Matematika va kompyuter ilmlari


Download 56.97 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi56.97 Kb.
#1010439
  1   2   3   4
Bog'liq
BBBT Yuldosheva N 020-201



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
“MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI” FAKULTETI
“AMALIY MATEMATIKA” YO’NALISHI
“BERILGANLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI”
FANIDAN YOZGAN

MUSTAQIL ISHI




MAVZU: BERILGANLAR BAZASI USTIDA ISHLOVLAR

Bajardi: 020-201 guruh talabasi


Yuldosheva Nargiza

Qabul qildi: S.Ortiqov


BERILGANLAR BAZASI USTIDA ISHLOVLAR
REJA:

  1. Berilganlar bazasi tushunchasi.




  1. Yangi berilganlarni jadvalga qo’shish.




  1. Berilganlarni o’zgartirish.




  1. Satrlarni o’chirish.




  1. SQL tilini relatsion to’liqligi.

Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar



KIRISH

Hozirgi kunda inson xayotida Berilganlar bazasida kеrakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muxim rol o’ynaydi. Sababi jamiyat taraqqiyotining qaysi jabxasiga nazar solmaylik o`zimizga kеrakli ma'lumotlarni olish uchun albatta, BBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, BBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Ma'lumki, BB tushunchasi fanga kirib kеlgunga qadar, ma'lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma'lumotlarni shunday tashkil qilar edilarki u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi.


Har bir yangi masalani xal qilishda ma'lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu xol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Biz foydalanadigan axborot hajmi kattalashib borgan sari uni boshqarish murakkablashib boraveradi. Savol kelib chiqishi tabiiyki, qanday qilib internet tarmog’idagi qidiruv saytlari biz qidirgan axborotni sekundlar ichida minglab muqobillari bilan birga topib beradi? Qanday qilib normativ-huquqiy hujjatlar to`plamidan iborat elektron axborot tizimlari bizning so`rovga mos hujjatlarni bir lahzada topib beradi? Javob oddiy, bularning hammasi berilganlar bazasini boshqarish tizimlari (keyingi o`rinlarda BBBT) orqali amalga oshiriladi. BBBT uchun ko`p dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan, misol uchun SQL Server, Oracle, MySQL, MS Access va h.k.
BERILGANLAR BAZASI TUSHUNCHASI

Baza bu – ishlov berilmagan elementlar bo`lib, ularning ichiga matn, son, tasvir, audio va videolar kirishi mumkin. Masalan, matn klaviaturada kiritiladi, ovoz kompyuter mikrofoni orqali, fototasvirlar raqamli kamera, video va uning ovozi esa raqamli videokamera orqali yoziladi hamda kompyuterning xotirasiga saqlanadi.


Ma’lumotlar deb, ma’lum bir shaklda qayd qilingan, qayta ishlash, saqlash va uzatish uchun yaroqli xabarga aytiladi.
Ma’lumotlar bazasi deb, kompyuter xotirasida saqlanadigan bir-biriga bog’liq bo’lgan bir predmet sohadagi ma’lumotlarning to’plamidir. Ushbu ta’rifdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi.
Kompyuterlar axborotlarni ma’lumotlar bazasi asosida ishlov beradi. Masalan, universitetning ma’lumotlar bazasi deganda, o`quv xonalari, o`quv fanlari, o`quv soatlari, o`qituvchilar va talabalar haqidagi ma’lumotlarni o`z ichiga oluvchi baza tushuniladi. Talaba darsga kelganda, bazani boshqaruvchi maxsus xodim. Kompyuterga bir nechta elementlar kiritib, uni darsga kirishiga ruxsat beradi. Maxsus xodim undan tashqari talabaning fototasvirini Kompyuterga kiritish uchun raqamli kameradan ham foydalanadi. Kompyuterning asosiy xotira qurimasi qattiq disk (HHD)da saqlanadi. Keyin esa kompyuter yangi ishlov berilgan talaba haqidagi ma’lumotni chop etish uchun printerga yuboradi. Talabaning ID raqami shaxsini tasdiqlovchi hujjati yakunlangandan keyin ma’lumotlar bazasini boshqarish dasturiy ta’minoti yordamida diskning magnit yo`lagida kodirovka qilinadi. Ushbu dastur berilganlar bazasini boshqarish tizimi (BBBT) deyiladi. Ushbu dasturda ma’lumotlarni qo`shish, modifikatsiya qilish, bazadan ularni o`chirish, ma’lumotlar bazasi bo`yicha shakl (forma) va hisobot (otchet) tayyorlash mumkin bo`ladi. Bu dasturning yangi versiyalari va ularning afzallik jihatlarini quyida keltirib o`tilgan.
O’zaro bog’langan to’plamni tushunamizki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma’lumotlarni bazasini boshqarish tizimi to’ldirilishi, o’zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin.


MA’LUMOTLAR BAZASINING MODELLARI TURLARI

BB bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bulishi mumkin. Har qanday modelga o’zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi ob’ekt sifatida karash mumkin. Shunday ob’ekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo’ladi. BB modellarining uchta asosiy turlari mavjud:



  • Relyatsion model;

  • Ierarxik model;

  • Semantik model.

Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so`zidan olingan) modelda ma’lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi kismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u ikki o’lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo’ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o`zaro bog’langan to`plamidan iborat.
BBning ierarxik modeli pastki pog’onadagi yuqori pog’onadagiga bo’ysunish tartibida joylashgan elementlar to’plamidan iborat bo’ladi va ag’darilgan daraxt (graf) ni tashkil etadi. Ushbu model satx, tugun, bog’lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, quyi satxdagi bir necha tugunlar bog’lanish yordamida yuqoriroq satxdagi bitta tugun bilan bog’langan bo’ladi. Tugun - bu ierarxiyaning berilgan satxida joylashgan elementning axborot modelidir.
BBning semantik tarmoq modeli ierarxik modelga o’xshashdir. U ham tugun, satx, bog’lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq modelida turli satxdagi elementlar orqali “erkin”, ya’ni “har biri hamma bilan” ma’noli bog’lanish qabul qilingan.
Ko`pchilik BBlar jadval tuzilmasiga ega. Unda ma’lumotlar adresi satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi. BBda ustunlar - maydonlar, satrlar esa yozuvlar deb ataladi. Maydonlar BBning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma’lumotlarni tashkil etadi.
MA’LUMOTLAR BAZASINING ARXITEKTURASI

BB alohida olingan modullardan tashkil topgan. BB boshqarish bloki disklardagi ma'lumotlar bilan foydalanuvchi dasturi va tizimning so`rovi (guery) orasidagi intеrfеysni aniqlaydi. Modullar quyidagicha:


Fayl mеnеdjеri - ma'lumotlar to`zilmasi bilan disklar o`rtasidagi bog`lanishni boshqaradi.
Guery - prosеssor ingliz tilida yozilgan guery gaplarini MB ni boshqarish bloki tushunadigan tilga o`tkazadi.
Prеkompilyator DML (Data Manipulation Language) ma'lumotlar bilan manipulyatsiya qiladigan til bo`lib, u quyidagi opеratsiyalarga javob bеradi:
1. BBdan ma'lumotlarni ajratib olish,
2. BBga ma'lumotlarni kiritish,
3. BBdan ma'lumotlarni olib tashlash,
4. BBni modifikatsiya (o`zgartirishlar) qilish.
Kompilyator DDL (Dala Definition Language) - BB tilini, uning tuzilmasini va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. BBning tuzilmasi ko`pincha jadval shaklida bo`ladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi vaqtda dеyarli barcha BBlar asosan rеlyatsion modеllar asosida tashkil qilinmoqda. Shuni nazarda tutgan Microsoft Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dastur vositalarga ega, bu dastur vositalari ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi profеssional xujjatlar tayyorlash imkonini bеradi. Shulardan biri BBlar bilan ishlashga mo`ljallangan Microsoft Access dasturi bo`lib, bu dastur Visual Basic for Application dasturlash muhitida makroslar yaratish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga egaki. bu foydalanuvchiga xar tomonlama mukammal bo`lgan xujjatlar tayyorlashga yordam beradi.
Jadvaldagi berilganlarni o'zgartirish uchun uchta operatorni qo'llash mumkin:

Download 56.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling