Materiallar xaridi ustidan nazoratni tashkil etish


Download 30.79 Kb.
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi30.79 Kb.
#1486160
1   2   3   4   5
Bog'liq
Materiallardan foydalanishni nazorat qilish

1. Materiallardan foydalanishni nazorat qilish 
Ishlab chiqarishda TMZlarning sarflanishi ustidan nazorat olib borish – bu bir xil mahsulot ishlab chiqarishda sarflangan TMZlarning haqiqiy sonini ularning me’yorida kursatilgan soni bilan taqsimlashdir. Materiallarning sarflanishi ustidan turli usullar yordamida nazorat olib boriladi: hujjatlashtirish, inventar, partiya bo’yicha bichish va boshqalar. Birinchi usul yordamida TMZning bir turini ikkinchi tur bilan almashtirilganda vujudga keladigan farq hisobga olinib, talabnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatda TMZning me’yor bo’yicha sarflash soni va almashtirilgan, TMZning sarflanishi xususida ma’lumotlar ko’rsatilib, ularni taqqoslash natijasida farq aniqlanadi. Materiallar sarflanishini nazorat qilishdagi hujjatlashtirish usulining moxiyati shundan iboratki, bunda TMZning sarflanish me’yoriga qaraganda ortiqcha xarajat yoki iktisod qilinishiga yo’l qo’yish TMZlar ishlab chiqarishda sarflanishidan avval aniqlanadi. Nazorat qilishning partiya bichish usulida sarflash natijasi TMZning har bir partiyasi bo’yicha aniqlanadi. Buning uchun bichish varaqasi yuritiladi. Unda ishlab chiqarish topshirigini bajarish uchun berilgan TMZning xakikatdan sarflanganligi ko’rsatiladi. Har bir bichish varaqasi bo’yicha TMZ sarflash natijasi aniqlanadi. Inventar usuli bo’yicha TMZ sarflash natijasi hisobot oyi oxirida chiqarilmay, balki qolgan TMZlarni inventarizatsiya qilish yo’li bilan aniqlanadi. 
Tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlari xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlardan hisobot tuzishdan oldin tovar-moddiy zahiralarni inventarizatsiya qilishni talab qiladi. Ushbu inventarizatsiya quyidagi hollarda va tartibda o’tkaziladi: Tuzilgan yillik hisobotda TMZ haqiqiy holatini aniqlash maqsadida yil bir marta 1-oktyabr holatiga; Moddiy javobgar shaxslarni almashtirayotganda, ularning ustidan asosli shikoyat tushganda va tabiiy ofat sodir bo’lganda; 
Buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar bilan omborxona hisobidagi (hisobotidagi) 
ma’lumotlarda farqlar vujudga kelsa. 
Inventarizatsiya o’tkazish uchun har yili boshida sub’ekt rahbarining imzosi bilan 
doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasini tuzish va uning a’zolari to’g’risida buyruq chiqariladi. Unga sub’ektning etakchi mutaxassilari, bo’limlardan vakillar jalb qilinadi.Har bir ayrim inventarizatsiya o’tkazish uchun sub’ekt rahbarining imzosi bilan buyruq chiqariladi. Unda komissiya a’zolari, inventarizatsiya ob’ekti va o’tkazish davr ko’rsatiladi. 
Inventarizatsiya o’tkazishdagi haqiqiy mavjudligini aniqlashdir. Inventarizatsiya jarayonida quyidagilar tekshiriladi: Tovar-moddiy zahiralarning saqlanish sharoiti; 
Ularni saqlash va chiqarish tartiblarining to’g’riligi va tortuv va o’lchov jixozlarining ahvoli; Tovar-moddiy zahiralarning harakatini hisobga olish tartibi(omborxona hisobining yuritilishi); 
Inventarizatsiya o’tkazishning mohiyati, usuli va qamrovi bo’yicha quyidagicha 
guruhlanadi. Tekshirish hajmining qamrovi bo’yicha: 
Yoppasiga –ob’ekt har tomonlama va to’liq tekshiriladi; 
Tanlama-ob’ektning asosiy ko’rsatkichlari tanlab olib tekshiriladi; 
O’tkazish vaqtiga qarab: 
• rejali-sub’ekt tomonidan tuzilgan rejaga asosan(yilda bir marta) o’tkaziladi;
• ko’tilmagan holda – javobgar shaxs kutmagan holda – shikoyat tushganda va hokazo o’tkaziladi. Inventarizatsiyani o’tkazish usulidan umumiy rahbarlik sub’ektning rahbari yoki uning 
o’rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi. Buyruqqa asosan tuzilgan inventarizatsiya 
komissiyasiga ishonchli mutaxassislar jalb qilinadi va natijasini(dalolatnomani) rahbar tasdiqlaydi. Inventarizatsiya komissiyasi o’tkazish davrida buxgalterning hisob ma’lumotlariga asoslangan holda TMZ inventarizatsiya ro’yxatini omborlar bo’yicha(inv-3) tuzadi. Uni o’tkazish vaqtida ombor mudiri tomonidan TMZ qabul qlish va chiqarish ta’qiqlanadi, u niventarizatsiya komissiyasiga hamma hujjatlarda ma’lumotlar omborxona hisobidagi tegishli kartochkalarga o’tkazilganligi va buxgalteriyaga topshirilganligi 
to’g’risida tilxat beradi. Inventarizatsiyaning natijalarini aniqlash uchun TMZ qoldiqlarini hisobga oluvchi daftardan foydalanish mumkin, chunki unda inventarizatsiyaning natijasi bo’yicha tuzilgan 
ro’yxatga asosan jismoniy ko’rinishdagi TMZ qoldig’ini qayd qiluvchi maxsus ustun 
mavjud. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan farqlar-ortiqcha yoki kamomad, taqqoslash qaydnomasini tuzish natijasida, haqiqiy tannarxda hujjatlashtiriladi. Ortiqcha deb topilgan, TMZ tegishli schyotlarda kirim qilinadi, debet 1000, 1100, 2900 va davr xarajatlari kamaytiriladi, ya’ni muomalaviy daromadlar sifatida tegishli 9390-«Boshqa moliyaviy daromadlar» schyotining kreditida ko’rsatiladi. TMZ kamomadi esa 
tegishli schyotlarning kreditidan 9433-«Qiymatliklarning kamomadi va buzilishi natijasida yo’qotishlar» schyotining debetiga olib boriladi.
Har doim yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar asosida omborchi bu varaqlarga miqdor jihatdan TMZlarning kirim va chiqimini yozadi. Har bir yozuvdan so’ng varaqlarda TMZlarning qoldig’i hisoblab chiqariladi. Avvaldan belgilangan kunlarda(3-5 kunda bir marta) omborchi kirim va chiqim 
hujjatlarini topshirish ro’yxatini ikki nusxada yozadi. Ro’yxatning birinchi nusxasiga lastlabki hujjatlarni tikib, uni buxgalteriyaga topshiradi. Material bo’limining buxgalteri bu ro’yxat va unga biriktirilgan hujjatlarni sinchiklab teshirib chiqqandan keyin bu to’g’risida ro’yxatning ikkinchi nusxasini tasdiqlaydi. Ro’yxatning ikkinchi nusxasi omborchida qoladi. 
Buxgalter ombordagi eng avvalo kamyob, qimmatbaho TMZlarning haqiqiy 
qoldiqlarini tanlab nazoratdan o’tkazib, bu to’g’rida varaqlarga tekshirish sanasini va imzo qo’yib tasdiqlaydi. Tanlab tekshirish natijalari bo’yicha moddiy javobgar shaxslarning ishida aniqlangan kamchiliklar to’g’risida ma’lumotlar maxsus daftarga yozilib, bosh buxgalterga xabar qilinadi. Materiallar nomenklaturasi kam bo’lganda omborlarda ombor hisobi varaqlari o’rniga 
varaqlarning zarur rekvizitlarini o’z ichiga olgan nav hisobi daftarlaridan foydalanishga yo’l qo’yiladi. Har oyning birinchi kunida omborchi varaqlardagi oyning oxiriga bo’lgan qoldiqlarni ombor bo’yicha qoldiq daftariga ko’chiradi. Bu daftar har bir ombor uchun alohida ochilib, oyning oxirgi kunida omborchiga beriladi. Keyingi oyning 1-2 kunida omborchi bu daftarni buxgalteriyaga qaytaradi. Qoldiq daftarining TMZ qoldig’ining umumiy summasi buxgalteriyada TMZ harakati bo’yicha yuritiladigan 10-qaydnoma ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Sonlarning to’g’ri 
kelishi hisobot oyida omborda va buxgalteriyada yuritilgan hisobning to’g’riligidan dalolat beradi. Tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishni tashkil etish uslublari turlichadir. Buxgalterlik va saldo uslublari shularning eng kup tarqalganlaridan. hisob-kitobni kilda yuritish sharoitida saldo uslubi birmuncha ilgor uslub hisoblanadi. Bunday uslub buxgalterlik uslubiga nisbatan kator afzalliklarga ega, ana shu afzalliklar mazkur uslubning ko’proq ommalashuvini ta’minlagan. 
Materiallarni hisobga olishning buxgalterlik uslubi. Avvalo shuni kayd qilish kerakki, TMZlarni hisobga olishning buxgalterlik uslubini 
tovar-moddiy boyliklar soni uncha ko’p bo’lmagan korxonalarda qo’llanish tavsiya qilinadi. Bunday uslub qo’llanilganida xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasida subschyotlar razryadida (1010) ishlab chiqarish zaxiralarining xar bir turi uchun son-miqdorli hisob-kitob varaqalari ochiladi. Buxgaler ushbu varaqalarda ombordan kelib tushgan dastlabki asoslovchi hujjatlar (kirim orderlari, TMZlarni qabul qilib olish dalolatnomalar, yuk xaki 
talabnomalari va boshqalar) ning ma’lumotlari asosida moddiy boyliklar xarajati 
(saldo,kirim, chikim) ni aks ettiradi. Shunday qilib, ombordagi hisob-kitob varaqalaridagi axborot keyinchalik moddiy javobgar shaxslarga doir tovar-moddiy boyliklarning sintetik schyoti (1010) ning xar biri uchun alohida ochiladigan analitik (son-mikdorli) aylanish vedomostlariga kuchiriladi. Materiallarning ombor (M-12 shakli) va buxgalterlik hisob-kitobi (son-mikdorli) varaqalarida operatsiyalarni aks ettirishning to’g’riligi va tulikligini tekshirish maqsadida har oyda moddiy boyliklarning har bir turi bo’yicha ularning natural 
ko’rsatkichlarini quyidagi pozitsiyalar yuzasidan taqqoslash o’tkaziladi: Oyboshidan saldo oydagi kirim va chikim bo’yicha aylanishlar oy oxiridadagi saldo. Bu kursatkichlar ombor va buxgalteriya varaqlarda bir xil bulishi lozim, chunki kirim va chiqim bo’yicha barcha operatsiyalar bir xildagi dastlabki xujjatlar ma’lumotlari asosida ro’yxatga olinadi. Agar nomuvofiqlik aniqlansa, analitik hisob-kitobda yo’l qo’yilgan xatoni topish va bartaraf qilish kerak. Shuningdek, aylanish vedomostlarining yakuniy ma’lumotlari ham bosh daftarga yoki nazorat jurnalida kayd qilingan 1010 schyotdagi aylanishlar va qoldiklar bilan taqqoslab chiqilishi kerak: ular ham bir xilda bo’lishi lozim. Tafovutlar bo’lishi sintetik hisob-kitobda xatoga yo’l quyilganidan dalolat beradi. 



Download 30.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling