Material xarajatlarini hujjatlashtirish va asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga o’tkazish hisobi


Materiallarning sintetik va analitik hisobi


Download 498.08 Kb.
bet3/3
Sana22.03.2023
Hajmi498.08 Kb.
#1286022
1   2   3
Bog'liq
buxgalteriya

Materiallarning sintetik va analitik hisobi

Xo‘jaliklarda materiallarning hisobini yuritishda quyidagi hisobvaraqlardan foydalaniladi:


1010 — xomashyo va materiallar (mahsulot tayyorlashning asosi boigan xomashyo va asosiy materiallar).
1020 — sotib olingan yarimtayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar (tayyor butlovchi qismlar, qurilishning detal va konstruksiyalari, moslama va priborlar).
1030 - yoqilg‘i (neft, benzin, ko‘mir, o ‘tin va boshqalar).
1040 - ehtiyot qismlar (mashina, uskuna, transport va boshqa vositalar eskirgan qismlarini almashtirish va ta ’mirlash uchun).
1050 - qurilish materiallari (qurilish va montaj ishlarini bajarish uchun chetdan sotib olingan, o'zida ishlab chiqargan yog‘och materiali, g‘isht, koristruksiya, detallar va boshqalar).
1060 - idish va idish materiallari (xo‘jalik inventaridan boshqa barcha idishlar, yashik va boshqa idishlami tayyorlash uchun kerakli detal va materiallar).
1070 - boshqa tomonga qayta ishlash uchun berilgan materiallar.
1080 — inventar va xo‘jalik anjomlari .
1090 - boshqa materiallar (yuqoridagi hisobvaraqlarda keltirilmagan ishlab chiqarishning chiqitlari, asosiy vositalarni tugatishdan olingan moddiy qiymatliklar, qishloq xo‘jalik korxonalarida urug‘ va ko‘chat materiali, mineral o ‘g‘it, zaharli dorilar va boshqalar).

Materiallaming sintetik hisobiga yuqoridagi 1010-1090 hisobvaraqlardan tashqari 1510 — «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hamda 1610 — «Materiallar qiymatidagi farqlar» hisobvaraqlari ham tegishli boladi.
Umuman, materiallar hisobiga tegishli yuqoridagi hisobvaraqlar aktiv hisobvaraqlar bo‘lib, ularning qoldig‘i va kirimi debet tomonida, chiqimi kredit tomonida aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqlar bo’yicha hisoblar bog‘lanishining asosiylari quyidagilar:
1. Mol yetkazib beruvchi tashkilotlardan pul o‘tkazish yo‘li bilan materiallar qabul qilishda - DT 6010 KT 5110-5530; DT 1010 - 1090 KT 6010.
2. Materiallar hisobdor shaxslar orqali sotib olinganda — DT 1010-1090 KT 4220.
3. Yaroqsiz hisoblangan mahsulotlardan olingan materiallar qabul qilinganda — DT 1090 KT 2610.
4. Materiallar haqiqiy tannarx bo‘yicha omborga kirim qilinganda — (1500-hisobvaraq qo‘llanilganda) DT 1010-1090 KT 1511.
5. Asosiy vositalarning tugatilishidan foydalanishga yaroqli materiallar kirim qilinganda — DT 1090 KT 9210.
6. Omborga qabul qilingan materiallar bo ‘yicha mol yetkazib beruvchilarga da’vo qo‘zg‘atilganda — DT 4860 KT 1010-1090.
7. Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarga materiallar sarflanganda - DT 2010, 2310 KT 1010-1090.
8. Umumiy ishlab chiqarish va ma’muriy-boshqaruv ehtiyojiga materiallar sarflanganda — DT 2510, 9420 KT 1010-1090.
9. Yaroqsiz asbob-uskunalarni tuzatish uchun materiallar sarflanganda — DT 2610 KT 1010-1090.
10. Mahsulot sotish ehtiyojiga materiallar sarflanganda — DT 9410, KT 1060.
11. Inventarizatsiya natijasida materiallar kamomadi aniqlanib, javobgar shaxslar hisobiga o‘tkazilganda — DT 5910 KT 1010- 1090; DT 4730 KT 5910.

12. Boshqa tashkilotlarga materiallar sotishga chiqarilganda - DT 9220 KT 1010-1090, DT 4890 KT 9220.


13. Materiallar bepul berilganda — DT 9220 KT 1010.
14. Materiallami sotishdan moliyaviy natija aniqlanganda: a) foyda summasiga - DT 9220 KT 9320. b) zarar summasiga — DT 9430 KT 9220.
15. Inventarizatsiya natijasida materiallarning oshiqligi aniqlanganda - DT 1010-1090 KT 9390.
Materiallarning hisobiga tegishli hisobvaraqlarda (1010-1090) ulaming analitik hisobi materiallarning saqlanish joylari, moddiy javobgar shaxs hamda ulaming ayrim turlari (turi, navi, o ‘lchami va boshqalar) bo‘yicha tashkil etiladi.
Masalan, 1040 — ehtiyot qismlar hisobvarag‘iga analitik hisobvaraqlar ehtiyot qismlar - akkumulyator, shina va boshqalaming turi yoki guruhi, saqlanish joyi, mas’ul shaxslar bo‘yicha alohida ochiladi.
Materiallar analitik hisobi uni tashkil etishning shakl va usullariga ham bog‘liq. Agar ulaming analitik hisobi uchun mahsulot va materiallami hisobga olish daftaridan foydalanilganda, uning ko‘p grafali bo‘lgani tufayli materiallar hisobini ularning har bir turi bo‘yicha miqdor-summa yoki miqdor holida tashkil etilishi mumkin.
Materialning analitik hisobi turiga mo‘ljallangan kartochkalar va ular hisobining qoldiq usulida qoldiq qaydnomalarida tashkil etiladi. Umuman, analitik hisob orqali materiallaming har bir turi javobgar shaxslar hamda xokjalik bo‘yicha ularning mavjudligi va harakati bo‘yicha ma’lumotga ega bo’ladi.

Materiallarni tayyorlash va ular qiymatidagi farqlar hisobi
Moddiy qiymatliklami tayyorlash va xarid qilish muomalalarining hisobiga 1510 — «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvaragi moijallangan.
Ushbu hisobvaraqning debetiga moddiy qiymatliklarning hisob bahosi 6010, 6970, 6990 va boshqa hisobvaraqlar kreditida aks ettiriladi.
1510 hisobvarag‘ining kreditidan moddiy qiymatliklar hisobvaraqlarining debetiga tayyorlangan moddiy qiymatliklar haqiqiy tannarxda o‘tkaziladi.
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi bilan ulaming hisob bahosidagi farqi 1510 hisobvarag‘i kreditidan 1610 — «Materiallar qiymatidagi farqlar» hisobvarag‘ining debetiga o‘tkaziladi.
1510 hisobvarag‘ining oy oxiridagi qoldig‘i tayyorlangan va sotib olingan materiallar mavjudligini ko‘rsatadi.
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi bilan ulaming hisob baholari o ‘rtasidagi farqlar 1610 — «Materiallar qiymatidagi farqlar» hisobvarag‘ida olib boriladi (DT 1610 KT 1510).
1610 hisobvarag'ida to‘plangan ushbu farqlar xarajat hisobvaraqlari, davr xarajati va boshqa tegishli hisobvaraqlar debetiga 1610 hisobvarag‘ining kreditidan sarflangan materiallarning hisob baholaridagi qiymatiga mutanosib ravishda chiqariladi.
1610 hisobvaraq bo‘yicha analitik hisobvaraqlar materiallaming turi va guruhlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Korxonaning hisob siyosatidan kelib chiqib 1510 — «Materiallami tayyorlash va xarid qilish» va 1610 — «Materiallar qiymatidagi farqlar» hisobvaraqlaridan yuqorida keltirilganidek foydalanilishi ham, foydalanmasligi ham (ayniqsa materiallar harakat kam bo‘lgan xo‘jaliklarda) mumkin.
1510, 1610 hisobvaraqlardan foydalanilmaslik hollari bo‘lganda m ateriallarning haqiqiy tannarxi va hisob baholaridagi farq to‘g‘ridan-to‘g‘ri ular hisobiga mo‘ljallangan (1010-1090) hisobvaraqlarda tashkil etiladi.
Ularning taqsimlanishi yuqorida ta’kidlanganidek, hisob baholaridagi qiymatiga mutanosib ravishda xarajat hisobvaraqlari debetiga o‘tkaziladi.








Shuningdek, korxonalarda xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilishiga ko'ra bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi.
Bevosita xarajatlar tarkibiga korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog'liq bo‘lgan xomashyo va materiallar, mehnatga haq to‘lash (ajratmalari bilan birga), ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalar amortizatsiyasi kabi xarajatlar kiradi.
Bevosita moddiy xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot (ish va xizmatjlarning asosini tashkil etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulotlar tayyorlash , ish bajarish va xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan, chetdan sotib olinadigan xomashyo va material xarajatlarini ifodalaydi.
Bilvosita xarajatlar esa mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar hisoblanib, ularga ma’muriy – boshqaruv xarajatlari, boshqaruv asbob-uskunalarini saqlash va foydalanish xarajatlari kiradi.
Korxona bolinmasi faoliyati materialtalab bo‘lsa, ya’ni, unda mahsulot tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlarning asosiy qismini xomashyo va material xarajatlari tashkil qilsa, taqsimot bazasiga xomashyo va materiallarning haqiqiy bevosita xarajatlari hamda ularning rejali tannarxi kiritiladi.

Download 498.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling