Materiallari
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinovlardan o`tqazish o`slublarini m etr ologik nazorati . Adabiyotlar
- Ekspluatasion xujjatlarning metrologik nazorati
12–Ma`ruza
Ekspluatasion xujjatlarning metrologik nazorati. Reja: 1. Ekspluatasion xujjatlarning metrologik nazorati. 2.Texnik shartlarni metrologik nazoratni o`tqazish tartibi. 3.Sinovlardan o`tqazish o`slublarini metrologik nazorati. Adabiyotlar: 1.Balabanov A.N. «Kontrol` texnicheskoy dokumentasii» 2.Go`ST 2 111-68 ESKD Normokontrol`, Moskva Standart inform 2007. 3.www.standart.uz Ekspluatasion xujjatlarning metrologik nazorati Ekspluatasion xujjatlar (rus. ED) – maxsulotni va uni ekspluatasiya qilish qoidalarini, ya`ni undan foydalanish, unga texnik xizmat ko`rsatish, uni tashash, saqlash va ta`mirlash qoidalarini o`rganish uchun mo`ljallangan xujjatlardir. Quyidagilar ekspluatasion xujjatlarning asosiy turlari xisoblanadi: texnik tasvirlanish (rus. To`); ekspluatasiya qilish bo`yicha yo`riqnoma (rus. IE); pasport (rus. PS); formulyar ( rus. Fo`). Metrologik nazoratning asosiy maqsadi - ekspluatasiya qilish jarayonida o`lchanadigan parametrlar nomenklaturasining rasionalligini va o`lchash vositalari tanlanishining to`g`riligini taxlil qilishdan iborat. Metrologik nazoratga ekspluatasion xujjatlar bilan birgalikda maxsulotni ishlab chiqishga berilgan texnik topshiriq, maxsulotga qo`yilgan texnik shartlar, maxsulotga kiritilgan nazorat tizimiga xujjatlar, ekspluatasiya qilish jarayonida maxsulotni metrologik ta`minlash bo`yicha qabul qilingan qarorlarni asoslab berishni o`z ichiga olgan xujjatlar taqdim qilinishi lozim. Ekspluatasion xujjatlarning metrologik nazoratida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: Ekspluatasiya qilish jarayonida o`lchanadigan parametrlar nomenklaturasining asoslanganligi baxolanadi. Bu parametrlarning soni minimal, biroq maxsulotning berilgan texnik xarakteristikalarini ta`minlash, nosozliklarni o`z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish uchun etarli bo`lishi lozim. Ekspluatasion xujjatlarda belgilangan nazorat qilinuvchi parametrlavrning texnik shartlar va texnik topshiriq talablariga muvofiqligi tekshiriladi. Ekspluatasion xujjatlarda qayd qilingan texnik ma`lumotlar texnik topshiriq bo`yicha talab qilinadiganlaridan yomon bo`lmasligi \lozim. .o`lchashlar aniqligining me`yorlari, nazoratning ishonchliligiga nisbatan qo`yiladigan talablar yoki ulardan kelib chiqqan xolda o`lchash vositalari va ekspluatasiya qilish jarayonida o`lchanadigan parametrlarning tanlanishining to`g`riligini taxlil qilish mumkin bo`ladigan boshqa talablarning borligi tekshiriladi. Maxsulot konstruksiyasining va uning tarkibiy qismlarining ekspluatasiya qilish paytida nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi tekshiriladi. Konstruksiyaning nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligiga ularni o`lchash uchun ularga kiritilgan o`lchash vositalariga, shuningdek o`lchash vositalari va nazorat vositalarining rostlovchi elementlariga konstruksiyani ajratmasdan turib erkin kirish imkoniyati orqali, nazorat uyalari va o`lchamlarning etarlicha soni orqali, nazorat uyalari yoniga nazorat qilish jarayonini engillashtiruvchi yozuvlvr va boshqa belgilashlarni kiritish yo`li orqali erishiladi. Maxsulot tarkibida o`lchash vositasi bo`lganda quyidagilar tekshiriladi: “Nazorat-o`lchash priborlari” bo`limidagi o`lchash vositalari ro`yxatining to`liqligi; .o`lchash vositalarining ekspluatasion xujjatlarda keltirilgan texnik xarakteristikalari ifodalanishining to`g`riligi va to`liqligi; .o`lchash vositalarini qo`llash shart-sharoitlarining maxsulotni ekspluatasiya qilish shart-sharoitlariga mos kelishi; .o`lchash vositalarining qo`llashga ruxsat etilgan nomenklaturaga muvofiqligi. Maxsulot parametrlarini o`lchash vositalariga, shart-sharoitlariga, prosedurasiga nisbatan ekspluatasiya qilish jarayonida qo`yiladigan talablarning to`liqligi va aniqligi ko`rib chiqiladi. .o`lchash vositalari va ekspluatasiya qilish jarayonida o`lchanadigan parametrlarning tanlanishining to`g`riligi baxolanadi. Agar o`lchashlar aniqligining me`yorlari berilgan bo`lsa, o`lchashlar xatoligi baxolanadi va u yo`l qo`yiladgan xatolik bilan solishtiriladi, aniqlik etarlicha bo`lmaganda uni oshirishning u yoki bu yo`li taklif qilinadi. Agar nazoratning ishonchliligiga nisbatan qo`yiladigan talablar berilgan bo`lsa, u xolda o`lchashlar xatoligi baxolanadi va nazorat qilinuvchi parametrni taqsimlash bilan nazoratning ishonchlilik ko`rsatkichlari xisoblab chiqiladi. Nazorat-o`lchash priborlarining unumdorligiga nisbatan qo`yilgan talablarning bajarilishi ko`rib chiqiladi. Maxsulot tarkibiga kirgan o`lchash vositalarini tekshirish tizimini taxlil qilish amalga oshiriladi, xususan, ekspluatasion xujjatlar tarkibida maxsulot tarkibiga kirgan barcha o`lchash vositalarini tekshirish bo`yicha yo`riqnomalarning borligi tekshiriladi. Metrologik atamalarning, fizikaviy kattaliklar va ulvarning birliklarining nomlanishi va belgilanishining to`g`riligi tekshiriladi. Texnik shartlarning metrologik nazorati quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. metrologik nazoratga taqdim qilingan xujjatlar jamlanmasining to`liqligi tekshiriladi. Nazoratga texnik shartlar bilan birgalikda quyidagilar taqdim qilinishi lozim: texnik topshiriq va texnik topshiriqni metrologik nazoratdan o`tkazish natijalarini aks ettiruvchi xujjat; maxsulotning tuzilishi, tarkibi va xarakat prinsipini tushunib olish imkonini beruvchi xujjatlar, chizmalar, ekspluatasion xujjatlar va boshqalar; maxsulotning metrologik ta`minoti bo`yicha qabul qilingan qarorlarni asoslashni o`z ichiga oladigan xujjatlar: loyixa topshirig`ini, texnik yoki qoralama (eskiz) loyixani asoslayligan xujjatlar, sinovlardan o`tkazish uslubiyotlarini attestasiyadan o`tkazish materiallari va boshqalar; 2. metrologik nazoratda zarur bo`ladigan me`yoriy-texnik xujjatlar tanlanadi: korxonada talablar va texnik shartlarni belgilovchi standartlar; maxsulotga standartlar; maxsulotni nazorat qilishda foydalaniladigan o`lchash vositalariga me`yoriy-texnik xujjatlar. texnik topshiriqni metrologik nazoratdan o`tkazishda berilgan tanbexlar va takliflarning xisobga olinganligi tekshiriladi; metrologik nazoratda ko`rib chiqiladigan ma`lumotlarni o`z ichiga oluvchi bo`limlar: kirish qismi, texnik talablar, xavfsizlik talablari, tabiatni muxofaza qilish talablari va xokazolarning borligi tekshiriladi. Kirish qismini ko`rib chiqishda maxsulot belgilanishi (mo`ljallanishi) ifodalanishining to`liqligi tekshiriladi. .o`lchash vositalariga texnik shartlarni nazorat qilishda kirish qismida vosita qanday funksiyalarni (vazifalarni) bajarish uchun mo`ljallanganligi ko`rsatiladi, uni o`lchash xatoligi o`lchash vositasining o`lchash xatoligi bo`lib xisoblanadigan kattalik aniq ko`rsatiladi va texnik shartlarda belgilab qo`yiladi. 6. “Texnik talablar” bo`limini ko`rib chiqishda texnik shartlarning talablariga, mazkur maxsulot uchun qo`llaniladigan sttandartlarning talablariga, shuningdek texnik topshiriqning talablariga muvofiqlik tekshiriladi. .o`lchanadigan parametrlarning nomenklaturasi o`z mo`ljallanishiga mos kelishi nuqtai-nazaridan ko`rib chiqiladi, xususan: o`lchanadigan parametrlar nomenklaturasini asoslashning borligi tekshiriladi; ularning bajarilmasligi maxsulotning o`z mo`ljallanishiga muvofiq kelmasligiga olib kelishi mumkin bo`lgan etishmayotgan texnik talablar aniqlanadi; ularni nazorat qilish shart bo`lmagan oshiqcha talablar aniqlanadi. Amalda maxsulot sifatiga ta`sir ko`rsatmaydigan parametrlarga nisbatan qo`yiladigan talablar oshiqcha xisoblanadi; 7. “Xavfsizlik talablari” bo`limini ko`rib chiqishda maxsulotni ekspluatasiya qilish paytida xavfsizlikni ta`minlash uchun etarli bo`lgan talablarning to`liqligi tekshiriladi; 8. “Tabiatni muxofaza qilish” bo`limini ko`rib chiqishda bo`lim metrologik talablarni to`liq o`z ichiga olgan yoki olmaganligi tekshiriladi. Bo`limda maxsulotni ishlab chiqarish va sinovdvn o`tkazishda maxsulotning zararli ta`sir ko`rsatish ko`rsatkichlarining yo`l qo`yiladigan qiymatlari, tabiiy muxitga ta`sir ko`rsatuvchi zararli omillar va ifloslantiruvchi moddalar miqdorini o`lchash vositalari va uslublari ko`rsatiladi; 9. “Qabul qilish qoidalari” bo`limini ko`rib chiqishda sinovlardan o`tkazish turlari va qabul qilish qoidalarini belgilab beruvchi standartlar talablarining bajarilishi tekshiriladi; 10. “Sinovlardan o`tkazish uslublari” bo`limini ko`rib chiqishda xavfsizlik talablari va tabiatni muxofaza qilish talablarini xam o`z ichiga olgan xolda barcha texnik talablarga sinovlardan o`tkazish uslubiyotlavrining borligi tekshiriladi. .o`lchashlar aniqligining me`yorlari berilgan xolda o`lchashlarning tarkibiy qismlariga nisbatan qo`yiladigan talablarning etarliligini tekshirish sinovlardan o`tkazishning ishchi uslubiyotini metrologik nazoratdan o`tkazishning asosiy mazmuni bo`lib xisoblanadi. .o`lchashlarni bajarish vositalari va uslubiyotlari tanlanishining to`g`riligini taxlil qilish texnik shartlarni metrologik nazoratdan o`tkazishning yakunlovchi bosqichi xisoblanadi, u o`lchashlarni bajarish qoidalariga rioya qilinganda kafolatlanadigan texnik o`lchashlar xatoligining (rus. PTI) o`lchashlar aniqligining o`rnatilgan me`yorlariga mos kelishini tekshirishdan iborat bo`ladi. Bu maqsadga erishish uchun ishlab chiquvchi tomonidan bajarilgan o`lchashlar xujjatlarining to`g`riligi tekshiriladi, bunday xisob-kitoblar bo`lmagan taqdirda – bu xatoliklar bevosita metrologik nazorat jarayonida baxolanadi va topilgan texnik o`lchashlar xatoligi ularning yo`l qo`yiladigan qiymatlari bilan solishtiriladi. Texnik o`lchashlar xatoligining o`lchashlar aniqligining berilgan talablariga, sinovlardan o`tkazish aniqligining berilgan talablariga yoki sinovlardan o`tkazishda nazoratning ishonchliligiga nisbatan qo`yiladigan talablarga mos kelishini ta`minlaydigan o`lchash uslublari, vositalari, shart-sharoitlari, prosedurasiga nisbatan qo`yiladigan talablarning etarliligini tekshirish, xuddi sinovlardan o`tkazishning ishchi uslubiyotidagi kabi, sinovlvrdan o`tkazishning tiplashgan uslubiyotini metrologik nazoratdan o`tkazishning asosiy mazmuni xisoblanadi. Bunda texnik o`lchashlarning xatoligi o`lchashlar aniqligining me`yorlariga mos kelishi o`lchashlarni bajarishda o`lchashlavrni bajarish qoidalariga rioya qilingan xoldagina kafolatlanishi mumkin.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling