Materiallari
Ekspluatasion xujjatlarning metrologik nazorati
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
3. Ekspluatasion xujjatlarning metrologik nazorati
Ekspluatasion xujjatlar (rus. ED) – maxsulotni va uni ekspluatasiya qilish qoidalarini, ya`ni undan foydalanish, unga texnik xizmat ko`rsatish, uni tashash, saqlash va ta`mirlash qoidalarini o`rganish uchun mo`ljallangan xujjatlardir. Quyidagilar ekspluatasion xujjatlarning asosiy turlari xisoblanadi: texnik tasvirlanish (rus. To`); ekspluatasiya qilish bo`yicha yo`riqnoma (rus. IE); pasport (rus. PS); formulyar ( rus. Fo`). Metrologik nazoratning asosiy maqsadi - ekspluatasiya qilish jarayonida o`lchanadigan parametrlar nomenklaturasining rasionalligini va o`lchash vositalari tanlanishining to`g`riligini taxlil qilishdan iborat. Metrologik nazoratga ekspluatasion xujjatlar bilan birgalikda maxsulotni ishlab chiqishga berilgan texnik topshiriq, maxsulotga qo`yilgan texnik shartlar, maxsulotga kiritilgan nazorat tizimiga xujjatlar, ekspluatasiya qilish jarayonida maxsulotni metrologik ta`minlash bo`yicha qabul qilingan qarorlarni asoslab berishni o`z ichiga olgan xujjatlar taqdim qilinishi lozim. Ekspluatasion xujjatlarning metrologik nazoratida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: Ekspluatasiya qilish jarayonida o`lchanadigan parametrlar nomenklaturasining asoslanganligi baxolanadi. Bu parametrlarning soni minimal, biroq maxsulotning berilgan texnik xarakteristikalarini ta`minlash, nosozliklarni o`z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish uchun etarli bo`lishi lozim. Ekspluatasion xujjatlarda belgilangan nazorat qilinuvchi parametrlavrning texnik shartlar va texnik topshiriq talablariga muvofiqligi tekshiriladi. Ekspluatasion xujjatlarda qayd qilingan texnik ma`lumotlar texnik topshiriq bo`yicha talab qilinadiganlaridan yomon bo`lmasligi \lozim. .o`lchashlar aniqligining me`yorlari, nazoratning ishonchliligiga nisbatan qo`yiladigan talablar yoki ulardan kelib chiqqan xolda o`lchash vositalari va ekspluatasiya qilish jarayonida o`lchanadigan parametrlarning tanlanishining to`g`riligini taxlil qilish mumkin bo`ladigan boshqa talablarning borligi tekshiriladi. Maxsulot konstruksiyasining va uning tarkibiy qismlarining ekspluatasiya qilish paytida nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi tekshiriladi. Konstruksiyaning nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligiga ularni o`lchash uchun ularga kiritilgan o`lchash vositalariga, shuningdek o`lchash vositalari va nazorat vositalarining rostlovchi elementlariga konstruksiyani ajratmasdan turib erkin kirish imkoniyati orqali, nazorat uyalari va o`lchamlarning etarlicha soni orqali, nazorat uyalari yoniga nazorat qilish jarayonini engillashtiruvchi yozuvlvr va boshqa belgilashlarni kiritish yo`li orqali erishiladi. Maxsulot tarkibida o`lchash vositasi bo`lganda quyidagilar tekshiriladi: “Nazorat-o`lchash priborlari” bo`limidagi o`lchash vositalari ro`yxatining to`liqligi; .o`lchash vositalarining ekspluatasion xujjatlarda keltirilgan texnik xarakteristikalari ifodalanishining to`g`riligi va to`liqligi; .o`lchash vositalarini qo`llash shart-sharoitlarining maxsulotni ekspluatasiya qilish shart-sharoitlariga mos kelishi; .o`lchash vositalarining qo`llashga ruxsat etilgan nomenklaturaga muvofiqligi. Maxsulot parametrlarini o`lchash vositalariga, shart-sharoitlariga, prosedurasiga nisbatan ekspluatasiya qilish jarayonida qo`yiladigan talablarning to`liqligi va aniqligi ko`rib chiqiladi. .o`lchash vositalari va ekspluatasiya qilish jarayonida o`lchanadigan parametrlarning tanlanishining to`g`riligi baxolanadi. Agar o`lchashlar aniqligining me`yorlari berilgan bo`lsa, o`lchashlar xatoligi baxolanadi va u yo`l qo`yiladgan xatolik bilan solishtiriladi, aniqlik etarlicha bo`lmaganda uni oshirishning u yoki bu yo`li taklif qilinadi. Agar nazoratning ishonchliligiga nisbatan qo`yiladigan talablar berilgan bo`lsa, u xolda o`lchashlar xatoligi baxolanadi va nazorat qilinuvchi parametrni taqsimlash bilan nazoratning ishonchlilik ko`rsatkichlari xisoblab chiqiladi. Nazorat-o`lchash priborlarining unumdorligiga nisbatan qo`yilgan talablarning bajarilishi ko`rib chiqiladi. Maxsulot tarkibiga kirgan o`lchash vositalarini tekshirish tizimini taxlil qilish amalga oshiriladi, xususan, ekspluatasion xujjatlar tarkibida maxsulot tarkibiga kirgan barcha o`lchash vositalarini tekshirish bo`yicha yo`riqnomalarning borligi tekshiriladi. Metrologik atamalarning, fizikaviy kattaliklar va ulvarning birliklarining nomlanishi va belgilanishining to`g`riligi tekshiriladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling