Matematika va kompyuter ilmlari


INSERT - jadvalgay yangi berilganlarni qo'shish; UPDATE


Download 56.97 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi56.97 Kb.
#1010439
1   2   3   4
Bog'liq
BBBT Yuldosheva N 020-201

INSERT - jadvalgay yangi berilganlarni qo'shish;
UPDATE - jadvaldagi qiymatlarni o'zgartirish;
DELETE - jadvaldagi satrlarni o'chirish.


YANGI BERILGANLARNI JADVALGA QO'SHISH


INSERT operatorni ikkita shakli bor. Birinchisi shakl faqat bitta satrni qo'shish uchun mo'ljallangan. Bu shaklni sintaksisi quyidagicha:


::= INSERT INTO
[( )] VALUES ()

Bu yerda, bazadagi jadval yoki yangilanuvchi tasavvur (viewer) nomi, vergul bilan ajratilgan ustunlar nomidan iborat. Agarda ustunlar ko'rsatilmasa, barcha ustunlarni qiymati beriladi deb hisoblanadi, ularning ketma-ketligi jadval tuzilishidagi ketma-ketlik kabi bo'ladi. Agar ro'yxat ko'rsatilsa, unga kirmagan ustunlarni qiymati NULLga yoki jadval tuzishda berilgan oshkormas qiymatga teng bo’ladi.


quyidagicha mos kelishi
kerak:

  • Ikkala ro'yxatdagi elementlar soni bir xil bo'lishi;

  • qiymatlar mos ustunlarga aniq tushishi;

  • berilganlar turi ustunlar turiga to'g'ri kelishi.

Misol:

INSERT INTO talaba (familiya, ismi, sharifi, tug_yil, jinsi)

VALUES (‘Botirov’, ‘Rustam’, ‘Anvarovich’, ‘1954’, ‘erkak’)


Operatorning ikkinchi shakli boshqa jadvardan yoki so’rov qismidan satrlarni nusxalash uchun qo’llanadi:




::= INSERT INTO
[(

Misol:

I-kursga kirgan abituriyentlar talaba jadvaliga qo’shilsin

INSERT INTO talaba


SELECT * FROM talaba 1 kurs


BERILGANLARNI O’ZGARTIRISH

Berilganlarni o’zgartirish uchun UPDATE operatori ishlatiladi, uning sintaksisi quyidagicha:




::= UPDATE SET { = } [,...][][where bo’limi]

Bu yerdagi ustun nomi, o'zgaftirish kiritilayotgan jadvalning ustunlaridan iborat. Qiymat bu skalyar ifoda bo’lib, yangi qiymatni bildiradi, bu ifodada o'zgarmaslardan tashqari ustunlarning nomi ham qatnashishi mumkin. Agarda mavjud bo’lsa, u holda qiymat ifodasida FROM konstruksiyasida ko'rsatilgan jadvallarning ustunlari qatnashishi mumkin. Agarda WHERE konstruksiyasi bo’lmasa, barcha satrlarni qiymatlari o'zgaradi, aks holda tanlangan satrlar ustunlari o’zgaradi.


Misollar:


1. Talabalar stipendiyasi 1,2 marta oshirilsin:


UPDATE talaba


SET stipendiya = stipendiya * 1.2

2. 2000-yildan oldin tug'ilgan talabalarning vazni 1,5 martaga oshirilsin:


UPDATE talaba


SET og’irligi = og’irligi * 1.5
WHERE tug_yil<2000

3. O’qishga kirgan talabalarning tug’ilgan shahri talaba I-kurs jadvaldan olinsin:


UPDATE talaba


SET tug-shahri=a. tug-shahri
FROM talaba t INNER JOIN talaba1kurs a ON
t.id_talaba=a.id_talaba

4. 1 raqamli fakultetdagi, 2-kurs rus guruhi talabalarining stipendiyasi hisoblansin.


UPDATE talaba


SET stipendiya=514000*p.stip_turi
FROM talaba t INNER JOIN prikaz p
ON t.id_talaba=p.id_talaba
WHERE p.id_fak=1 AND p.kurs=2 AND
p.yaz='rus’ AND ykuv_yi1=2022


SATRLARNI O'CHIRISH

Satrlarni o’chirish uchun quyidagi knstruksiya ishlatiladi:




::= DELETE [FROM]
[][where bo’limi]


WHERE konstruksiyasida o’chirish kerak bo'lgan satrlar tanlanadi. Agar ko’rsatilsa, u holda shu konstruksiyada ko'rsatilgan jadvallarning satrlariga mos bo’lgan satrlar o’chiriladi.

Misollar:


a) 2002-yildan avval tug’ilgan talabalar o’chirilsin.


DELETE talaba


WHERE tug-yi1<2002

b) Toshkent viloyatidagi shaharlardan kelgan talabalar o’chirilsin:


DELETE FROM talaba


WHERE tug_shahar IN
(SELECT shahar_nomi
FROM shaharlar
WHERE vil_nomi='Tashkent viloyati');

c) 1- raqamli fakultetning, 4 -kurs rus guruh talabalari o’chirilsin.


DELETE talaba


FROM talaba t INNER JOIN prikaz p ON
t.id_talaba=p.id_talaba
WHERE p.id_fak=1 AND p.kurs=4 AND p.yaz='rus'
AND ukuv-yi1=2022

SQL TILINI RELATSION TO’LIQLIGI


SQL tilini relatsion to'liqligini isbotlash uchun relatsion amali SQL operatori orqali yozish imkoniyati mavjud bo'lishi kerak. Quyidagi operatorlarda shu imkoniyatlar keltirilgan.





Download 56.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling