Materiallari


Download 1.61 Mb.
bet38/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

Qoralama (eskiz) loyixa.
Quyidagilar ishlab chiqilayotgan maxsulotni metrologik ta`minlash bo`yicha qoralama (eskiz) loyixa bosqichidagi tipik (bajarilishi zarur bo`lgan) ishlar xisoblanadi:

maxsulotni ishlab chiqish, tayyorlash va ekspluatasiya qilish jarayonida maxsulot va uning tarkibiy qismlarining o`lchashga tortiladigan asosiy parametrlarining ro`yxatini aniqlashtirish;



  • xar bir parametrni o`lchashning aniqlik me`yorlarini asoslash;

  • o`lchashlarning zaruriy aniqligini ta`minlaydigan o`lchash uslublari va vositalarini tanlash;

  • maxsulotni ishlab chiqish uchun zarur bo`ladigan o`lchash vositalarini yaratish va metrologik tadqiqotlarni o`tkazish;

  • maxsulotlarni tayyorlash, sinovdan o`tkazish va ekspluatasiya qilish uchun zarur bo`ladigan standartlashtirilmagan o`lchash vositalari va o`lchashlarni bajarish uslubiyotlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish;

  • maxsulotlarni tayyorlash va sinovdan o`tkazish jarayonida nazorat qilish va sinovdan o`tkazish uchun zarur bo`ladigan umumiy belgilanishdagi o`lchash vositalarini sotib olishga buyurtmalar tuzish;

  • binolar qurish va o`lchashlarni o`tkazish uchun talab qilinadigan shart-sharoitlarni yaratish uchun zarur bo`ladigan asbob-uskunalarni sotib olishga buyurtmalar tuzish;

  • qoralama (eskiz) loyixaning ishlab chiqilayotgan maxsulotning metrologik ta`minoti bo`limini tuzish.

Texnik loyixa

Quyidagilar maxsulotlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, sinovdan o`tkazish va ekspluatasiya qilishni metrologik ta`minlash bo`yicha texnik loyixa bosqichida tipik (bajarilishi zarur bo`lgan) ishlar xisoblanadi:



  • maxsulotning metrologik ta`minoti bo`yicha echimlarning asoslanishi;

  • ishchi xujjatlarni ishlab chiqish, maxsulotlarni tayyorlash va sinovdan o`tkazish uchun zarur bo`ladigan standartlashtirilmagan o`lchash vositalarini va maxsus sinovdan o`tkazish asbob-uskunalarini tayyorlash va attestasiyadan o`tkazish ;

  • maxsulotlarni tayyorlash va sinovdan o`tkazish uchun zarur bo`ladigan o`lchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish;

  • ekspluatasiya qilish jarayonida maxsulotlarga metrologik xizmat ko`rsatish uchun zarur bo`ladigan o`lchov-nazorat apparaturalarini ishlab chiqishga buyurtmalar berish;

  • metrologik ta`minot bo`yicha qoralama (eskiz) loyixa bosqichida bajariladigan ishlar;

  • texnik loyixaning metrologik ta`minot bo`yicha bo`limini tuzish.

Texnik loyixaning metrologik nazoratiga maxsulotni ishlab chiqishga berilgan texnik topshiriq, ushbu bosqichda ishlab chiqilgan boshqa xujjatlarga berilgan loyixa topshiriqlari, texnik shartlar, ekspluatasion xujjatlar, chizmalar, sxemalar va boshqalar taqdim qilinishi lozim.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling