Materiallari
Maxsulot konstruksiyasining texnologikligiga nisbatan qo`yiladigavn talablar
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
3. Maxsulot konstruksiyasining texnologikligiga nisbatan qo`yiladigavn talablar.
Quyidagilar maxsulot konstruksiyasining texnologikligiga nisbatan qo`yiladigan talablarni belgilovchi bosh omillar xisoblanadi: maxsulot turi, ishlab chiqarish xajmi, ishlab chiqarish tipi. Maxsulot turi konstruksiyaning texnologikligiga nisbatan qo`yiladigan asosiy talablarni shartlaydigan bosh konstruktiv va texnologik alomatlarni belgilaydi. Ishlab chiqarish xajmi va ishlab chiqarish tipi texnologik munosabat, texnologik jarayonlarning mexanizasiyalashganlik va avtomatlashganlik darajasini va butun ishlab chiqarishning ixtisoslashganlik darajasini belgilaydi. Konstruktorlik xujjatlari maxsulotni tayyorlashning uslublari va usullarini, shuningdek ularni qo`llashning ketma-ketligini belgilamaydi. Bular – texnologik xujjatlarga taalluqli masalalardir. Biroq konstruktorlik xujjatlari o`z ichiga olgan ma`lumotlar ularni tanlash va qo`llashga sezilarli darajada ta`sir ko`rsatadi, shu sababli o`zaro muvofiqlik va konstruktorlik xujjatlari xamda texnologik xujjatlarni albatta muvofiqlashtirish – bu zaruriyatdir.
Maxsulot konstruksiyasining texnologiklik darajasi mazkur maxsulot texnologikligi ko`rsatkichining qiymati K ning texnologiklikning texnologik topshiriq bilan belgilangan mos keluvchi bazaviy ko`rsatkich qiymati Kb ga nisbati bilan ifodalanadigan texnologiklik ko`rsatkichini o`zida taqdim qiladi: Ku = K / Kb Konstruksiya texnologikligining bazaviy ko`rsatkichi – bu maxsulot konstruksiyasining texnologikligini solishtirma baxolashda boshlang`ich ko`rsatkich sifatida qabul qilingan ko`rsatkichdir. Texnologiklik ko`rsatkichlarining qiymati texnologiklikning bazaviy ko`rsatkichiga mos keladigan yoki undan oshib tushadigan konstruksiya texnologik deb xisoblanadi. Texnologiklik maxsulot sifatining texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini oshirish va texnik talablarga rioya qilgan xolda uni tayyorlash masalalarini yanada to`laroq xal qilish uchun konstruktorlik-texnologik zaxiralardan yanada yaxshiroq foydalanishning asosi xisoblanadi. Shunga ko`ra, yuqori texnologiklikka erishish –ishlab chiqarishni tayyorlash davrida konstruksiyani texnologik jixatdan ishlab chiqishning asosiy maqsadidir. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling