogik dasturiy vositalarni yaratishning texnik vositalari, elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanmasi, elektron o‘quv materiallarini yaratish dasturlarida ishlashni, pedagogik dasturiy vositalar bilan ishlash, pedagogik-dasturiy vositalar yaratish, avtomatlashgan o‘rgatuvchi tizimlarda ishlash, elektron o‘quv materiallarini yaratish dasturlarida ishlash, zamonaviy dasturlash tillari asosida elektron o‘quv materiallarini yaratishga oid nazariy va amaliy bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat
|
7/8
|
3/4 semestr
|
|
1.07
|
IRTMM2107
|
Informatika va raqamli texnologiyalar
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda kasbiy faoliyatlarida uchraydigan turli masalalarni hal qilishda informatika va raqamli texnologiyalarning nazariy va amaliy asoslaridan foydalanish haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari, axborot, uning turlari, xususiyatlari va o‘lchov birliklari, axborotlashgan jamiyat, axboriy madaniyat, jamiyat va ta’limning axborotlashtirilishi, kompyuterlarning axboriy-mantiqiy va arifmetik asoslari, elektron hukumat, elektron raqamli imzo, elektron tijorat va raqamli texnologiyalar, virtual borliq, bulutli texnologiyalar, blokcheyn va raqamli media marketing haqida nazariy va amaliy bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat
|
4/3
|
3-4 semestr
|
|
1.08
|
UmPed2008
|
Umumiy pedagogika
|
Umumiy pedagogika fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari; pedagogikaning ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik fikrlarning rivojlanish taraqqiyoti, o‘quv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo‘yilgan zamonaviy talablar; ta’lim oluvchilar shaxsini rivojlantirish omillari, yosh davrlarining o‘ziga xosliklari; yaxlit o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish; tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari; pedagogik menejmentning mohiyati va o‘ziga xosliklari, korreksion pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari; pedagogik terminologiyani bilishi kerak.
|
4/4
|
3,4 semestr
|
|
1.09
|
KTAM2003
|
Kompyuter ta’minoti
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga kasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan bilimlar va amalda qo‘llash uchun ko‘nikma va malakalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo‘lgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Fanning vazifasi – talabalarga kompyuter texnikasi, arxitekturasi tushunchasi, ishlash prinsiplari, asosiy texnik vositalari bilan tanishish;
- mikroprosessorlar, ularning turlari, vazifalari, imkoniyatlari, ahamiyati, ulardan foydalanishni o‘zlashtirish;
- sistemali dasturlash va uning asosiy vazifalari, kompyuter resurslari, operatsion sistemalar, operatsion sistemalarning rivojlanishi va asosiy funksiyalari, operatsion sistema tarkibi: ichki (o‘rnatilgan) va tashqi (utilit–dasturlar), operatsion sistema buyruqlari, tarmoq operatsion sistemalari, zamonaviy operatsion sistemalar, amaliy dasturiy ta’minot, matnlar, grafik va tovushli axborotlar bilan ishlash sistemalari, zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari, jadval prosessorlar, integrallashgan dasturiy vositalarni ishlatish asoslarini bilish mohiyatlarini ilmiy talqin etish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iborat.
|
1
|
3 semestr
|
|
1.10
|
O’EYaTT1004
|
O’zbekistonning eng yangi tarixi
|
O'zbekistonning eng yangi tarixi to’g’risidagi bilimlar talabalarda mamlakatimizni mustaqillik davrida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar mohiyatini chuqur singdirish, mazkur jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari, sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularni ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish, ma'naviy-ma'rifiy tafakkurini yuksaltirish, ajdodlar an'analariga sadoqat, milliy o'zlikni anglash asosiy maqsad qilib belgilanadi. Fanning predmetini– O’zbekistonda mustaqillikdan keyingi davrdagi ijtimoiy,
iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda siyosiy sohalarda amalga oshirilgan islohotlar va ularning mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati tashkil etadi.
|
2
|
4
|
|
1.11
|
InkT.GP304
|
Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika
|
Fanning ukitishdan maqsad - talabalarda alohida yordamga muxtoj bulgan va soglom bolalar o‘rtasidagi tusikni bartaraf etish, maxsus ta’limga muxtoj bolalar va o‘smirlar extiyojini kondirish va ijtimoiy xayotga moslashiga yo’naltirilgan hamda umumta’lim jarayoniga to‘laqonli jalb qilish, qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimi bilan tanishtirish bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Fanining vazifasi - talabalarga inklyuziv ta’lim fani nazariyasi hamda uni tashkil etish va amaliyotga joriy qilishni o‘rgatishdan iborat.
|
4
|
4 semestr
|
|
1.12
|
ZDTMM2404
ZDTMM3505
|
Zamonaviy dasturlash tillari
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda kasbiy faoliyatlarida uchraydigan turli masalalarni hal qilishda zamonaviy dasturlash tillarining nazariy va amaliy asoslaridan foydalanish haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, ko‘nikma va malakalarni shakllantiirishdan iborat.
Fanning vazifasi–mamlakatimizda axborot kommunikatsiya-texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirish asosida talaba-yoshlarda dasturlash tillari, IT sohasida innovatsion g‘oyalarni yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarining nazariy asoslarini bilish, ob’ektga yo‘naltirilgan muhitlarda xabarlarni uzatish, ularga ishlov berish, ob’ektlar iyerarxiyasi asosida dasturlarni loyihalash, muayyan ob’ektga yo‘naltirilgan muhitlarda chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi va modulli dasturlar tuza olish, loyihalash va ulardan foydalana olish, masalalarni tahlil qila olish, masalalarga mos tuzilgan dastur va natijalarni taqqoslay olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lish talab etiladi.
|
4/5
|
4-5 semestr
|
|
1.13
|
MOW610
|
Matematika o‘qitish metodikasi
|
“Matematika o’qitish metodikasi” kursi bo’lajak matematika o’qituvchilarini kasbiy tayyorlashda asosiy kurslardan biridir. U talabalarga matematika o’qitishning asosiy tamoyillari, usullari, usullari, vazifalari hamda fanlararo aloqadorliklarni o’rgatadi. Fanning asosiy maqsadlari bo`lajak matematika o`qituvchisining kasbiy tayyorgarligini shakllantirish va rivojlantirish, shuningdek, metodik mahorat va malakani shakllantirishdan iborat.
“Matematika o‘qitish metodikasi” fanining vazifalari o‘quvchilarga olingan bilim va ko‘nikmalarni umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish amaliyotida qo‘llash yo‘llarini o‘rgatish, o‘quvchilarga umumiy fan bo‘yicha asosiy nazariy ma’lumotlarni tushuntirishdan iborat. va matematika o‘qitishning alohida masalalari va ularni amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida ishlab chiqish, uslubiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish, matematik qobiliyatlarning mantiqiy, algoritmik va geometrik komponentlarini, matematik nutqni rivojlantirish.
|
6/4
|
5,6 semestr
|
|
1.14
|
ENvMSM2604
|
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda o‘rta–maxsus ta’lim muassasalaridagi ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika
kursini ilmiy asoslash va uni samarali o‘qitish uchun yetarli matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – o‘rta-maxsus ta’lim va akademik litsey muassasalari matematikasida ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistikaga taalluqli tushunchalarni ilmiy asoslash, ehtimolliklar
nazariyasiga kirish, elementar va tasodifiy hodisalar, ehtimollikning klassik, geometrik, statistik ta’riflarini o‘rgatish, ehtimollikning
xossalari o‘rgatish, tasodifiy miqdorlar va uning sonli xarakteristikalarini o‘rgatish, matematik statistika elementlari bilan tanishtirish, mantiqiy-matematik mulohaza yuritishga o‘quvchilarni
o‘rgatishdan iborat.
|
4
|
6 semestr
|
|
1.15
|
FN2406
|
Funksiyalar nazariyasi
|
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda matematik analizning uzviy dabomi bo‘lgan haqiqiy va kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi asoslarini o‘rgatish va hozirgi zamon matematikasini o‘rganish uchun yetarli matematik bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantirishdan iborat.
Fanni o‘qitishning vazifasi –matematik analizda kiritilgan tushunchalarni umumlashtirish; to‘plamning quvvati, sonlar o‘qidagi ochiq va ѐpiq to‘plamlarning tuzilishi, uzluksiz funksiya va chiziqlar, to‘plamning Jordan, Lebeg o‘lchovlari, Stiltes va Lebeg integrallari; kompleks o‘zgaruvchili funksiyaning uzluksizligi, hosilasi, integrali, analitik funksiyani Teylor va Loran qatorlariga ѐyish, chegirmalar va ularning tatbiqlarini o‘rgatish; mantiqiy mulohaza va ilmiy-adabiy nutqni rivojlantirishdan iborat.
|
6
|
6 semestr
|
|
1.16
|
HZM4004
|
Fizika
|
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni, ularda fizikaga oid tushunchalarni, tabiat hodisalari to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlarni, fizik jismlari vaular sisitemalarining fizik tabiatlari haqidagi bilim va tushunchalar bilan boyitishni, fizikaning nazariy va amaliy ahamiyatlarini shakllantirish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. Fizikada mexanika, molekular fizika va termodinamika, elektr va magnetizm, optika va atom yadro va elementar zarralar fizikasi ularning tushunchalari va tabiatda ro‘y berayotgan fizik jarayonlar o‘rganiladi. Shuningdek, talabalarga mexanika, molekular fizika va termodinamika, elektr va magnetizm, optika va atom yadro va elementar zarralar fizikasiga oid voqea va hodisalar, jarayonlarni o‘rganish va ulardan olingan bilimlarga tayangan holda ta’lim berish tushuntiriladi.
Fanning vazifasi - talabalarga fizik tushunchalar, fizik hodisa, jaryonlarni o‘rganish, fizikaga oid masalalar yechish, taxdil qilish va ularning tizimlarida kechadigan barcha jarayon va hodisalarning fizik mohiyatlarini ilmiy talqin etish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iborat.
|
4
|
7 semestr
|
|
1.17
|
MT2023
|
Matematika tarixi
|
Matematika tarixi matematikani rivojlanish tarixini, bunda xalqlarning, alohida olimlarning va olimlar kollektivining fan taraqqiyotiga qo’shgan hissalarini o’rganishni, matematik tushunchalarni, qonunlarni paydo bo’lish va ularning fandagi va hayotdagi rolini o’rganish bilan shug‘ullanadi.
|
3
|
7
|
|
1.18
|
IOMM4788
|
Informatika o‘qitish metodikasi
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini Informatika fanlarini o‘qitish, kasbiy faoliyatlarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, informatikadan turli shakldagi sinf, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazishga tayyorlash, ta’lim-tarbiya sohasini axborotlashtirish yo‘llari va istiqbollari haqidagi tassavvurlarini rivojlashtirish va chuqurlashtirish, informatika o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va makalalarni shaklantirishdan iborat.
|
4/4
|
7/8 semestr
|
|
1.19
|
KGWM4788
|
Kompyuter grafikasi va web dizayn
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarning kasbiy sohasida uchraydigan kompyuter grafikasi va uning turlari bilan ishlash hamdan Web sahifalar dizaynini yaratish yo‘llarini o‘rgatish, bo‘lajak fan o‘qituvchisi sifatida mutaxassis bo‘lib yetishi uchun yetarlicha bilimlar berishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga kompyuter grafikasi haqida ma’lumotlar berish, har bir insonning hayotida va jamiyat rivojlanishida axborot texnologiyalarning rolini ko‘rsatish, kompyuter grafikasidan turli faoliyat sohalarida foydalanishni ochib berish, Web dizayn elementlari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, Web sayt dizaynini ishlab chiqish yo‘llari haqida bilimlarni berishdan iborat.
|
4/4
|
7/8 semestr
|
|
1.20
|
EleMatM2706
|
Matematikadai misol va masalalar yechish metodikasi
|
Bu fan matematikaning arifmetika, algebra va trigonometriya bo’imlarini qamrab olgandir. Fanning maqsadi talabalarning matematikadan
olgan nazariy bilimlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari matematikasi kurslari mazmuni bilan bog’ash, ularda misol va masalalar yechish malakasini takomillashtirish hamda rivojlantirishdan iborat.
|
3/5
|
7,8 semestr
|
|
1.21
|
AXAM4805
|
Axborot xavfsizligi
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak matematika va informatika o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan axborot xavfsizligi va kriptografiya bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan axborot xavfsizligi va unga tahdid soluvchi sabablar haqidagi tassavurlarini rivojlantirish, axborot tizimlari va himoyalangan axborot tizimlari haqidagi tushunchalarni, axborot xavfsizligini ta’minlovchi standartlar, axborot xavfsizligini ta’minlovchi modellar, axborotni himoyalash usulari, axborot tizimlarini xavfsizligini ta’minlovchi dasturiy va texnik vositalar, operatsion tizim himoya vositalari, elektron pochta va internetda xavfsizlik haqida nazariy va amaliy ahamiyatlarini shakllantirish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – fan bo‘yicha talabalarga nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar: axborot xavfsizligi va unga tahdid soluvchi sabablar haqidagi tassavurlarini rivojlantirish, axborot tizimlari va himoyalangan axborot tizimlari haqidagi tushunlarlarni, axborot xavfsizligini ta’minlovchi standartlar va modellar haqidagi bilimlarni, axborotni himoyalash va himoyalanish usullaridan qanday foydalanish haqida bilimlarni berish vazifasini bajaradi.
|
5
|
8 semestr
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |