Materiallari
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
Adabiyotlar:
1.Balabanov A.N. «Kontrol` texnicheskoy dokumentasii» 2.Go`ST 2 111-68 ESKD Normokontrol`, Moskva Standart inform 2007. 3.www.standart.uz 1. Metrologik nazorat natijalarini rasmiylashtirish Nazoratchi tekshirilayotgan xujjatlarda to`g`irlanishi yoki almashtirilishi lozim bo`lgan elementlarga qalam bilan shartli belgilar (doiraga olingan raqamlar) qo`yadi. Shartli belgilarni “Xato va kamchiliklarni qayd qilish ro`yxati” ga kiritish lozim, unda xato va kamchiliklarning mazmuni va nazoratchining takliflari qisqa va aniq ifodalangan bo`lishi lozim. Hujjatlar xato va kamchiliklar ro`yxati xamda takliflar bilan birgalikda tuzatishlar kiritish uchun ishlab chiquvchiga qaytariladi. Tuzatishlar kiritilgan xujjatlar xato va kamchiliklar ro`yxati xamda takliflar bilan birgalikda nazoratchiga yuboriladi, u ro`yxatni kelgusida taxlil o`tkazish uchun saqlab qo`yadi. Texnologiya o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan xato va kamchiliklarga ega bo`lgan konstruktorlik xujjatlari qayta texnologik nazoratdan o`tkazilishi lozim. Biror-bir kamchiliklarsiz metrologik nazoratdan o`tgan texnologik xujjatlar nazoratchi tomonidan xujjatlarni tikish uchun mo`ljallangan xoshiyada imzolanadi. Metrologik xizmat raxbari xujjatlarga faqatgina nazoratchilarning imzolari bor bo`lgan xoldagina imzo qo`yadi. Agar metrologik ekspertizaga xujjatlar boshqa korxonalardan kelgan bo`lsa, u xolda mazkur ekspertiza natijalari bo`yicha ekspert xulosasi tuziladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling