Materiallar qarshiligi o‘quv dasturi bilim sohasi
-mavzu. Ichki zo‘riqish kuchlarini aniqlash uchun kesish usuli, ularning
Download 364.4 Kb. Pdf ko'rish
|
2 semestr (3,4-semestr-2022) 60-30-30 - BI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-mavzu. To‘g‘ri sterjenning markaziy cho‘zilishi va siqilishi
- 4-mavzu. Cho‘zilish va siqilishdagi statik aniqmas masalalar
- 5-mavzu. Materiallarning mexanik xossalarini tajriba uslubi yordamida o‘rganish
2-mavzu. Ichki zo‘riqish kuchlarini aniqlash uchun kesish usuli, ularning
ishoralari, ko‘chish va deformatsiya hamda kuchlanish turlari. Guk qonuni. Ichki zo‘riqish kuchlari, normal va urinma kuchlanishlar, chiziqli va burchakli deformatsiyalar, elastiklik xususiyati va Guk qonuni. 3-mavzu. To‘g‘ri sterjenning markaziy cho‘zilishi va siqilishi Sterjenning markaziy cho‘zilishi yoki siqilishi. Bo‘ylama kuchlar epyuralarini qurish. Qurilish inshootlarining cho‘zilishga yoki siqilishga ishlaydigan elementlari. Sterjenning ko‘ndalang kesimlaridagi kuchlanishlar. Kuchlanishlar epyurasini qurish. Sterjenning markaziy cho‘zilishi yoki siqilishida mustaxkamlik sharti. Mustahkamlikka hisoblashda yechiladigan masalalarning turlari. Cho‘zilish va siqilishda deformasiyalanganlik holati. Cho‘zilish va siqilishda Guk qonuni. Materialning elastiklik moduli. Ko‘ndalang deformasiya koeffisiyenti (Puasson koeffisiyenti). Sterjenning ko‘ndalang kesimlarida o‘q bo‘ylab ko‘chishlarni aniqlash. Sterjenning bikrligi to‘g‘risida tushuncha. Sterjenning cho‘zilishi (siqilishi) deformasiyasining potensial energiyasi. Materialni deformasiyalash uchun sarflanadigan to‘liq va solishtirma potensial energiya. Cho‘zilish va siqilishda sterjenning o‘z og‘irliklarini hisobga olish. Teng qarshilikli va pog‘onali sterjenlar. 4-mavzu. Cho‘zilish va siqilishdagi statik aniqmas masalalar Cho‘zilish va siqilish deformasiyasiga oid statik noaniq masalalar. Statik noaniq tizimlarning asosiy xususiyatlari. Eng maqbul rasional konstruksiyalar. Montaj va temperatura kuchlanishlari. Mustahkamlik va bikrlik to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar. Extiyotlik koeffisiyenti. Chegaraviy holatlar usuli. Chegaraviy holatlarning konstruksiyaning ishlash sharoiti va vazifasiga hamda materialiga bog‘liqligi. 5-mavzu. Materiallarning mexanik xossalarini tajriba uslubi yordamida o‘rganish Material ustida tajribalar o‘tkazishning zaruriyati. Sinash mashinalari to‘g‘risida qisqa ma’lumot. Materialdan tayyorlanadigan namunalarning turlari. Plastik materialning shartli va haqiqiy cho‘zilish diagrammalari. Materialning asosiy xossalari: proporsionallik, elastiklik, oqish va mustahkamlik chegaralari. Materialni yuksizlantirish va qayta yuklash. Cho‘zilish va siqilishda plastik va mo‘rt materiallarning deformasiyalanishi va yemirilishini asosiy qonuniyatlari. Plastik deformasiya va yemirilishning fizikaviy asoslari: dislokasiyalar, siljish chiziqlari, Byurger vektori. Materialning nazariy mustahkamligi. Baushinger xodisasi. Xarorat, yuklanish tezligini, radiaktiv nurlanishni va boshqa turdagi tashqi ta’sirlarni materiallarning mexanik xossalariga ta’siri. Materiallarni yoyiluvchanlikka sinash. Yoyiluvchanlik egri chiziqlari. Kuchlanishlar reaksiyasi. Uzoq muddatli mustahkamlik chegarasi. Kuchlanish va xaroratni yoyiluvchanlik egri chiziqlariga ta’siri, vaqt bo‘yicha davriy o‘zgaradigan kuchlanishlarda materiallarning mustahkamligi. Toliqish yemirilishi va uning sabablarini tajribada o‘rganish. Chidamlilik chegarasini aniqlash. Qurilishda keng qo‘llaniladigan materiallar xamda yangi-sintetik, kompozision va boshqa materiallarning mexanik hossalari. Deformasiya va kuchlanishlarni tadqiq etishning usullari. Deformasiyalarni tenzometrlar yordamida o‘lchash. Tenzometrlarning o‘lchash bazasi. Tenzorezistorlar. Ularning qo‘llanish doirasi. Tenzotermik rozetkalarda tekis kuchlanganlik holatini tekshirish. Bazasi kichik tenzorezistorlar. O‘lchash jarayonini avtomatlashtirish va olingan natijalarga ishlov berishda EXMdan foydalanish. Download 364.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling