Fan/modul kodi
MQ2113
O‘quv yili
2022-2023
Semestr
3,4
ECTS – Kreditlar
8 (4+4)
Fan/modul turi
Majburiy
Ta’lim tili
O‘zbek/Rus
Haftadagi dars soatlari
3-semestr– 4s, 4-semestr– 4s
1.
Fanning
nomi
Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)
Mustaqil
ta’lim
(soat)
Jami
yuklama
(soat)
Materiallar
qarshiligi
Jami: 120
3-semestr: 60
4-semestr: 60
120
60
60
240
120
120
2.
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda
mashina va inshootlar
konstruksiyalarini
loyihalash jarayonida asosiy masalalardan biri hisoblangan
loyiha-konstruktorlik hisoblari bo‘yicha bilim, boshlang‘ich ko‘nikma va malakani
shakllantirish.
Fanning vazifasi - talabalarda mashina va
inshootlar konstruksiyalari
elementlarining hisoblash modellarini to‘g‘ri tanlash, amaliy masalalarni
yechishda hisob formulalaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish
orqali
mutaxassisning ish faoliyatidagi о‘rni va ahamiyatini ochib berish..
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
3-semestr
1-Modul. Materiallar qarshiligi fanining umumiy tushunchalari va
to‘g‘ri sterjenning markaziy cho‘zilishi va siqilishi
1-mavzu. Materiallar qarshiligi fani, ahamiyati, umummuhandislik va
maxsus fanlar bilan bog‘liqligi. Asosiy farazlar va cheklanishlar.
«Materiallar qarshiligi» fanining O‘zbekiston Respublikasida ilmiy-texnika
taraqqiyotining rivojlanishi borasida tutgan o‘rni.
Qurilish inshootlarining
konstruksiyalarni samaradorligini, ishonchligini
va mustahkamligini oshirish
masalalari. Mazkur fanning umummuxandislik va maxsus fanlar bilan bog‘liqligi.
Fanning rivojlanishi haqida qisqacha tarixiy ma’lumot.
Deformasiyalanuvchi qattiq jism uchun qabul qilingan asosiy farazlar va
cheklanishlar. Boshlang‘ich o‘lchamlar sharti. Elastiklik va plastiklik. Izotropiya
va anizotropiya tushunchalari. Jismning bir jinsliligi va yaxlitligi.
Sen-Venan
prinsipi. Inshoot, uning qismlari va ularning hisobiy modellari. Brus, sterjen,
plastina va qobiqlar haqida tushuncha. Brusga ta’sir etuvchi tashqi kuchlar. Hajmiy
va sirtqi kuchlar. Doimiy va vaqtga nisbatan o‘zgaruvchan kuchlar. Bog‘lanishlar
va tayanch reaksiya kuchlari. Harorat, kinematik hamda tashqi ta’sirning boshqa
turlari.
Jism nuqtalaridagi ichki kuchlarni aniqlash. Kesish usuli. Normal va urinma
kuchlanishlar haqida tushuncha. Jism nuqtalaridagi ko‘chish va deformasiya.
Chiziqli va burchakli deformasiyalar to‘g‘risida tushuncha.
Brus kesimlarida hosil bo‘ladigan ichki kuchlarni aniqlash. Bo‘ylama va
ko‘ndalang kuchlar, eguvchi va burovchi momentlar.
Ichki kuchlar epyuralarini qurishning umumiy qoidalari. Brus kesimidagi
to‘liq, normal va urinma kuchlanishlar va ularni
ichki kuch omillari bilan
bog‘liqligi.