2. Metrologik ekspertizaning maqsadi va vazifalari.
Adabiyotlar:
1. Yakovlev M.I. «Metrologicheskaya ekspertiza texnicheskoy dokumentasii»M 1991
2. Abduvaliev A.A. «o`snovi obespecheniya edinstva izmereniy» Tashkent. Uzstandart 2005.
3.www.standart.uz
Metrologik ekspertizani tashkil qilish va o`tkazish tartibi
Metrologik ekspertizani o`tkazishda o`lchanadigan parametrlar nomenklaturasini obdon taxlil qilish, ular o`rtasidagi mumkin bo`lgan korrelyasion bog`lanishlarni aniqlash, shuningdek ularni o`lchamasa xam bo`ladigan parametrlarni aniqlash zarur.
Barcha tekshiriladigan xujjatlarda o`lchanadigan parametrlarni yozishning to`g`ri shakli belgilanadi. Har bir me`yorlashtiriladigan parametr yoki yo`l qo`yiladigan chetlashishlar bilan minimal qiymatda, yoki eng chekka qiymatlarda, yoki maksimal, yoki minimal qiymatlarda berilgan bo`lishi mumkin. Bularning ichida birinchisi ko`proq afzal xisoblanadi.
.o`lchash vositalariga va o`lchashlarni bajarish uslubiyotlariga nisbatan qo`yiladigan talablarning to`g`riligi va to`liqligi xam metrologik ekspertizaning muximlikda boshqalaridan qolishmaydigan masalalaridan xisoblanadi, bu talablarni o`lchashlar xatoliklarini xisobga olgan xolda o`rnatish lozim.
Tanlangan o`lchash vositalarining standartlashtirilganligini, bir xillashtirilganligini va avtomatlashtirilganligini, ular nazorat-o`lchash operasiyalarining zaruriy unumdorligini ta`minlay olish-olmasligini tekshirish metrologik ekspertiza tomonidan yuqorida ko`rsatilgan vazifani xal qilishning muxim jixatlaridan biri xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |