Materiallar qarshiligi o‘quv dasturi bilim sohasi


-mavzu. Ichki zo‘riqish kuchlarini aniqlash uchun kesish usuli, ularning


Download 364.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana31.08.2023
Hajmi364.4 Kb.
#1671971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 semestr (3,4-semestr-2022) 60-30-30 - BI

2-mavzu. Ichki zo‘riqish kuchlarini aniqlash uchun kesish usuli, ularning 
ishoralari, ko‘chish va deformatsiya hamda kuchlanish turlari. Guk qonuni. 
Ichki zo‘riqish kuchlari, normal va urinma kuchlanishlar, chiziqli va burchakli 
deformatsiyalar, elastiklik xususiyati va Guk qonuni. 
3-mavzu. To‘g‘ri sterjenning markaziy cho‘zilishi va siqilishi 
Sterjenning markaziy cho‘zilishi yoki siqilishi. Bo‘ylama kuchlar epyuralarini 
qurish. Qurilish inshootlarining cho‘zilishga yoki siqilishga ishlaydigan 
elementlari. Sterjenning ko‘ndalang kesimlaridagi kuchlanishlar. Kuchlanishlar 
epyurasini qurish. Sterjenning markaziy cho‘zilishi yoki siqilishida mustaxkamlik 
sharti.
Mustahkamlikka hisoblashda yechiladigan masalalarning turlari. 
Cho‘zilish va siqilishda deformasiyalanganlik holati. Cho‘zilish va siqilishda 
Guk qonuni. Materialning elastiklik moduli. Ko‘ndalang deformasiya koeffisiyenti 
(Puasson koeffisiyenti). Sterjenning ko‘ndalang kesimlarida o‘q bo‘ylab 
ko‘chishlarni aniqlash. Sterjenning bikrligi to‘g‘risida tushuncha.
Sterjenning cho‘zilishi (siqilishi) deformasiyasining potensial energiyasi. 
Materialni deformasiyalash uchun sarflanadigan to‘liq va solishtirma potensial 
energiya. Cho‘zilish va siqilishda sterjenning o‘z og‘irliklarini hisobga olish. Teng 
qarshilikli va pog‘onali sterjenlar. 
4-mavzu. Cho‘zilish va siqilishdagi statik aniqmas masalalar
Cho‘zilish va siqilish deformasiyasiga oid statik noaniq masalalar. Statik 
noaniq tizimlarning asosiy xususiyatlari. Eng maqbul rasional konstruksiyalar. 
Montaj va temperatura kuchlanishlari.
Mustahkamlik va bikrlik to‘g‘risidagi asosiy 
tushunchalar. Extiyotlik koeffisiyenti. Chegaraviy holatlar usuli. Chegaraviy 
holatlarning konstruksiyaning ishlash sharoiti va vazifasiga hamda materialiga 
bog‘liqligi.
5-mavzu. Materiallarning mexanik xossalarini tajriba uslubi yordamida 
o‘rganish 
Material ustida tajribalar o‘tkazishning zaruriyati. Sinash mashinalari 
to‘g‘risida qisqa ma’lumot. Materialdan tayyorlanadigan namunalarning turlari. 
Plastik materialning shartli va haqiqiy cho‘zilish diagrammalari. Materialning 
asosiy xossalari: proporsionallik, elastiklik, oqish va mustahkamlik chegaralari. 
Materialni yuksizlantirish va qayta yuklash. Cho‘zilish va siqilishda plastik va 


mo‘rt materiallarning deformasiyalanishi va yemirilishini asosiy qonuniyatlari. 
Plastik deformasiya va yemirilishning fizikaviy asoslari: dislokasiyalar, siljish 
chiziqlari, Byurger vektori. Materialning nazariy mustahkamligi. Baushinger 
xodisasi. Xarorat, yuklanish tezligini, radiaktiv nurlanishni va boshqa turdagi 
tashqi ta’sirlarni materiallarning mexanik xossalariga ta’siri. 
Materiallarni yoyiluvchanlikka sinash. Yoyiluvchanlik egri chiziqlari. 
Kuchlanishlar reaksiyasi. Uzoq muddatli mustahkamlik chegarasi. Kuchlanish va 
xaroratni yoyiluvchanlik egri chiziqlariga ta’siri, vaqt bo‘yicha davriy 
o‘zgaradigan kuchlanishlarda materiallarning mustahkamligi. Toliqish yemirilishi 
va uning sabablarini tajribada o‘rganish. Chidamlilik chegarasini aniqlash. 
Qurilishda keng qo‘llaniladigan materiallar xamda yangi-sintetik, kompozision va 
boshqa materiallarning mexanik hossalari.
Deformasiya va kuchlanishlarni tadqiq etishning usullari. Deformasiyalarni 
tenzometrlar 
yordamida 
o‘lchash. Tenzometrlarning o‘lchash bazasi. 
Tenzorezistorlar. Ularning qo‘llanish doirasi. Tenzotermik rozetkalarda tekis 
kuchlanganlik holatini tekshirish. Bazasi kichik tenzorezistorlar. O‘lchash 
jarayonini avtomatlashtirish va olingan natijalarga ishlov berishda EXMdan 
foydalanish. 

Download 364.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling