Materiallari
« 2. Metrologik nazorat xizmati xodimlarining
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
«
2. Metrologik nazorat xizmati xodimlarining majburiyatlari, xuquqlari va mas`uliyati Metrologik nazorat xizmati xodimlari quyidagilarga majburdir: faqatgina amaldagi me`yoriy-texnik xujjatlarga tayanish; texnik jixatdan aniq asoslangan tanbexlar berish; konstruktrrlik bo`limi va boshqa bo`linmalarning xodimlariga metrologiya masalalari bo`yicha konsul`tasiyalar berish; barcha tekshirilgan va qabul qilingan xujjatlarga tikish uchun mo`ljallangan xoshiyada imzo qo`yish; ■ metrologik nazorat natijalarini amalga oshirishga xamkorlik qilish. Metrologik nazorat xizmati xodimlari quyidagilar uchun mas`uldir: metrologik nazoratni o`tkazishning sifati va xujjatlarda amaldagi standartlar, boshqa me`yoriy-texnik va direktiv xujjatlarning talablariga xujjatlarni ishlab chiquvchi bilan bir qatorda rioya qilish; texnik xujjatlarning korxonadagi o`lchash texnikasining ilmiy-texnik va metrologik xolatiga muvofiqligi; tanbexlarning to`g`riligi va asoslanganligi. Metrologik nazorat xizmati xodimlari quyidagi xuquqlarga ega: tanbexlar soni ko`p bo`lganda xatolarning to`liq xajmini aniqlamasdan turib xujjatlarni qayta ishlash uchun qaytarish; ishlab chiquvchilardan qo`shimcha material va tushuntirishlar talab qilish; boshqa bo`linmalar va tashkilotlarning etakchi mutaxassislarini konsul`tasiyalarga jalb qilish; imzolar bo`lmagan, xujjatlar to`liq jamlanmagan, ishlar pala-partish bajarilgan, yo`llanmalar berilgan me`yoriy-texnik xujjatlar bo`lmagan xollarda konstruktorlik xujjatlari ishlanmasini qaytarish. Tanbexlar va takliflarni amalga oshirish uchun mas`uliyat mazkur xujjatni ishlab chiqqan bo`linma raxbarining zimmasida bo`ladi. Ishlab chiquvchi bo`linma raxbari shuningdek: xujjatlarni metrologik nazoratga albatta taqdim qilish; metrologik nazoratga texnik xujjatlarning zaruriy xajmini to`liq taqdim qilish; zaruriy qo`shimcha xujjatlarni taqdim qilish uchun mas`uldir. Metrologik nazorat natijalari bo`yicha texnik xujjatlarni to`ldirishni nazorat qilishni korxonaning metrologiya xizmati amalga oshiradi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling