Materiallari


Maxsulot konstruksiyalarining texnologikligini baxolash ko`rsatkichlari va uslublari


Download 1.61 Mb.
bet58/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

6. Maxsulot konstruksiyalarining texnologikligini baxolash ko`rsatkichlari va uslublari.

Maxsulot konstruksiyasining texnologikligini baxolash ikki xil turda: sifat baxosi va miqdoriy baxolash bo`lishi mumkin.

Sifat baxosi – konstruksiyaning texnologikligini umumlashgan xolda ijrochining tajribasi asosida xarakterlaydi. Konstruksiya variantlarining solishtirma sifat baxolanishiga loyixalashtirishning eng yaxshi konstruktiv echimni tanlash amalga oshiriladigan va solishtiriladigan variantlarning texnologikligini farqlash darajasini aniqlash talab qilinmaydigan barcha bosqichlarida yo`l qo`yiladi.

Maxsulot konstruksiyasi texnologikligining miqdoriy baxosi sonli qiymati konstruksiyaning texnologikligiga nisbatan qo`yiladigan talablarni qanoatlantirish darajasini xarakterlaydigan ko`rsatkich bilan ifodalanadi. Miqdoriy baxolash quyidagi xollarda o`tkaziladi:


  • mexnattalablik nisbatan yuqori bo`lganda;

  • sifat baxolanishini nazorat qilishda;

  • turli xil klassdagi detallar konstruksiyalarining tipik vakillarining texnologikligi to`g`risidagi statistik ma`lumotlarni to`plash va bu ma`lumotlardan keyinchalik bir tipli detallarning konstruksiyalarini texnologiklikka ishlab chiqishda foydalanish uchun.

Maxsulotni loyixalashtirish jarayonida konstruksiya variantlarini solishtirishda sifat baxolanishi miqdoriy baxolashdan oldin keladi va miqdoriy baxolashning va shunga mos ravishda solishtiriladigan variantlarning texnologiklik ko`rsatkichlarining sonli qiymatlarini aniqlashga ketadigan vaqt sarfining maqsadga muvofiqligini belgilaydi.

Konstruksiyaning texnologikligi ko`rsatkichlarining nomenklaturasi maxsulot turi, spesifikasi (o`ziga xosligi), konstruksiyaning murakkabligi, ishlab chiqarish tipining xajmi va konstruktiv xujjatlarni ishlab chiqish bosqichiga bog`liq ravishda tanlanadi. Konstruksiyaning texnologikligi ko`rsatkichlarining nomenklaturasi ko`rsatkichlarning iqtisodiy samaradorligini, ularni aniqlash uslubiyotini, statistik yoki xisob-kitob ma`lumotlarini xisobga olgan xolda belgilanadi. Ko`rsatkichlar nomenklaturasi konstruktorlik xujjatlarini ishlab chiqish bochqichlari bo`yicha maxsulot konstruksiyasi to`g`risidagi ma`lumotlarning ko`payishiga bog`liq ravishda o`zgarishi mumkin.

Konstruksiyaning quyidagi texnologiklik ko`rsatkichlari qabul qilingan (ularning klassifikasiyasi):


  • namoyon bo`lish soxasi bo`yicha: ishlab chiqarish, ekspluatasion;

  • taxlil qilish soxasi bo`yicha: texnik, texnik-iqtisodiy;

  • baxolash tizimi bo`yicha: bazaviy, ishlab chiqilayotgan konstruksiyaning;

  • axamiyati bo`yicha: asosiy, qo`shimcha;

  • xarakterlanadigan alomatlarining soni bo`yicha: xususiy (aloxida), majmuaviy;

  • ifodalanish usuli bo`yicha: mutlaq, nisbiy.

Loyixalashtirilayotgan konstruksiyaning texnologikligi ko`rsatkichlari quyidagi xollarda aniqlqnadi:

  • maxsulot konstruksiyasining texnologikligini baxolash uchun;

  • keyinchalik bazaviy ko`rsatkichlarni aniqlashda foydalanish maqsadida va maxsulot konstruksiyasining texnik jixatdan rivojlanishini prognozlash maqsadida matematik modellarni tuzish uchun maxsulotlar – vakillar bo`yicha statistik ma`lumotlarni to`plash uchun.




Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling