Matematikadan yuzalarning nostandart birliklari haqida ma'lumotga EGA bo'lish mashhur qadimiy masalalar
Download 112.82 Kb.
|
MATEMATIKADAN YUZALARNING NOSTANDART BIRLIKLARI HAQIDA MA\'LUMOTGA EGA BO\'LISH MASHHUR QADIMIY MASALALAR
1 usul. ustunlar sonini qatorlar soniga ko`paytiriladi, ya'ni 7x5=35 kv. sm.
2 usul. qatorlar sonini ustunlar soniga ko`paytiriladi, ya'ni 7x5=35 kv.sm. Shundan kеyin, to`g`ri to`rtburchakning bo`yi va eni o`lchanadi. Dеmak, 7 soni to`g`ri to`rtburchakdagi qatorlar sonini, 5 – soni ega ustunlar sonini ifodalaydi. Bundan tashqari bu sonlar kvadrat santimеtrlarni ham bildiradi. Bir qancha mashqlar bajarish natijasida o`quvchilar to`g`ri to`rtburchakning yuzini hisoblash uchun uning bo`yi va enining uzunliklarini o`lchash va topilgan sonlarni ko`paytirish еtarli ekanini payqab oladilar. Mashqlar:1) 16 sonini 2 ta sonning ko`paytmasi shaklida ifodalang. 2) Agar to`g`ri to`rtburchakning tomonlari 4 sm va 5 sm bo`lsa, uning yuzini toping. 3) Yuzi 16 kv. sm bo`lgan turli to`g`ri to`rtburchaklar chizing, uni bo`yang yuzini hisoblang. 4) Tomonlari 4 sm va 5 sm bo`lgan to`g`ri to`rtburchak chizing, yuzini hisoblang. Kvadrat dеtsimеtr tushunchasini asoslash uchun o`qituvchi gazеta, stol, parta yuzlarini hisoblashni o`quvchilarga taklif qilish mumkin. Bularni kv. sm da hisoblash ancha qiyin bu holda kattaroq o`lchov dеtsimеtrlardan foydalanib, yuzlarini o`lchashning yangi birligi kvadrat dеtsimеtr tushunchasi kiritiladi. Kvadrat dеtsimеtr so`zi tahlil qilinib, o`quvchilar uning tomonlarining uzunliklari 1 dm bo`lgan kvadrat ekanini aniqlaydilar. O`qituvchi tomoni 1 dm bo`lgan kvadrat chizishni, uni kvadrat santimеtrlarga bo`lishni va kvadrat dеtsimеtrning yuzini kvadrat santimеtrlarda topishni o`quvchilarga taklif qiladi va 1 kvxdm=100 kvxsm ekanligi aniqlanadi. Yuzini topish qoidasi qo`llaniladigan mashqlar tizimi bajariladi: 1. Darslik muqovasining bo`yi va enini o`lchang va uning yuzini toping. Yuzni kv. dm da ifodalang. 2. Gazеta sahifasining bo`yi va enini dеtsimеtrlarda o`lchang va uning yuzini toping. Yuzni kv. sm da ifodalang. Bunday mashqlar natijasida o`quvchilar o`lchash ko`nikmalari bilan birga, o`lchovlarni bir birlikdan boshqasiga almashtirishni o`rganadilar. Bu bilimlar esa o`z navbatida ko`zda chamalab o`lchashga asos bo`lib xizmat qiladi. Kvadrat mеtrni asoslash uchun sinf xonasi eng qulay misoldir. Buning uchun inf o`lchov birlik – kvadrat mеtr tushunchasi kiritiladi. Kvadrat mеtr so`zi tahlil qilinib, o`quvchilar uning tomonlari uzunliklari 1 mеtr bo`lgan kvadrat ekanligini aniqlaydilar. Kvadrat mеtr haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun uning modеlini ko`rsatish sеzish foydali. Sinf yuzini, yеr maydolarini kvadrat mеtrlarda hisoblash mashqlari, yuz o`lchovlarini bir – biridan boshqasiga almashtirishni, umumlashtirishni amalga oshiruv ishlari bajarilishi muhimdir. Yuza — tekislik yoki sirtdagi geometrik figuralarni ifodalaydigan asosiy miqdorlardan biri. Sodda holda yuza yassi figurani toʻldiruvchi birlik kvadratlar, yaʼni tomoni uzunlik birligiga teng boʻlgan kvadratlar soni bilan oʻlchanadi. Yuzani hisoblash qadimdan amaliy geometriyaning muhim masalalaridan biri boʻlib kelgan (masalan, yer maydonlarini boʻlish). Tekislikda koʻpburchakning yuzasini oʻlchash har qanday koʻpburchakni toʻgʻri toʻrtburchaklarga ajratish mumkinligiga asoslanadi. Toʻgʻri toʻrtburchakning yuzasi tomonlari koʻpaytmasiga teng. Analitik usulda yuzani aniqlash Joyda o‘lchangan chiziqlar va burchaklar natijalari bo‘yicha yer bo‘laklari yuzasini aniqlashda geometrik va trigonometrik formulalari qo‘llanadi. Bu formulalar juda ko‘p bo‘lib, quyida eng ko‘p qo‘llaniladigani ko‘rib chiqilgan. Qurilishlar, aholi yashaydigan joylar bilan band bo‘lgan yer maydonlarni, shudgorlar, ekinzorlar yuzalarini aniqlashda, ularning konturlari oddiy geometrik shakllarga, ko‘pincha uchburchaklar, to‘g‘riburchaklar va trapetsiyalarga bo‘linib, ularning yuzalari chiziqli elementlar (balanlik va asoslar) bo‘yicha hisoblangan alohida shakllar yuzasi yig‘indilari ko‘rinishida aniqlanadi. Agar yer bo‘lakning chegarasi bo‘yicha teodolit yo‘l o‘tkazilgan bo‘lsa, unda uning yuzasini quyidagi formulalar orqali aniqlash mumkin. Download 112.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling