Material assartimentini o`rganish
Materialni tanlash va asoslash
Download 444.08 Kb.
|
dildora
Materialni tanlash va asoslash
Erkaklar paltosi ko’p qavatli tikuv buyumlari turiga kiradi. Uning tashqi ko’rinishi iste’molchi va ekspyutatsion xususiyatlari ko’p jihatdan qo’llaniladigan gazlamalar xususiyatiga bog’liq. Erkaklar va erkaklar paltolarini loyihalashda gazlamalarning fizik-mehanik, gigiyenik va estetik xususiyatlari hisobiga olinishi lozim. Paltolik gazlamalarga qo’yiladigan asosiy talablar zamonaviy moda yo’nalishiga javob berish, uzoq vaqt davomida tashqi omillarga qarshilik ko’rsatish va issiqlikni saqlash xususiyatlari yuqori bo’lishidir. Erkaklar paltosining paketi ikki va bir nechta qavatdan iborat bo’lib : avralik gazlama va astar, avralik gazlama, astar va qotirma, avralik gazlama, isituvchi qatlam va astardan iboratdir. Shuning uchun gazlamalar paketini tasdiqlashda erkaklar paltosiga qo’yiladigan talablar hisobga olinadi. Masalan, qishki paltolarda mavsumiy paltolarga qaraganda yuza zichligi va qalinligi kamroq bo’lishi kerak, chunki qishki paltolarda issiqlikni saqlash vazifasi isituvchi qatlam bajradi. Palto tikish uchun jun,yarim jun va ip gazlamalar ishlatiladi.Paltolik gazlamalar ko`pincha aralash tilali bo`lib ,ularning tarkibida kimyoviy tolalar ham bo`ladi.Paltolik gazlamalartayyorlaydigan aralash molar tarkibiga sintetik tolalar qo`shilishi gazlamalarning mustaxkamligini va chidamliligini oshiradi.Lekin bunday gazlamalar qator kamchiliklarga ega,gazlamalarni kirishtirib dazmollash qiyin yuqori harakatga chidamliligi past bo`lganni uchun namlab-isitib ishlov berishda qiyinchiliklar tug`diradi.Mashina choklarini bajarishda gazlamalardan tortilish hosil bo`ladi.yuqori harorat ta’sirida gazlama rangi o`zgaradi,dog`lar paydo bo`lishi mumkin.Bunday kamchilikni yo`qotish uchun buyumni tikish jarayonida to`g`ri texnologik rejimlarni tanlash kerak. Kamvol palto gazlamalarining assortimenti ancha cheklangan.Bular jumlasiga klassik ‘gabardin’ nomli gazlama ,kreplar va plashlik gazlamalar kiradi . Gabardinlar jun va yarim jun sidirg`a rangli hosila sarja o`ralishida to`qilgan bo`ladi. Mayin movut gazlamalari tolali tarkibga ko`raj un va yarim jun bo`ladi. Jun gazlamalarning turlari movutlar ,draplar va paltolik gazlamalardir .Movutlar palto yoki sarja o`ralishida to`qiladi .Yuza zichligi 350-500 g/m2.Bu muvutlar assosan mundir,kitil tikishda ishlatiladi. Yarim jun mayin movutli gazlamalar turi nisbatan keng.Bu gazlamalar jumlasiga movutlar ,draplar,paltolik gazlamalar kiradi.yarim junli gazlamalarni ishlab chiqarishda jun va viskoza tolalar aralashmasidan olingan iplar yoki tanasida paxta iplari ,arqog`ida esa aralash ip qo`laniladi. Yarim junli draplar tarkibida 30-75% jun tolasi bo`ladi .Qolgan tavsiflar va to`quvchikida qo`llanilishi sof junli draplarga o`xshaydi.Yarim junli paltolik gazlamalar bu guruhdagi assosiy qismini tashkil qiladi. Tarkibida 20-70% jun tolasi bo`ladi. Ularni ishlab chiqarishda shakldor iplar , jun tolali ipga boshqa tolalardan olingan. Iplar yoki kompleks iplarni qo`shib pishitilgan iplardan foydalaniladi. O`ralishlari oddiy yoki murrakab , pardozlanishi assosan chipor yoki melanch bo`lib yuza zichligi 450-600g/m2 .
Download 444.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling