Materiallari
Metrologik ekspertizaning maqsadi va vazifalari
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Metrologik ekspertizaning maqsadi va vazifalari.
Metrologik ekspertizaning maqsadi va vazifalari.
Metrologik ekspertizani tashkil qilish va o`tqazish tartibi. Adabiyotlar: 1. Yakovlev M.I. «Metrologicheskaya ekspertiza texnicheskoy dokumentasii»M 1991 2. Abduvaliev A.A. «o`snovi obespecheniya edinstva izmereniy» Tashkent. Uzstandart 2005. 3.www.standart.uz 1. Metrologik ekspertizaning maqsadi va vazifalari. Maxsulot sifatini oshirishda me`yoriy-texnik, konstruktorlik va texnologik xujjatlarning metrologik ekspertizasini o`tkazish muxim yo`nalishlardan biri bo`lib xisoblanadi. Hujjatlari metrologik ekspertizaga tortiladigan maxsulotlarning nomenklaturasini aniqlashda barcha ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqilayotgan maxsulotlarning metrologik ekspertizasini o`tkazish talabi metrologik ta`minot masalalari bo`yicha qo`llaniladigan echimlarning bir tipli bo`lishi evaziga ko`pincha rasional bo`lmasligidan kelib chiqish lozim bo`ladi. Bundan tashqari bunday xollarda metrologik ekspertizaning yuzaki, tekshirilayotgan xujjatlarni etarlicha taxlil qilmasdan o`tkazilish xavfi paydo bo`ladi. Metrologik ekspertizaani tashkil qilishda ekspertizani yangi maxsulotlardan, buyurtmachi tomonidan qabul qilib olinadigan maxsulotlardan, sertifikatlashtirishga taqdim qilingan maxsulotlardan, shuningdek eksportga yuboriladigan maxsulotlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Maxsulotlar nomenklaturasini belgilashda o`lchashlarning xolatini taxlil qilish ma`lumotlaridan, o`lchashlar xolatini taxlil qilish natijalaridan, shuningdek ishlab chiqarishda yaroqsiz maxsulot ishlab chiqarilishining sabablarini taxlil qilish natijalaridan va iste`molchilardan kelgan reklamasiyalardan (reklamasiya – maxsulot sifati iste`molchini qanoatlantirmagan taqdirda maxsulotni ishlab chiqaruvchiga qaytarish) foydalanish lozim. Texnik xujjatlarni ishlab chiqishning metrologik ekspertiza o`tkaziladigan bosqichlarini va metrologik ekspertizaga tortiladigan xujjatlarning turlarini aniqlash – muxim tashkiliy jixatlardan biridir. Hujjatlarni ishlab chiqishning metrologik ekspertiza o`tkaziladigan bosqichlarini aniqlashda shuni nazarda tutish kerak-ki, bu o`rinda metrologik ekspertizani texnik xujjatlarni ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida o`tkazish ko`proq yuqori samaralarni beradi, bunda metrologik ekspertiza natijalarini amalga oshirish uchun ketadigan xarajatlar minimal bo`ladi. Ishchi xujjatlarini ishlab chiqish bosqichida metrologik ekspertiza natijalarini amalga oshirish va joriy qilish (agar ilgari metrologik ekspertiza o`tkazilmagan bo`lsa) bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Hujjatlarni ishlab chiqishning xar bir bosqichida (texnik topshiriq, texnik taklif, qoralama loyixa, texnik loyixa, ishchi xujjatlarni ishlab chiqish) metrologik ekspertiza o`tkazish ko`pincha maqsadga muvofiq bo`lmaydi, shu sababli xar bir tarmoq (korxona) uchun uning spesifikasini (o`ziga xosligini) xisobga olgan xolda optimal variantni topish lozim bo`ladi. Amaldagi tarmoq me`yoriy-texnik xujjatlarini taxlil qilish shuni ko`rsatadiki, metrologik ekspertiza ko`pincha loyixalashtirish bosqichlvaridan birida (texnik topshiriq yoki qoralama loyixa), so`ngra esa ishchi texnik xujjatlarni ishlab chiqish bosqichida o`tkaziladi, Har bir tarmoq va korxona uchun texnik xujjatlarning metrologik ekspertizaaga tortiladigan muayyan (konkret) turlarini aniqlash lozim bo`ladi. Faqatgina o`lchanadigan parametrlar, o`lchashlar aniqligining me`yorlari, o`lchash, sinovlardan o`tkazish va nazorat qilishning uslublari va vositalari to`g`risidagi ma`lumotlarni o`z ichiga olgan texnik xujjatlarni tekshirish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Ishlab chiqarishni texnologik jixatdan tayyorlashda o`lchashga tortiladigan parametrlarning vazifasiga, texnologik jarayonni boshqarish va nazorat qilish uchun o`lchash vositalarini tanlashga xar doim xam etarlicha e`tibor berilavermaydi. Texnologik jarayonlarning ishlab chiqarilayotgan maxsulotga nisbatan parametrlari nazoratga tortiladigan ishchi o`rinlarida texnik xujjatlarni ishlab chiquvchining aybi bilan zaruriy o`lchash vositalarining bo`lmasligi, o`lchash uslublarining etarlicha samarali bo`lmasligi standartlar va texnik shartlarning talablaridan chetlashishlarga ega bo`lgan maxsulotning ishlab chiqarilishiga olib keladi. Texnik xujjatlarni ularni ishlab chiqish bosqichlarida metrologik ekspertizadan o`tkazish aynan shu kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan. Metrologik ekspertiza xujjatlarni passiv tekshirishdan iborat emas, u maxsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va ekspluatasiya qilishning majmuaviy metrologik ta`minotini taklif qiladi. Maxsulot chizmalarini xam, texnologik jarayonlarni xam ekspertizadan o`tkazish natijalari bo`yicha zaruriy o`zgartirishlar kiritiladi, maxsulotni ishlab chiqarishga beriladigan ruxsat etiladigan yo`l qo`yilishlar qat`iylashtiriladi, maxsus nazorat vositalari ishlab chiqiladi va tayyorlanadi, maxsus o`lchash jixozlari loyixalanadi va tayyorlanadi. Metrologik ekspertizani faqatgina me`yoriy xujjatlarda belgilangan metrologik qoidalar, me`yorlar va talablarni tekshirishga keltiriladigan metrologik nazorat bilan aralashtirmaslik lozim. Metrologik ekspertiza – ishlab chiqarishni tayyorlashni metrologik ta`minlash ishlarining bir qismidir, u ekspertizaning bir qismi bo`lib xam xisoblanishi mumkin. .o`lchanadigan parametrlar nomenklaturasining optimalligini va sifatni nazorat qilishning ishonchliligi va samaradorligini xamda o`zaro almashinuvchanlikni ta`minlash maqsadida ularni o`lchash aniqligining optimalligini baxolash metrologik ekspertizaning asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi. .o`lchanadigan parametrlar va o`lchashlar aniqligining me`yorlari nomenklaturasi ikkita muxim ko`rsatkich: ishonchlilik va uning mexnattalabligini belgilaydi. Ishlab chiquvchilar va texnologlar ko`pincha jarayonning mexnattalabligini va bu omil etarlicha katta axamiyatga ega ekanligini xisobga olmasdan texnologik jarayon, asbob-uskunalar va jixozlarning rejimlarini maksimal darajada nazorat qilish yo`lidan boradilar, nazorat-o`lchash operasiyalvarining mexnattalabligi maxsulotni tayyorlashning umumiy mexnattalabligidan o`rtacha 10 % ni tashkil qiladi, bir qator soxalaroda esa bu ko`rsatkich anchagina yuqoridir. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling